Libido
Jungkook kvartiradan chiqqach, to‘g‘ridan-to‘g‘ri Namjoon bilan oxirgi marta vidolashib olish uchun uning oldiga bordi. Tun bo‘yi mashina ichida o‘tirib, ko‘zlari shishib uxlab qolgan Namjoon oynaning taqillatilishidan cho‘chib uyg‘onib ketdi. U ko‘zlarini ishqalab, eshikni ochdi va sovuqqina ohangda so‘radi
— Rahmat, Namjoon, — dedi Jungkook qat’iy va vazmin ohangda.
Namjoon kinoyali kulimsirab, unga tikildi
— Bunga arzimaysan... Bularning hammasini faqatgina Ari uchun qildim, o‘zing uchun deb o‘ylama.
— uning haqiqiy akasi ekaningni Ariga qachon aytmoqchisan? — dedi Jungkook sinchkovlik bilan.
— Bugun! — qisqa javob berdi Namjoon va yuziga yengil, ma’noli tabassum yugurdi.
Jungkook buni eshitib, jiddiy qiyofada ogohlantiruvchi ohangda dedi
— Namjoon, yaxshilab eslab qol men u yerda uzoq o‘tirmayman, tez orada qaytaman. Arini mendan aslo tortib ololmaysan!
Namjoon ham qoshini chimirib, yengil kinoya bilan javob qildi
— Hali bu haqda o‘ylab ham ko‘rmagan ekanman, Jeon!
— Ko‘zlaring esa aslo undamayapti, ular boshqa narsani aytyapti, — dedi Jungkook oxirgi so‘zni aytib, ortiga o‘girildi-da, qadamini tezlashtirib uzoqlashdi.
Oradan roppa-rosa bir oy o‘tdi.
Bu vaqt ichida Ari o‘zining jondan aziz insoni — Namjoon uning haqiqiy qondosh akasi ekanligini bilib oldi. U ko‘p o‘tmay Namjoon bilan birga yashay boshladi va bolaligida uni asrab olgan ota-onasiga ham bu haqiqatni aytib tushuntirishdi. Namjoon singlisi Jungkookning ketishidan qattiq tushkunlikka tushib, so‘lib qolmasligi uchun qo‘lidan kelgan barcha harakatni qilib, uni ovutishga, hayotga qaytarishga intilardi.
Ari o‘zining ruhiy holatini tiklash uchun psixologga qatnovni davom ettirib kelayotgandi. Yaxshiyamki, oxirgi paytlarda uning eski kasalligi, vahimalari deyarli bezovta qilmay qo‘ygandi.
Bugun ham u navbatdagi seans uchun psixolog Suna xonimning kabinetida o‘tirib, suhbatlashayotgandi.
— Oxirgi paytlarda o‘zingizda, kayfiyatingizda ancha ijobiy o‘zgarishlar bo‘layotganini aytdingiz, ochig‘i, buni eshitib men ham juda xursand bo‘ldim, Ari xonim, — dedi Suna xonim iliq taassurot bilan.
— Ha, rost... O‘zimning haqiqiy akamni va butun oilamni topganimdan Yuragimni kemirib kelgan o‘sha eski shubhalarim butkul tarqalib ketgani meni ich-ichimdan tinchlantirdi. Faqat... Jungkookni juda qattiq sog‘inyapman. Uni ko‘rgani qamoqxonaga ham bormadim... Chunki undan hali ham biroz xafaman, — dedi Ari labini burib, bolalarcha arazlagan qiyofada.
Suna xonim uning bu so‘zlarini eshitib, tushunib turganini bildirdi
— Menimcha, baribir borishingiz kerak, Ari xonim. Uni sizdan boshqa yana kimi bor o‘zi? Xayrlashmay chiqib ketdi, dedingiz, lekin u hibsga olinishidan oldin oldingizga borgan-ku! Menimcha, o‘sha aslida haqiqiy xayrlashuv edi.
— Mayli, bu haqda akam bilan gaplashib ko‘raman, agar ruxsat bersa, meni Jungkookning yoniga olib boradi, — dedi Ari xotirjam tortib.
— Xo‘sh, keling, boshqa mavzuga o‘tsak... Oxirgi paytlarda hayotingizda yana qanday yangiliklar bo‘ldi? Yoki o‘zingiz sezmagan o‘zgarishlar-chi? — so‘radi psixolog sinchkovlik bilan.
— Hozircha faqat shu, boshqa yangilik yo‘q, — dedi Ari yelka qisib.
Suna xonim sirli tarzda kulib qo‘ydi va kursisini ozgina oldinga surib, Ariga diqqat bilan tikildi
— Bilasizmi, oxirgi 5 ta seansimizdagi ma’lumotlarni kuzatib, menda qiziq bir xulosa paydo bo‘ldi. Nazarimda, sizda biz bilmagan yana bitta juda katta yangilik bor!
Ari hayratlanib, ko‘zlarini katta ochdi
— Qanaqa yangilik? Qanaqa yangilik?
— Agar mening kuzatishlarim to‘g‘ri chiqsa, siz... menimcha, homiladorsiz! — dedi Suna xonim ochiq yuz bilan.
— E’tibor bering: oxirgi seanslarda tez-tez qorningiz och qolayotganini, tezda charchab qolishingizni aytdingiz. Ustiga-ustak, qisqa vaqt ichida 4 marta ko‘nglingiz behuzur bo‘lgani ham bunga aniq dalil. Bularning hammasi homiladorlik belgilaridir.
Ari bu kutilmagan gapni eshitib, bir zum joyida qotib qoldi. U miyasida bu xabarni qanday qabul qilishni, qanaqa reaksiya ko‘rsatish kerakligini tezda chaqib olishga urindi.
Biroq yuragi gursillab urib ketganidan, ichidagi hayajon va cheksiz qiziqish uni bosib ketdi — u bir og‘iz ham javob qaytarmasdan, shosha-pisha o‘rnidan turdi-da, kabinetdan otilib chiqib ketdi.
Suna xonim uning bu qochishidan yengil kulib qo‘ya qoldi.
Oradan biroz vaqt o‘tib, Ari uyidagi xonasida qo‘lida homiladorlik testi bilan natijani kutib turgandi. U titroq qo‘llari bilan testni olib, ko‘zlarini sekin ochdi va qadam-baqadam tikildi.
Ari qo‘llari bilan og‘zini mahkam yopib qoldi. U xursandchiligidan tabassum qilmoqchi bo‘lib og‘iz juftlagani ham tez yuz berdi — to‘satdan uning xonasiga eshikni ochib Namjoon kirib keldi.
Ari shosha-pisha qo‘lidagi testni ortiga tanasining orqa tomoniga yashirishga urindi, biroq Namjoon buni juda aniq ko‘rib ulgurgandi.
— Nimani yashiryapsan? Men allaqachon hammasini ko‘rib bo‘ldim, — dedi Namjoon xotirjam va jiddiy ohangda.
Ari o‘zini qo‘lga ololmay, labini tishladi. Buni o‘zining qattiqqo‘l akasiga qanday tushuntirib berishni bilmay, qizg‘ish tortib uyaldi.
— Lekin... senga chin dildan xursandman, Ari! Seni tabriklayman. Xo‘sh, endi gapirmaysanmi? Demak... men tog‘a bo‘laman-da?
dedi Namjoon yuziga iliq tabassum yugurtirib, quchoq ochgandek ikki qo‘lini keng yoydi.
Ari biroz ikkilanib turgach, sekin akasining bag‘riga bordi. Ular bir-birlarini qattiq quchoqlashdi.
— Aka... iltimos, men bu xabarni darhol Jungkookga yetkazishim kerak! Meni uning yoniga olib boring, iltimos, — dedi Ari yalindi.
Namjoon singlisining peshonasidan mehribonlik bilan o‘pib qo‘ydi va bosh irg‘adi
Namjoonning POV:
Ahh, o‘sha yaramas Jungkook... Baribir o‘z deganimni qildi-ya! Arini undan butkul uzoqlashtirdim, endi yaqinlasholmaydi deb turgandim, mana senga — homila... Endi tushundim Jungkookning oxirigacha rejalashtirgan o‘yinini. Haqiqiy ayyor tulki! Agar Ari bo‘lmaganda, Jungkookni o‘sha qamoqxonaning o‘zidayoq o‘z qo‘llarim bilan bir yoqli qilgan bo‘lardim. Lekin shuni bilamanki, u orqali men o‘zining singilginimni — Arimni qayta topdim. Garchi bu haqiqat Jungkookga nisbatan yuragimdagi hasad va nafratni to‘xtata olmasa ham... Baribir uni yomon ko‘raman. Lekin nima bo‘lganda ham, bu mitti bola — mening jondan aziz singlimning bir bo‘lagi. Endi uni ikki karra ko‘p avaylashim kerak.
Bir necha kun davom etgan og‘ir hujjatbozlik, yuristlar bilan uchrashuvlar va maxfiy ruxsatnomalardan so‘ng, nihoyat Namjoon va Ari qamoqxonaga — Jungkookning oldiga yetib kelishdi.
Ular ikkalasi birgalikda maxfiy xonaga kirishishdi.
Oq shisha oynali qalin devor ortida ular Jungkookning kelishini kutib turishardi. Ari hayajondan ichiga sigʻmasdi, uning qattiq hayajondan hatto qo‘llari titrab turgandi.
Bir soniya o‘tar-o‘tmas, narigi tarafdagi temir eshik g‘ijirlab ochildi va qamoq kiyimini kiygan Jungkook ichkariga qadam qo‘ydi.
— Muse! — deb yubordi Jungkook, ko‘zlarida sog‘inch va cheksiz quvonchdan o‘t chaqnab.
Ari o‘rnidan shosha-pisha turib ketdi va kaftlarini qalin oynaga yopishtirdi
Jungkook tezda yaqinlashib, gapirmoqchi bo‘lgandi, biroq uning yonida turgan Namjoonning qoshlarini chimirib oʻtirganini ko‘rib, ensasi qotdi va to‘xtadi.
— Davom etaveringlar, men halaqit bermayman, — dedi Namjoon quruq va kinoyali ohangda.
— Aka... biz biroz yolg‘iz gaplashib olaylik, iltimos, tashqarida kuting? — dedi Ari nozlanib, Namjoonga eng iltijoli va yolvoruvchi ko‘zlari bilan boqib.
Namjoon Jungkookga yana bir marta o‘tkir nigoh tashlab qo‘ydi-da, so‘ng Ariga qarab mayin tabassum qildi va bosh irg‘ab, xonadan chiqib ketdi.
Eshik yopilishi bilan Jungkook zaharxanda qildi:
— Bu yerda unga nima bor o‘zi, nima qilib yuribdi?!
— Jungkook, seni shunchalik qattiq sog‘indimki! — dedi Ari oynaga qo‘lini yana ham yaqinroq olib borib.
Jungkook esa biroz arazlagandek labini burdi. Uning bu harakati xuddi erkatoy yosh bolaning qiliqlariga o‘xshardi. Ari uni bu holatda ko‘rib, ajablanib kulib yubordi
— Nima, xafa bo‘ldingmi? O‘zing ham sog‘inmadingmi nahotki?
— Ishonmayman sog‘inganingga! — dedi Jungkook bir nafasda.
— Agar rostdan ham shunchalik sog‘inganingda, nega telefon qo‘ng‘iroqlarimga javob bermading? Nega oldimga ko‘rgani kelmading? Va nega o‘sha jin ursin akangning telefoniga qachon qursam, har safar band bo‘larding?!
Ari bu gaplarni eshitib, gangib qoldi:
— Menga qo‘ng‘iroq qilganmiding? Mengami? Akamga telefon qildingmi? Men esa band ekanmanmi?!
Jungkook shu onda barchasini tushundi — bu aniq Namjoonning ishi edi. Namjoon ataylab Arining u bilan muloqot qilishiga to‘sqinlik qilgan, aloqalarni uzib qo‘ygandi.
— Jin ursin... Agar bu yerdan chiqsam, o‘sha Namjoonni mayda-mayda qilib itlarga yem qilmasam, mening otim Jeon emas! — dedi Jungkook asabiylashib, peshonasini qo‘li bilan ushlab.
Ari esa Jungkook va uning akasi o‘rtasidagi bu abadiy tushunmovchilikni ko‘rib, nima deyishni bilmay qoldi:
— Demak... akamning ishi demoqchimisan?
— Ha, aniq o‘sha akangning qabih ishi! — deb javob berdi Jungkook.
Ari labini tishladi. Akasining bu qilig‘idan uning ham biroz jahxi chiqdi. Biroq hozir bunday mayda-chuqur urishlarga vaqt yo‘q edi.
— Jungkook, kel, bularni hozir qo‘yib turaylik, boshqa safar gaplashamiz! Menda senga aytadigan juda muhim yangilik bor! — dedi Ari hayajondan nafasi qisib.
— Xo‘sh, qanaqa yangilik ekan u? Eshitaman, jonim! — dedi Jungkook qiziqib, stulini oynaga yaqinroq surib o‘tirdi.
— Men... ya’ni aytmoqchimanki, sen... haligi, sen va... to‘g‘rirog‘i, biz... — Ari hayajondan gaplarini qayerga qo‘yishni bilmay, tili aylanmay qoldi.
— Sen va men, biz... yaqinda xo‘sh?.. — Jungkook qoshini baland ko‘tarib, uning og‘zidan chiqadigan yakuniy so‘zni kutib tikildi.
— Biz yaqinda... men, xullas... men homiladorman! — dedi Ari birdaniga birdaniga yuzini yerga qaratib, uyalib-netib, so‘ng pastdan asta ko‘zlari bilan Jungkookga qarab.
Jungkook shu soniyada joyidan turib ketdi. U ikkala qo‘lini musht qilgancha havoda silkitdi va xuddi ulkan jahon chempionligini yutib olgandek g‘olibona, mardona tabassum qildi:
Ari uning bu reaksiyasini ko‘rib, o‘zini tuta olmay kulib yubordi:
— Yo‘q... bu men kutgan emotsiya emas edi, Jungkook! Sen umuman hayratlanmading-ku!
Jungkook quvnoq ohangda kuldi:
— Xo‘sh, o‘zing qanday emotsiya kutganding mendan, Muse?
— Sen "Rostdanmi?! Men yaqinda ota bo‘lamanmi?! Rahmat, hayotim, jonim, borlig‘im!" deb yuborishing, hatto quvonchdan ko‘zingga yosh olishing kerak edi! — dedi Ari norozi qiyofada labini bo‘rttirib.
Jungkook buni eshitib, battar qahqaha otib yubordi:
— Xo‘p bo‘ladi: "Rahmat, hayotim, jonim, borlig‘im, yagonam, Muse-im!"
— Yo‘q, sen buni chin dildan aytmading! — dedi Ari shubhali qarab. — Xuddi mening homiladorligimni oldindan bilgandek o‘zingni tutyapsan! Yoki... akam kelishimizdan oldin senga aytib qo‘ydimi?!
Jungkook ma’noli jilmayib, bosh chayqadi:
— Yo‘q, akang aytgani yo‘q. Men buni allaqachon bilardim... Ya’ni, o‘sha qamoqqa kirib ketishimdan oldingi kechada Xudodan yolvorib so‘raganman va buning uchun yetarlicha harakat ham qilgan edim, Muse!
Ari qizarib ketgan yuzini burib oldi, xuddi qattiq arazlagandek o‘zini ko‘rsatdi:
— Bu... bu adolatdan emas, yaramassan, Jeon! O‘shanda senga umuman aytmasligim kerak edi, bola tug‘ilib, katta bo‘lgandagina keyin xabar qilishim kerak ekan!
Jungkook esa uning bu so‘zlaridan o‘zini to‘xtata olmay, chin dildan jilmaydi:
— Ishon, bu men shu kungacha eshitgan eng buyuk va eng ulkan yangilik bo‘ldi, Muse... Ichimda hozir qanchalik cheksiz xursandchilik borligini va nimalarni his qilayotganimni aqling ham sig‘dira olmasa kerak!
dedi Jungkook koʻzlaridagi quvonchni yashirmay! Uning koʻzlari porlab yurardi goʻyo hozir yumsa koʻz yosh sizib chiqadigandek....