October 8

Yaponiyadagi festivalda oliy sovrinni yutgan oʻzbek filmi Markaziy Osiyo filmlar festivalida ham ishtirok etadi

"Samarqand yoshlari" gazetasi

Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan rejissyor Shokir Xoliqov tomonidan suratga olingan “Yakshanba” filmi Markaziy Osiyo filmlar festivalida ishtirok etadi.

Mazkur festival 20-22-noyabr kunlari Germaniyaning Berlin shahrida boʻlib oʻtadi va unda mintaqadagi eng yaxshi filmlar tomoshabinlar eʼtiboriga havola etiladi.

Festival tanlov dasturiga ega emas, yaʼni unda filmlar faqat namoyish qilinadi.

Maʼlumot uchun, “Yakshanba” filmi joriy yilning iyul oyida Yaponiyada oʻtkazilgan “Skip City International D-Cinema” festivalning oliy sovrini bilan taqdirlangan edi.

Shuningdek, kinokartina Fransiyaning Nant shahrida oʻtkazilgan “FESTIVAL UNIVESCINE A LʼEST” kinofestivalida ham “Eng yaxshi film” nominatsiyasi boʻyicha gʻolib boʻlgan.