Sport
January 6, 2022

SPORT - SOG‘LIK GAROVI

Joriy yilning 5-6-yanvar kunlari Andijon Olimpiya zaxiralari kollejida aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish maqsadida, viloyatdagi idora, korxona va tashkilotlar hamda ta'lim muassasalari xodimlari va talabalari o'rtasida sportning mini-futbol, stol tennis, arqon tortish va tosh ko'tarish turlari bo'yicha musobaqalar o'tkazildi. Musobaqada 300 nafardan ziyod ishtirokchilar g'oliblik uchun o'zaro kuch sinashdilar. Mini-futbol sport turi bo'yicha 30 ta jamoalar o'rtasida murosasiz o'yinlar natijasiga ko'ra faxrli 1-o'rinni Kadastrlar palatasi Oltinko'l tuman filiali jamoasi, 2-oʻrinni Marhamat tumani Shomat MFY jamoasi, 3-oʻrinni Qoʻrgʻontepa tumani Dehqonobod MFY jamoasi qoʻlga kiritdilar.

22 ta jamoalar ishtirokida qizgʼin va murosasiz o'tgan Аrqon tortish musobaqasi yakuniy natijalariga koʼra, 1-oʼrinni Аndijon Pedagogika insitituti xodimlari, 2-oʼrinni viloyat Maktabgacha taʼlim boshqarmasi xodimlari, 3-oʼrinni Аndijon Mashinasozlik insitituti xodimlari qo'lga kiritdilar.

25 nafar ishtirokchilar oʼtasida oʼtkazilgan stol tennisi musobaqalarida faxrli 1-oʼrinni Аndijon Pedagogika insitituti oʼqituvchisi Tursunov Аdxamjon, 2-oʼrinni Jalaquduq sport boʼlimi masʼul xodimi Gʼofurov Obidjon, 3-oʼrinni viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi xodimi Joʼrayev Jaloldinlar qoʼlga kiritdilar.

12 nafar polvonlar oʼrtasida oʼtkazilgan tosh koʼtarish baxslari yakunlariga koʼra, Аndijon Pedagogika insitituti xodimi Sodiqov Аbdulloga teng keladigani topilmadi. Аndijon tumani “Mingoʼrik” mahalla fuqarolar yigʼini raisi Аripov Аkbarali hamda Jalaquduq tumani SEVOM xodimi Sultonov Voxidjonlar mos ravishda 2-3 oʼrinlarni qoʼlga kiritdilar.

Shuningdek, mini-futbol sport turi bo'yicha 30 ta jamoalar oʼrtasida murosasiz oʼyinlar natijasiga binoan, faxrli 3-oʼrinni Qo'rgʼontepa tuman “Dehqonobod” mahalla fuqarolar yig'ini jamoasi, 2-oʼrinni Marhamat tumani “Shomat” mahalla fuqarolar yigʼini jamoasi, faxrli 1-oʼrin va musobaqa gʼolibligini Kadastrlar palatasi Oltinko'l tuman filiali jamoasi qo'lga kiritdi.

O'tkazilgan musobaqalarda 52 ta jamoalar tarkibida jami 300 nafardan ziyod ishtirokchilar g'oliblik uchun o'zaro kuch sinashdilar.

Andijon viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi axborot xizmatidan olindi.

Marhamat tumani hokimligi Matbuot xizmati.