O'zbek tiliga- davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligiga bag'ishlab "O'zbek tilshunosligi va jurnalistika" kafedrasi professorlari tomonidan davra suhbati o'tkazildi.
Joriy yilning 17-oktabr sanasida “Davlat tili haqidagi”gi Qonunning qabul qilinishi hamda 35 yilligini keng miqyosda nishonlash maqsadida Buxoro davlat universiteti "O'zbek tilshunosligi va jurnalistika" kafedrasi professorlari M.Q.Abuzalova, D.N.Yuldasheva hamda Lingvistika:o'zbek tili yo'nalishi 2-kurs magistrantlari tomonidan Buxoro shahar Soliq texnikumida ajoyib hamda mazmunli davra suhbati tashkil etildi.
Ushbu davra suhbatini f.f.d., prof. M.Q. Abuzalova o'zining falsafiy, mazmun va ma'noga ega bo'lgan jumlalari orqali ochib berdilar. Ustoz M.Abuzalova tilimiz qanchalik boy ekanligi hamda faqat so'zlay olish qobiliyati insongagina taqdim etilganligini bir nechta misollar orqali isbotlab berdi. Bundan tashqari birgina "to'fon" so'zining nechta ma'nolari mavjud ekanligi. Jumladan, turkiy tilning asoschisi bo'lmish Alisher Navoiy ijodining shoh asari "Muhokamat ul-lug'atayn" da bir nechta turkiy so'zlarning boshqa tillarda muqobil varianti yo'q ekanligini dalillar bilan ifodalab berildi.
f.f.d., prof. D.N.Yuldasheva ham ushbu fikrlarning davomi sifatida ajoyib nutq so'zlab, tinglovchilar e'tiborini jalb qilib, ularni o'zbek tilini o'rganishga, til imkoniyatlaridan iloji boricha unumli foydalanishga harakat qilish kerakligini aytib o'tdilar. Ustoz D. Yuldasheva Rumiy hazratlarining hikmatli so'zlarini aytib, uning mazmun-mohiyatini talabalarga tushuntirib berdilar. Bularga misol tariqasida Alisher Navoiy, Cho'lpon, Rasul Hamzatovning til borasida aytgan qimmatli fikrlarini hamda she'riy parchalarini esga oldilar.
10-1 UZL23-guruh magistrantlari ham o'zlarining til borasidagi fikrlari, yod olgan she'riy parchalari, hikmatli so'zlari bilan davra suhbatini davom ettirishdi. Jumladan, Muhammad Yusuf, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Iroda Umarovalarning til borasidagi o'lmas fikrlari, nazmiy asarlari bilan tinglovchilar diqqat-e'tiborini tortib, ularga bu borada ma'lumotlar ulashishdi.
Ona tilim, Sen borsan, shaksiz,
Sen yo'qolgan kuning, shubhasiz
Davra suhbati so'nggida Ustozlar tomonidan ushbu texnikum talabalari yozgan ijodiy ishlari uchun diplom hamda esdalik sovg'alar bilan mukofotlandilar.