𝕃𝕚𝕓𝕚𝕕𝕠
O‘sha kechadan so‘ng oradan uch kun o‘tdi. Va bugun rejalashtirilgan navbatdagi psixologik seans kuni, ya’ni juma edi. Shu kunlar ichida Jungkookning ahvoli ham ancha o‘nglanib, yarasi bitishga qarab ketgani uchun o‘zini biroz yaxshi his qila boshlagandi.
Ari yotoqxonadagi ulkan ko‘zgu oldida o‘tirib, ko‘chaga ketishga tayyorlanar, yuziga mayin pardoz surtardi. Jungkook esa karavotda suyanchiqqa suyangancha o‘tirib, qizning har bir harakatini kuzatib turardi.
— Judayam chiroylisan! — dedi Jungkook qizning nafis qomatiga tikilib, lablarida mamnuniyat aralash tabassum bilan.
Ari oynadagi aks orqali ortida o‘tirgan yigitga qaradi. Lablarini piching bilan burib:
— Bilaman, — dedi kinoyali ohangda.
— Qachon qaytasan? — Jungkookning ovozi biroz bo‘g‘iq chiqdi.
— Seans qachon tugasa, o‘shanda! — Ari pardoz cho‘tkasini stolga qo‘yib, o‘rnidan turdi va Jungkookga o‘girilib, qo‘llarini beliga qo‘ydi. — Sen-chi? Qachon o‘z uyingga ketmoqchisan?
Jungkook qizning bu qat’iy ohangini eshitib, ataylab qo‘lini bog‘lami ustiga, ko‘ksiga qo‘ydi va yuzini biroz burishtirdi:
— Hali o‘zimni unchalik yaxshi his qilmayapman... Og‘riq bor biroz, yurishim ham qiyin.
Ari uning bu harakatlarini, ataylab shu uyda, uning yonida qolish uchun bahona qilayotganini ich-ichidan juda yaxshi sezib turardi. Biroq rad etay desa, chindan ham yigitning ko‘ksidagi qurol jarohati butkul bitmagan, u hali ham g‘amxo‘rlikka muhtoj edi. Qiz og‘ir xo‘rsinib, sumkasini oldi-da, xonadan chiqib ketdi.
| W |
Psixolog xonasidagi muhit tashqaridagi yomg‘irdan so‘ng juda iliq, sokin va tinch edi. Derazadan tushayotgan g‘ira-shira yorug‘lik xonaga o‘zgacha bir osoyishtalik berib turardi. Ari qulay kresloda o‘tirgancha, qarshisida daftar tutib turgan psixolog ayolning savollariga imkon qadar batafsil, gapirishga harakat qilardi.
— Menga Jungkook bilan qanday tanishganingiz haqida aytib bera olasizmi, Ari xonim? — so‘radi Suna xonim ko‘zoynagi ustidan mayin tikilib.
Ari stol ustidagi stakandan biroz suv ichib, tomog‘ini chuqur qirdi, so‘ng nigohini bir nuqtaga tikib gap boshladi:
— Biz aynan qaysidir kuni yoki qaysidir joyda tanishmaganmiz... Aslida u meni tug‘ilganimdan beri biladi. Biz oilaviy juda yaqin qo‘shni edik va uylarimiz yonma-yon joylashgandi. Bolaligimiz o‘sha hovlilarda o‘tgan, birga ulg‘ayganmiz. Hammasi o‘shandan, o‘sha bolalik yillaridan boshlangan. Men Jungkook bilan deyarli doim birga edim. Uni o‘zimga xuddi tug‘ishgan akamdek deb bilardim, unga ishonardim. Uni menga ko‘rsatayotgan haddan tashqari qattiq e’tiborini, har bir qadamimni nazorat qilishini shunchaki menga bo‘lgan aka va do‘stona mehr deb o‘ylaganman. Biroq bularning barchasi daxshatli niqob ekanini maktab bitiruv oqshomimda... o‘sha kecha anglab yetdim.
Ari biroz jim qoldi, nafas olishi og‘irlashdi, lekin o‘zini majburlab davom etdi:
— O‘sha kecha mening maktabni bitirganim munosabati bilan uyimizda katta bazm qilgandik. Hamma do‘stlarim, sinfdoshlarim va barcha tanishlarimiz kelgandi. Tabiiyki, Jungkook ham keldi. Uyning birinchi qavatida baland musiqa qo‘yib, hamma raqs tushayotgan edi. Jungkook birdan yonimga kelib, men uchun juda ajoyib va kutilmagan sovg‘asi borligini, buning uchun ikkinchi qavatga, mening xonamga chiqishimiz kerakligini aytdi. Biz yuqoriga ko‘tarildik. Men soddalik qilib, u menga biror bir chiroyli taqinchoq yoki kichik bir esdalik sovg‘asi beradi deb o‘ylagandim. Ammo u... Xonaga kirishimiz bilan, eshik yopilishi hamono ilk bor mening ruxsatimsiz, vahshiylarcha lablarimdan tishlab bo‘sa oldi. Belimdan shu darajada qattiq va shafqatsiz ushladiki, keyin ikkalamiz birga karavotga quladik. Boshida nima bo‘layotganini umuman anglolmay, karaxt bo‘lib qoldim. So‘ng u ustimga chiqib, bitiruv ko‘ylagimni yulqib yecha boshladi. Men uni bor kuchi bilan itarib, bunday qilmasligini aytdim, baqirdim, pastdagi ota-onamni, do‘stlarimni ismini aytib chaqirdim...
Ammo pastdagi musiqaning daxshatli shovqinidan va odamlarning baqir-chaqiridan mening ovozimni hech kim eshitmadi. U mening barcha qarshiligimga, yig‘i va yolvorishlarimga qaramay... meni o‘sha kecha zo‘rladi!
Ari bu so‘zlarni aytib bo‘lishi bilan ovozi bo‘g‘ziga tiqildi va ko‘zlari bir nuqtaga qadalgancha, toshdek qotib qoldi. Uning markaziy asab tizimi yana o‘sha eski qo‘rquv tufayli bloklanib borayotgandi. Psixolog ayol vaziyat o‘zgarayotganini ko‘rib, uni shoshilgancha chaqira boshladi
— Ari xonim, yaxshimisiz? Ari xonim, meni eshityapsizmi? O‘zingizga keling!
Biroq Ari hozirgi zamonda emas edi. Uning ongi uni vaqt mashinasidek o‘sha qora tunga, o‘tmishning eng qorong‘u burchagiga olib ketgan edi. Voqealar uning miyasida kino lentasidek qaytadan aylana boshladi.
Flashback — 2 yil avval, bitiruv kechasi
Ari shodon kulib Jungkook bilan birga o‘zining ikkinchi qavatdagi yotoqxonasiga kirdi. Eshik orqasidan yopilishi bilan, Jungkook to‘satdan mutlaqo boshqa odamga aylandi. U qizning gapirishiga ham qo‘ymay, vahshiylik bilan uning lablariga yopishdi. Ari nima bo‘layotganini tushunmay, hayron bo‘lib qoldi va uning ko‘kragidan itarishga urindi. Biroq bo‘sa davomida Jungkook qizning ingichka belini temir kabi qoʻli bilan qattiq ushladi-da, uni karavot tomon sudrab borib, birga yotoqqa quladi.
Jungkook Arining ustiga chiqib, uning qo‘llarini ikki yonga mixladi. So‘ng qizning lablaridan ajralib, unga i, nafs va egalik ko‘zlari bilan qarab jilmaydi.
— Jungkook, nima qilyapsiz?! Qo‘yib yuboring! — Ari qo‘rqib ketib, uning tagidan chiqishga urindi.
Biroq yigit uning o‘rnidan turmoqchi bo‘lgan harakatlarini chippakka chiqarib, uni yana to‘shakka mahkam tiradi va qizning qimmatbaho bitiruv ko‘ylagi tugmalarini jahl bilan yecha boshladi, matoni yirtdi. Ari dahshat ichida baqirib, pastdagi ota-onasini va eng yaqin do‘stlarini ko‘chaga chiqqudek ovozda chaqira boshladi. Kimning ismi tiliga kelsa, o‘sha odamni najot kutgandek aytib yig‘ladi, baqirdi.
— Bas qiling, Jungkook! Nima qilyapsiz?! Esingiz joyidami?! Tegmang menga, iltimos... yordam bering!
Ari qancha yig‘lab yolvorsa ham, ko‘z yoshlari yuzini yuvsa ham Jungkookni to‘xtatib qololmadi. Erkakning ko‘zlarini nafs ko‘r qilgandi. Birdan Ari o‘zining ostida, chidab bo‘lmas, daxshatli og‘riq his qildi. Og‘riqning keskinligidan tomog‘i achib ketguncha bor ovozi bilan daxshatli tarzda baqirib yubordi. U shu kungacha hayotida juda ko‘p og‘riqlarni ko‘rgandi, ammo hali tanasi va ruhi bunday azobni aslo his qilmagandi. Uning pokligi buzilgandi...
Jungkook qizning bu birinchi kechasi ekanini bilib, uning tanasi o‘ziga biroz o‘rganib olishiga imkon berish uchun avval bir necha soniya harakatsiz turdi. So‘ngra ko‘zlaridagi o‘sha vahshiyona lazzat bilan qizning ichiga sekin-asta kirib-chiqa boshladi. Ari azobdan ovozi boricha tinmay baqirar, qo‘llari bilan Jungkookni har qancha itarishga urinmasin, uning kuchli gavdasi qarshisida ojiz qolayotgandi. Bir necha daqiqalik shafqatsiz va azobli qiynoqlardan so‘ng, oppoq to‘shak matosiga qizning iffatidan dalolat beruvchi bir necha tomchi qon va erkakning quyuq, urug‘i oqib tushdi...
Arining ko‘zlari yig‘idan qizarib ketgan, baqiraverganidan oxiri ovozi ham chiqmay qolgandi. Uning nafas olishi tamoman tartibsiz va uzuq-uzuq edi. U tepasida nafasini rostlayotgan yigitga qarab, bor kuchi bilan shivirladi
— Maxluq... sen maxluqsan...
Faqatgina mana shu so‘zni aytishga kuchi yetdi va ortiqcha og‘riq hamda ruhiy zarbaga chiday olmay, o‘sha zahoti hushini yo‘qotdi. Qolgan daxshatli xotiralarning hech biri uning esida yoq edi.
Comeback — Hozirgi vaqt, psixolog xonasi
Ari o‘tmishning daxshatli tunidan birdan yorug‘likka chiqqandek, ko‘kragini ko‘tarib chuqur nafas oldi va titroq bilan havoni ichidan chiqardi. Uning butun vujudi sovuq terga botgandi.
— Ahvolingiz yaxshimi, Ari xonim? — Suna xonim havotir bilan unga yaqinlashdi.
Ari ko‘zlarini tez-tez pirpiratib, avval qarshisidagi psixologga, so‘ngra xonaning to‘rt burchagiga go‘yo uni hali ham o‘sha kechada deb o‘ylab, parishon qarab chiqdi. Keyin psixolog ayol shoshilib uzatgan sovuq suvni oldi va qaltirayotgan qo‘llari bilan undan bir necha ho‘plam ichdi. Kuchli hayajon, daxshat va o‘tmish asoratidan nima qilayotganini, qayerda turganini ham bilmay, butkul o‘zini yo‘qotib qo‘ygan edi.
— O‘zingizga keldingizmi, Ari xonim? — so‘radi Suna xonim uning rang-ro‘yiga xavotir bilan tikilib, ovozini imkon qadar yumshatishga harakat qilar ekan.
— Ha... yaxshi. Hammasi joyida, shunchaki biroz o‘yga toldim, o‘tmish xotiralari birdan yopirilib keldi... — deya Ari qo‘lidagi bo‘shab qolgan suv idishini qaltiroq qo‘llari bilan stol ustiga qo‘ydi.
Psixolog ayol daftariga kichik qaydlar kiritgach, ko‘zoynagini to‘g‘rilab, navbatdagi og‘riqli savolni berdi
— O‘sha kecha... bu mudhish voqea haqida ota-onangizga aytganmisiz? Biror kimdan yordam so‘radingizmi?
Ari bu gapni eshitishi bilan yana jimib qoldi. Tomog‘iga achchiq bir o‘ksik tiqildi, barmoqlarini mahkam qovushtirgancha chuqur xo‘rsindi:
— Men ularga hammasini aytmoqchi edim, bor haqiqatni ... Ammo tongda ko‘zlarimni ochib, pastga tushganimda, menga tunda Jungkookni politsiya olib ketganini aytishdi. Hamma joy ostin-ustun, ota-onam vaximada edi. Men o‘sha paytda ota-onamga Jungkook meni zo‘rlaganini, iffatimni toptaganini baribir aytolmadim. Chunki nomusim toptalganidan shu darajada uyalgan edimki, bu narsani tilga chiqarish men uchun o‘limdan ham qiyin edi. Qiz bola boshi bilan bunday xo‘rlikni qanday aytishni bilmadim. Keyinroq bilsam, Jungkook o‘sha kechada shunchaki tasodifan qo‘lga tushmagan ekan. U allaqachon daxshatli noqonuniy kontrabanda ishlariga va yirik qora dori biznesiga aralashib ulgurgan ekan. U qamoqqa ketgach, men hayotimdan bu qora dog‘ni butkul o‘chirishga, qaytib u haqida aslo o‘ylamaslikka qaror qildim. O‘z hayotimda yashashda davom etdim, o‘qidim, harakat qildim va nihoyat to‘liq erkinlikka erishish, o‘sha uydagi daxshatli xotiralardan qochish uchun ota-onamni ham tashlab, shahar markazidan alohida uy olib, yakka yashashga qaror qildim. Hammasi ortda qoldi deb o‘ylagandim... Lekin u baribir ozodlikka chiqdi va yana mening tinch hayotimda daxshatli sharpa kabi paydo bo‘ldi.
Ari psixolog ayolga qarab achchiq va ma’noli jilmaydi. Bu kulgi ortida cheksiz chorasizlik yashiringandi.
— U sevgilingiz emas! Biroq buni mutlaqo inkor ham etolmaysiz, shundaymi, Ari xonim? — dedi Suna xonim uning ichki hissiyotlarini o‘qishga urinib.
— To‘g‘ri, u mening sevgilim emas... U — mening ta’qibchim! — Ari ovozini qat’iy va sovuq chiqardi. — Men buni istamasam ham, undan hech qayerga keta olmayman... Qayerga qochmay, qaysi burchakka yashirinmay, u baribir ortimdan boradi, soyadek ta’qib qiladi. Tan olishni umuman istamayman, biroq... men allaqachon jismonan ham, ruhan ham uning mulkiga aylanib bo‘lganman, unikiman!
| W |
Og‘ir kechgan seans nihoyat tugagach, Ari xonadan chiqdi. Ruhiy charchoq shu darajada kuchli ediki, u mashinaga yoki avtobusga o‘tirishni ham xohlamadi, shunchaki toza havoda, piyoda uyga qaytishni afzal ko‘rdi. Tashqarida havo salqin, osmonni qora va g‘amgin bulutlar qoplab olgandi, xuddi qizning ichki dunyosiga o‘xshab.
Ari og‘ir sumkasini yelkasiga ilib,holsiz qadamlar bilan yo‘l chetidan sudralgancha yurib borardi. O‘z ko‘chasining boshiga, g‘ira-shira va odam kam yuradigan burchakka yetganda, to‘satdan uning oyog‘i tagiga qandaydir bo‘sh shisha idish dumalab, qattiq ovoz chiqarib uchib keldi.
Ari qattiq cho‘chib ketdi, chunki u butkul o‘z xayollari ummoniga g‘arq bo‘lib kelayotgandi. U qo‘rquv aralash boshini ko‘tarib, ovoz kelgan tomonga qaradi. Yo‘l chetidagi xira chiroq ostida uch-to‘rtta shubhali, bezori yigitlar turishardi. Ularning qo‘lida alkogol idishlari bor edi va Ariga qarab buzuq, o‘ynoqi tabassum bilan, jirkanch va nafs to‘la ko‘zlar bilan tikilib turishgandi.
— Salom, go‘zalim! Muncha g‘amginsan? — dedi ulardan biri qadamini teglatib.
— Kelaqol biz tomonga, zerikmaysan, birgalikda rosa mazza qilaylik! — ikkinchisi jirkanch ohangda kulib, unga yaqinlasha boshladi.
Yigitlar guruh bo‘lib, sekin-asta Ari tomon doira hosil qilib yaqinlashib kelayotgan o‘sha lahzada, qiz dahshat ichida bir qadam ortga yurdi. Qochmoqchi bo‘ldi, ammo to‘satdan uning ko‘kragida daxshatli bir siqilish paydo bo‘ldi. Yurak urishi soniyalar ichida telbavor darajada tezlashib, tomog‘iga havo yetishmay, nafasi qisa boshladi. Kuchli stress va kutilmagan qo‘rquv uning asab tizimini yana falaj qilib qo‘ygandi. Tonal qotib qolish xuruji xuddi eng keraksiz lahzada qayta uyg‘ongandek, Ari joyida o‘g‘ir toshdek qotib qoldi, butun vujudi muzlab, barmoqlari ham bo‘ysunmay qoldi. u hatto baqira olmasdi.
Ari POV:
Yo‘q... iltimos, yo‘q! Hozir emas, aynan hozir emas! Jin ursin... nega tanam yana o‘zimga bo‘ysunmayapti?! Harakat qil, Ari, qoch! Nimaga oyoqlarim yerga mixlanib qoldi? Ularning jirkanch qo‘llari menga tegishini istamayman...
Jungkook... qayerdasan?...
Imloviy xato kamchilik koʻpchilik uchun uzr unpa lunpachalarim