January 29

Tashabbusli byudjet bo’yicha viloyatlarga mablag’ taqsimlandi. Eng ko’p mablag’ qaysi viloyatga ajratildi?

"Samarqand yoshlari" gazetasi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi mablagʻlarning taqsimlanishi yuzasidan maʼlumot berdi.

Tashabbusli byudjetning 2025-yil 1-mavsumi uchun byudjetda nazarda tutilgan mablagʻlarning yoʻnaltirilishi yuzasidan maʼlumot berildi.

Maʼlum boʻlishicha, respublika boʻyicha ajratilayotgan jami mablagʻ 2,7 trln soʻmni tashkil etdi.

Shundan eng katta ulush Fargʻona viloyatiga toʻgʻri keladi — 343 mlrd 552 mln soʻm.

2-oʻrinda Qashqadaryo viloyati qayd etilgan — 255 mlrd 353 mln soʻm.

3-oʻrinda eng katta mablagʻ yoʻnaltiriladigan hudud Toshkent viloyati boʻladi — 231 mlrd 594 mln soʻm.

Tumanlar kesimidagi mablagʻlar bilan mazkur havola orqali tanishish mumkin.