Sport
January 9, 2022

O‘QUVCHILARNING QISHKI TA'TILI MAROQLI VA MAZMUNLI O‘TMOQDA

Marhamat tuman bolalar-oʻsmirlar sport maktabida qishki taʼtil davrida sportning badiiy gimnastika, voleybol, boks, shaxmat turi boʻyicha 2009-2010, 2011-2012, 2013-2015-yilllarda tugʻilgan oʻsmirlar va qizlar oʻrtasida 14-yanvar «Vatan himoyachilari kuni»ga bagʻishlab, BOʻSM chempionati musobaqalari oʻtkazildi.

Musobaqalar tumanimizdagi 4 ta sektorlarda tashkil etildi.

Jumladan, badiiy gimnastika BOʻSMning asosiy bazasida, voleybol oʻyinlari Marhamat agrotexnalogiyalar texnikumida, boks musobaqasi 1-son kasb-hunar maktabi sport inshootida va shaxmat musobaqasi tumandagi 24-umumtaʼlim maktabi sport inshootida tashkillashtirildi.

Musobaqa oʻquvchi yoshlarni qishki taʼtil davrida boʻsh vaqtlarini mazmunli va maroqli oʻtkazish maqsadida oʻtkazildi.

Musobaqa yakuniga koʻra, sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan sportchi yoshlar musobaqa tashkilotchilari tomonidan I-II-III-darajali diplomlar bilan taqdirlandilar.
Marhamat tumani hokimligi Matbuot xizmati.