Libido
Politsiya boshqarmasi
Noqonuniy narko biznesi va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha maxsus qidiruv-tergov guruhi allaqachon barcha tayyorgarlikni ko‘rib, so‘nggi buyruqni kutib o‘tirgandi. Har bir ofitser o‘z joyida, tish-tirnog‘igacha qurollangan holda monitorlarga tikilgan edi.
Ular faqatgina bitta hal qiluvchi signalni — maxfiy qo‘ng‘iroqni kutishayotgandi.
Bu qo‘ng‘iroq bevosita Jeon Jungkook tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan edi, biroq nima uchundir vaqt o‘tsa ham kutilgan xabar kelmadi, kichik kechikish yuz berayotgandi.
Yarim tunda esa o‘sha yashirin omborda vaziyat haddan tashqari taranglashgandi. Jungkook va Yoongi yangi kelgan yirik qora dori tovarlarini ombor ichiga olib kirib joylashtirishayotgandi. Baxtga qarshi, bu safar Kang Rubinning o‘zi ham shaxsan shu yerda, jarayonni diqqat bilan kuzatib turgandi.
Jungkook sekin atrofga ko‘z yugurtirdi. Bossning deyarli barcha eng yaqin, eng ishonchli odamlari va qo‘riqchilari shu yerda, bir joyga jamlangandi. Ayni muddat.
Jungkook o‘ziga qulay fursatni poylab turdi. To‘satdan tunda uzoqdan quloqni qomatga keltiruvchi politsiya sirenalarining faryodi eshitila boshladi. Bir soniya ichida hamma oyoqqa turib ketdi. O‘nlab odamlar sarosimaga tushib, xuddi Chumolilar kabi u yoqdan-bu yoqqa tipirchilab qolishdi. Afsus, kech edi — omborxonaning barcha to‘rt tomonidan politsiya mashinalari kelib, hududni halqasimon o‘rab olgandi. Qochishga birorta ham imkon qolmagandi.
Kang Rubin g‘azabdan o‘ziga sig‘may, yashirinish uchun orqa eshik tomon intildi. Biroq u qochishga urinayotgan bir paytda, Jungkookning unga qarab sovuq va ma’noli tabassum qilib turganini ko‘rib qoldi.
— Sen tugading, Kang! — dedi Jungkook qo‘lini o‘ziga xos tarzda silkitib, o‘sha yerga bostirib kirgan politsiya xodimlariga ishora qilib.
Qurollangan ofitserlar darhol Rubinni qurshab olishdi. Uni yerga yotqizib, qo‘llariga sovuq kishan urishayotgan bir paytda ham, Rubin o‘zining nafratli va qotilona ko‘zlarini Jungkookdan bir soniya bo‘lsin uzmadi.
Bosh komissar shaxsan o‘zi voqea joyiga kelib Jungkookning yoniga yurib o‘tdi va mamnuniyat bilan tabassum qildi
— Oldindan qilingan kelishuvimiz bo‘yicha hamma narsa mukammal o‘tdi, Jeon. Lekin shuni esingda tutki, sen butunlay aybsiz emassan, bilasan-ku? Hali rasmiy sudgacha sen ham qonun bo‘yicha so‘roq qilinasan va vaqtincha hibsda bo‘lasan.
Jungkook bosh irg‘ab, biroz jiddiy va iltojo ohangda dedi
— Bilaman... Ammo sizdan bitta kichik iltimos-talabim bor. So‘z beraman, hech qayerga qochmayman, o‘zim ixtiyoriy ravishda taslim bo‘laman.
— Xo‘sh, qanday iltimos ekan u? — so‘radi komissar sinchkovlik bilan.
Namjoon Jungkook bilan bogʻliq barcha narsani eshitgach Arini yoniga keldi.
Uyga kirishi bilan u darhol Arini izlay boshladi. Qiz Suxo bilan hovlida, ichida o‘tirgandi. Namjoon shosha-pisha ularning yoniga keldi va Arining qo‘lidan tutib
— Ari... yur, ketamiz, — dedi keskin.
Ari hayron bo‘lib Namjoonga qaradi
— Jungkook seni kutyapti, ketishimiz kerak!
Namjoon Ari bilan birga yana bandargohga borib, kemada shiddat bilan dengizni kesib o‘tishdi. Bir necha soatlik yo‘ldan so‘ng ular qirg‘oqqa yetib kelishdi. Ularni u yerda qora oynali mashina kutib turgandi. Tezda mashinaga o‘tirib, yana Seul ko‘chalariga qaytishdi.
Mashina shahar markazidagi gavjum ko‘chalardan o‘tib, tobora qorong‘ilashib borayotgan, odam kam qatnaydigan eski va ko‘rimsiz kichik bir mehmonxona oldiga kelib to‘xtadi.
Ari atrofga xavotir bilan qarab, so‘ng oldingi o‘rindiqda o‘tirgan Namjoonga yuzlandi
— Nega bu yerga keldik? Jungkook o‘zi qayerda?
— Deyarli keldik, hozir o‘zing ko‘rasan o‘sha Rameoyingni, — dedi Namjoon sovuqqina va qat’iy ohangda.
Negadir Namjoonning kayfiyati yo‘q edi, uning ovozida aka sifatidagi qizg‘onish va rashk sezilib turgandi. Singlisini shunday xavfli yigitning bag‘riga ochiq yuz bilan yetaklab kelayotgan aka uchun bu og‘ir edi.
Ammo Ari uning bu ichki kechinmalarini tushunmasdi; uning butun vujudi, xayoli faqatgina Jungkookni ko‘rish istiqti bilan yashayotgandi.
Ari mashinadan tushib, zinadan yugurib chiqdi va Namjoon aytgan 22-xonaning eshigiga yetib keldi. Yuragi gursillab urib, qo‘rqibgina eshikni taqillatdi.
Bir soniya o‘tar-o‘tmas, eshik ochildi va qarshisida o‘zi o‘lib kutgan insonini ko‘rishi bilan Ari o‘zini tutib turolmay, quvonchdan yig‘lab yubordi va birdan uning bo‘yniga osilib, qattiq quchoqlab oldi.
— Seni shunchalik qattiq sog‘indim, Jungkook! Qayerda eding o‘zi? — dedi Ari yig‘lab turib, savollarga ko‘mib.
Jungkook esa hech narsa demadi. U o‘ng qo‘lini Arining belidan mahkam quchib, iyagini uning boshiga qo‘ydi-da, chuqur nafas olib, uning tanish atridan huzur qildi.
— Nima... sen meni sog‘inmadingmi? — dedi Ari biroz arazlagandek quchoqlashdan to‘xtab, boshini ko‘tarib uning ko‘zlariga qaradi.
Jungkook hech narsa deya olmadi, shunchaki qizni yana o‘ziga tortib, bag‘riga qattiq bosdi va sochlaridan to‘yib-to‘yib hidladi...
Bir oz o‘tib, Jungkook stollardan birida ikki finjon qahva damlab, uni o‘rtaga qo‘ydi. Qahvaning issig‘idan oq bug‘lar taralib turgandi.
Ari qarshisida o‘tirgan Jungkookning ko‘zlariga tikildi. Uning nigohida avvalgidek o‘sha o‘jar quvnoqlik va qo‘rqmas agressiv olov yo‘q edi; aksincha, u juda jiddiy, o‘ychan va o‘ta horg‘in ko‘rinardi.
— Nimadir bo‘ldimi, Jungkook? Nega biz uyda emas, aynan shu yerda — bu ko‘rimsiz xonada uchrashdik? — so‘radi Ari xavotirni yashira olmay.
— Muse... senga juda muhim narsa aytishim kerak, — dedi Jungkook uning ko‘zlariga tikilib.
Jungkook o‘sha o‘tgan kundan boshlab boshidan kechirgan butun haqiqatni — eski noqonuniy dunyodagi odamlar uni yana shu girdobga tortishga urinishganini, boshidan jarohat yegani va jarohati tufayli xotirasi yo‘qolgandek ko‘rsatib ayyorlik qilganini, politsiya bilan yashirin kelishib, butun boshli narko-biznes va kontrabanda tarmog‘ini yo‘q qilish bo‘yicha xavfli operatsiyada qatnashganini birma-bir tushuntirib berdi. Qolaversa, bu jirkanch o‘yinlar Ariiga ziyon yetkazmasligi uchun uni ataylab uzoqqa, akasi Namjoonning oldiga yashirincha jo‘natib yuborganini tan oldi.
Lekin endi... politsiya bilan tuzilgan shartnomaga ko‘ra, u o‘z ixtiyori bilan ham, majburan ham qamoqqa ketishi kerakligini, va ertaga taslim bo‘lishini aytganida, Arining ko‘ziga yosh keldi.
— Yo‘q! Qochib ketaylik, Jungkook, bu yerdan juda uzoqlarga ketaylik! Axir sen menga "meni tashlab ketmaysan" deb ont ichgansanku! Iltimos, qochaylik! — dedi Ari yig‘lab, uning qo‘llaridan tutib yolvorib.
— Qochish chora emas, Muse... Men uzoq qolmayman, lekin qachon qaytib kelishimni o‘zim ham bilmayman, — dedi Jungkook uning yonoqlaridan oqayotgan yoshni bosh barmog‘i bilan sekin artib.
Ari boshini tinimsiz chayqab, yig‘lab rad etdi
— Yo‘q, yo‘q! Iltimos...
Jungkook esa uni to‘xtatib, o‘ziga yaqinroq tortdi
— Men bu qisqa vaqtdan unumli foydalanishni xohlayman, Muse... Seni oxirgi marta, butun borlig‘im bilan yana bir bor his qilmoqchiman.
— Nega "oxirgi" deyapsan, axir uzoq qolmayman deding-ku! Jungkook, aldayapsan meni, yur, qochib ketaylik, bizni hech kim topolmaydigan joylarga ketaylik, iltimos! — dedi Ari yig‘lab, uning ko‘kragiga mushtlab.
Jungkook uni mahkam quchib, tinchlantirdi
— Hech bo‘lmasa... qamoqda yolg‘iz qolganimda, seni sog‘inib o‘tirgan paytim eslash uchun menga shu lahzalar kerak, Muse.
Ushbu so‘zlardan so‘ng Jungkook Arining lablaridan o‘pib, uni asta-sekin yotoq tomon boshlab ketdi...
Avval lablar, soʻng boʻyin sohasiga harakat. Jungkook Arini kiyimini yechdi Ari esa Jungkooknikini. Oppoq sutdek tanani qizil va siyohrang mayda dogʻchalar bilan bezash Jungkookni sevimli ishi.
Ular shoship juda tez harakat qilishardi goʻyo vaqt toʻxtab qoladigandek. Jungkook Arini ichiga kirganda his qiladigan oʻsha tuygʻuni hech nimaga alishmaydi. Ular ritm bilan harakat qilishni boshladi. Bu aloqa ularga faqat zavq bagʻishlardi. Erkalashlar, oʻpichlar va ...
Tong otganida Jungkook yonidagi farishta kabi uhlab yotgan Musesini shunchaki peshonasidan oʻpib qoʻydi. Uni uygʻotishni va yana unga xayr desa yigʻlashini istamadi va shunchaki chiqib ketti.
Bitta hater menga bir gap aytdide nimamush Jungkook bechorani uyi yoʻqmi yo gadoymi ff boshidan beri mototsikldan boshqa hech balosi ham yoʻqku )deydi 😂 eng qizigʻi u rost aytipdi
Rosat ff boshidan beri Jungkookni uyi yo choʻntagidagi puli haqida hech qanday satr ham yozmapman
прикинь oʻsha hater oʻzim edim 😭😁
Finalgacha ozgina qoldi poʻnpaloqlarim 🎀 reak bosib fikr bildiramiz!