OGOHLIK - DAVR TALABI
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-dekabrdagi «Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etish hamda yongʻin xavfsizligini taʼminlashni kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 743-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Marhamat tumani hokimligida hamkor tashkilotlar ishtirokida tashkil etilgan ishchi guruhlarga tuman hokimi o‘rinbosari I.Teshaboyev va tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshlig'i Sh.Tursunovlar tomonidan yo‘riqnoma o‘tkazildi.
Tashkil etilgan ishchi guruhlarning asosiy maqsadi tumanimiz fuqarolarini is gazidan zaharlanish, havo va gaz aralashmasi natijasida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalarni, yong'inlarni oldini olishdan iborat.
Shuningdek, sanitariya va gigiena qoidalariga qatʼiy rioya etishlari va ommaviy (botulizm)dan zaharlanishlarni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni kuchaytirishdan iboratdir.
Tuman hokimining o‘rinbosari I.Teshaboyev o‘z so‘zida qishning sovuq kunlarida aholi tomonidan beparvolik natijasida yongʻinlar, chaqnashlar va boshqa yongʻinga sabab boʻlayotgan koʻngilsiz holatlarning oldini olish va bu borada amalga oshirilishi lozim boʻlgan dolzarb vazifalarga toʻxtalib oʻtdi.
Mahallalar, koʻp qavatli turar joylar, savdo markazlari, hammomlar, yirik ishlab chiqarish ob'ektlarida profilaktik-nazorat tadbirlari oʻtkazish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha mutasaddi rahbarlarga tegishli topshiriqlar berdi.