𝕃𝕚𝕓𝕚𝕕𝕠
Qorong‘u xonaning sukunatini telefonning keskin qo‘ng‘irog‘i buzdi. Go‘shak narigi tomondan shartta ko‘tarildi.
— Eshitaman... — Arining ovozi biroz toliqqan, lekin qat’iy chiqdi.
Narigi tomondan faqat og‘ir nafas olish ovozi eshitildi. Sukunat cho‘zilgani sayin qizning sabr kosasi to‘lib bordi.
— Faqat ovozimni eshitish uchun qo‘ng‘iroq qilmayotgan bo‘lsang kerak, gapir! — dedi u asabiy ohangda.
— Aslida ham shunday, — nihoyat erkakning past va bo‘g‘iq ovozi eshitildi. — Hol-ahvoling qandayligini, ayni damda qayerda ekaningni va nima qilayotganingni yaxshi bilaman. Shunchaki ovozingni eshitgim keldi, Muse...
— Jonimga tegding! Nima istaysan o‘zi mendan? — Ari deyarli baqirib yubordi.
— Bu harakatlarim senga yoqishini bilaman, jonginam. Bu o‘yin bizga zavq beryapti, shunday emasmi?
— Hali jahl ham qilaman de? Hmm, yaxshi... Xo‘sh, hozir nima haqida o‘ylayapsan? — Erkakning ovozida pinhona bir mamnuniyat bor edi.
— Seni qanday o‘ldirish va jonsiz tanangni qayerga ko‘mish haqida! — dedi Ari tishlari orasidan.
— Sensizlik onining o‘zi meni o‘ldiradi, Muse. Tanamni istasang o‘zing bilan olib qol... Tunda quchib yotasan. Har holda o‘sha momiq ayiqchangdan ko‘ra yaxshiroqman.
— Ahmoq! — deb pichirladi qiz.
U xonasining burchagiga o‘rnatilgan yashirin kameraga tik qarab turganini bilar edi. Go‘yo o‘sha nigohni his qilayotgandek, sekin-asta ustidagi kiyimlarini yechishga tushdi. Har bir harakati erkakning nafasini tezlashtirishga qaratilgandek edi.
— Bunday qilma... O‘zingga yomon qilyapsan, — erkakning ovozi endi yanada dag‘al va ehtirosli eshitila boshladi.
— Nima? Nima qilibman? — Ari o‘zini go‘yoki hech narsadan bexabardek tutib, nozli kuldi.
— Meni sinab ko‘ryapsan, Muse... Bu menga yoqyapti, ammo oxirida yig‘lab yurma.
Erkak ekrandagi tasvirga mahliyo bo‘lib, nafasini ichiga yutib kuzatar edi. Ari esa so‘nggi ichki kiyimlarini ham yechib tashladi-da, yotoqqa o‘ta ehtirosli va chorlovchi harakat bilan cho‘zildi.
— Nima haqida gapirayotganingni tushunmayapman, — dedi u pinhona g‘alaba bilan va go‘shakni joyiga qo‘ydi.
Aloqa uzildi. Xonada yana o‘sha og‘ir sukunat cho‘kdi. Erkak o‘tirgan joyida qotib qolgan, ko‘z oldida hamon qizning ehtirosli harakatlari gavdalanardi.
— Lanati... Ehtirosimni qo‘zg‘atib, go‘shakni qo‘yib qo‘ydingmi hali? — erkak bo‘g‘ilib so‘kindi.
U ortiq o‘zini jilovlay olmadi. Shartta o‘rnidan turib, charm kurtkasini kiydi. Bir necha soniyadan so‘ng tun bag‘rini mototsikl dvigatelining gumburlagan ovozi titratdi. U yo‘lni qizning manzili tomon burdi.
Jungkook ko‘p qavatli bino oldiga mototsiklini keskin to‘xtatdi. Shlemini yechib, uni egar ustiga tashlar ekan, shoshilgancha ichkariga kirdi. Liftga chiqib, o‘ziga kerakli tugmani bosdi-da, barmoqlarini qarsillatib, hayajon va ehtirosdan chuqur-chuqur nafas oldi. Uning butun vujudi boyagi qo‘ng‘iroqdan so‘ng olov bo‘lib yonardi.
Sakkizinchi qavat, 69-xonadon. U eshik yonida bir lahza to‘xtadi. O‘zi bilan olib kelgan kalitni qulfga tiqdi va hech qanday to‘siqsiz, go‘yo o‘z uyiga kirayotgandek ichkariga kirdi. Xonadagi sokinlik JKni to‘g‘ri yotoqxonaga yetakladi. Ari allaqachon uxlab qolgan, xonada faqat uning tekis nafas olishi eshitilardi.
— Muse... — deb pichirladi Jungkook past ovozda.
U qizning yoniga, yotoq chetiga ohista o‘tirdi. Barmoqlari bilan Arining yuziga tushgan soch tolalarini ehtiyotkorlik bilan qulog‘i orqasiga o‘tkazdi. So‘ng choyshab chetini sekin ochdi — qiz boyagi holatidan keyin yupqa tungi ko‘ylagini kiyib olishga ulgurgan edi. JKning lablarida ma’noli va sovuq miyiq kulgisi paydo bo‘ldi. U egilib, qizning oppoq yelkasidan avval mayin o‘pdi, so‘ng kutilmaganda tishladi.
Ari bu og‘riqli va ehtirosli harakatdan birdan uyg‘onib ketdi. Qarshisida JKning qorong‘ulikda porlayotgan ko‘zlarini ko‘rib, yuragi qinidan chiqib ketayozdi. U o‘rnidan turib, yotoqdan qochib chiqmoqchi bo‘ldi, biroq JKning baquvvat qo‘llari uni mahkam tutib qoldi.
— Tsshhh... hammasi joyida, Muse. Tinchlan... — dedi JK qizning yelkasidan sekin silab, uni qaytadan joyiga o‘tqazar ekan.
— Ho‘p, tinchlandim... Qo‘yib yubor meni! — dedi Ari qo‘rquv va g‘azab aralash titroq ovozda.
— Endi boyagi qilgan qilig‘ing uchun javob berasan, Museim, — JK qizni qo‘yib yubordi va sekin o‘rnidan turib, qizga yuqoridan pastga qaradi.
— Men Ariman! Muse deyishni bas qil! Mening ismim bor, ARI! — qiz har bir harfga urg‘u berib, bor ovozi bilan baqirdi.
JK qizning bu isyonidan zavqlangandek kuldi-da, sekin labini yaladi. Uning nigohlari xonani kezar edi.
— Chiroqlar ko‘zimni qamashtiryapti, ularni o‘chiramiz... Bizga yorug‘lik kerak emas, — dedi u qizning gaplarini mutlaqo pisand qilmay.
— Bas qil, iltimos... Ket bu yerdan! — Ari najot izlab, qo‘lini sekin yotoq yonidagi tortmaga tiqdi.
— Hmm, mana buni izlamayapsanmi, jonginam? — JK qo‘lidagi to‘pponchani qizga ko‘rsatdi.
Arining rangi oqarib, nafasi bo‘g‘ziga tiqildi. Uning butun vujudi titray boshladi.
— Sen haddingdan oshyapsan! Hoziroq ket, yo‘qsa...
— Yo‘qsa Museim meni o‘ldiradi, shundaymi?
JK sovuq kulgancha to‘pponchani o‘qladi, uni otishga tayyor holatga keltirdi-da, to‘g‘ri qizning ko‘ksiga yo‘naltirdi. Ari qo‘rquvdan ko‘zlarini mahkam yumib oldi, hozir o‘lim muqarrardek tuyuldi. Biroq kutilmagan ish sodir bo‘ldi. JK qurolning dastasidan ushlab, uni qizning qaltirayotgan qo‘llariga tutqazdi.
— Qani, ot! — dedi u qat’iyat bilan.
Ari ko‘zlarini ochganida, qarshisida unga tikilib turgan JKni ko‘rdi. Qo‘llari shunchalik qaltirardiki, to‘pponcha har soniyada tushib ketishi mumkindek edi. Birdan xonada dahshatli o‘q ovozi yangradi. O‘q JKning ko‘ksiga borib tegdi, qizil qon bir zumda uning kiyimlarini bo‘yay boshladi.
JK bu holatda ham yuzidagi o‘sha sadoqatli kulgini yo‘qotmadi. O‘q uning tanasini zaiflashtirib, tizzalarini bukdi. U sekin yerga, qizning oyoqlari ostiga o‘tirib qoldi. Ari o‘zini yo‘qotib qo‘ydi, yotoqdan sakrab tushib, to‘pponchani bir chetga otib yubordi va JKning yoniga cho‘kkaladi. Titrayotgan qo‘llari bilan JKning qon oqayotgan jarohatini bosdi. JK esa qizning har bir harakatini, ko‘zidagi yoshini chanqoqlik bilan kuzatardi.
— Muse... — JK qolgan gapini aytishga ulgurmadi.
U bor kuchi va ehtirosini yig‘ib, qizni o‘ziga qattiq tortdi. Ko‘ksidagi o‘lim talvasasidagi og‘riqqa qaramay, Arining lablariga tashnalik bilan yopishdi. Bu balki hayotidagi so‘nggi, balki eng shirin bo‘sa edi...