KONCHILAR MFY AHOLISI CHUQURLASHTIRILGAN TIBBIY KO‘RIKDAN O‘TKAZILDI
Bugun Konchilar MFY hududida aholi oʻrtasida bepul chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik boʻlib oʻtdi.
Tuman tibbiyot birlashmasi mutaxassislari, tuman ko‘p tarmoqli Markaziy poliklinika shifokorlari hamda «Furqat» viloyat Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot muassasasi shifokorlari bilan hamkorlikda Markaziy va Konchilar mahalla fuqarolar yig‘ini aholisini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdilar.
Unda hamkorlikdagi shifokorlardan okulist, kardiolog, terapevt, jarroh, nevropatolog, dermatovenerolog, akusher-ginekolog, pediatr hamda UTT shifokorlari aholini bepul chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazdilar.
Fuqarolardan qon tahlillari ham olinib, natijalari shu joyning o‘zida berildi.
Tibbiy ko‘rikda 680 nafar aholi qatnashib, ularning 4 nafariga viloyat shifoxonasida, 12 nafariga tuman shifoxonasida davolanish uchun yo‘llanma berildi.
Shuningdek, jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolar yashash xonadonlariga borib tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, byudjetdan dori-darmon bilan ta'minlandi.
635 nafar bemor fuqarolarga esa ambulator tarzda davolanishga tavsiyalar berildi.