VOYAGA YETMAGANLAR NAZORATSIZLIGINI OLDINI OLISH - DOLZARB MASALA
Andijon viloyati IIB HPBning 2022-yil 4-yanvar kungi № 9/1-4-sonli koʻrsatmasi yuzasidan voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ular oʻrtasida sodir etilgan huquqbuzarliklar yoki boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarga imkon bergan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash hamda ular oʻrtasida turli koʻngilsiz holatlarni bartaraf etishga qaratilgan ishlar yuzasidan Marhamat tumani Ichki ishlar boʻlimi XPB VEMB inspektor psixologlari tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Ya'ni voyaga yetmaganlar nazoratsizligi va qarovsizligini oldini olish borasida tuman IIB xodimlari tuman hokimligi, O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi, tuman XTB vakillari bilan hamkorlikda keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirib kelishmoqda.
Jumladan, qurilish ob'ektlarida noqonuniy mehnat faoliyati hamda tilanchilik bilan shugʻullanayotgan voyaga yetmaganlarni aniqlash, ularni ijtimoiy-huquqiy himoyasiga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida Marhamat tumanida joylashgan avtomobil yuvish shaxobchalarida 20 marotaba, nonvoyxonalarda 9 marotaba, bozorlarda 3 marotaba, savdo doʻkonlarida 42 marotaba va boshqa joylarda 26 marotaba reydlar oʻtkazildi.
Ushbu reydlar davomida noqonuniy mehnat faoliyati bilan shugʻullanib yurgan 3 nafar voyaga yetmaganlar aniqlandi.
Ushbu voyaga yetmagan shaxslarni mehnatidan foydalanayotgan shaxslarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 491-moddasi boʻyicha hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.
Shuningdek, bu tadbirlar davomida 5 nafar voyaga yetmagan shaxs Andijon viloyati IIB VEIXYOK markaziga joylashtirildi.
Aniqlangan holatlar boʻyicha mutassadi tashkilotlarga 5 marotaba taqdimnomalar kiritildi.
Hozirda voyaga yetmaganlar nazoratsizligi va qarovsizligiga barham berish yuzasidan profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.
Marhamat tumani hokimligi Matbuot xizmati.