July 4
𝔓𝔥𝔦𝔩𝔞𝔫𝔡𝔢𝔯𝔢𝔯
•2• episode
Belkuraklarni muzlagan yerga ogʻir sudrab, qorli soʻqmoqlar orqali yogʻoch uycha yoniga yetib kelishgan uch qizning xayolida faqat birgina fikr aylanardi — bu mudhish joydan tezroq juftakni rostlash. Ular qanday kelishgan boʻlsa, hech qanday iz qoldirmay, xuddi shunday pinhona ketishni rejalashtirib qoʻyishgandi.
Ammo taqdir oʻyinini boshlab boʻlgan edi.
Toʻsatdan Artemis boʻynida mayda, ammo keskin ogʻriqli sanchishni his qildi. Xuddi tana aʼzosiga zaharli nina sanchilgandek boʻldi. Bir necha soniya ichida uning koʻzlari xiralashib, borliq aylanib ketdi; u yonidagi Kira va Idaga biror ogʻiz soʻz aytishga yoki vaziyatni tushunishga ulgurmasdan, jonsizdek qor ustiga quladi.
Kira sherigining birdan yerga yiqilganidan hayratga tushib, dahshat ichida uni oʻrnidan turgʻizmoqchi boʻlib endigina egilgan edi hamki, uning ham boʻyniga xuddi shunday narsa kelib urildi. Kira gʻayriixtiyoriy ravishda qoʻlini boʻyniga olib borib, oʻsha mayda ninani sugʻurib oldi va barmoqlari orasidagi narsaga qarab, atrofga alanglashga urindi. Biroq ulgurmadi — miyasiga urgan kuchli uyqu toʻlqini uning ham koʻzlarini mahkam yumishga majbur qildi va u ham hushsiz yerga yiqildi.
Atrofda nimalar boʻlayotganini koʻrib turgan Idani vahima butkul qamrab oldi. U daxshat ichida koʻzlarini katta-katta ochib, atrofga qaradi. Qor gupillab, quyuq boʻlib yogʻayotgani sababli uzoqni koʻrib boʻlmasdi, borliq oq parda ortiga yashiringandi. Ammo Ida bor diqqatini jamlab, oʻzlariga yaqin boʻlgan ulkan daraxtlar tomon qaradi va qalin qor ortida, daraxt soyasida turgan oʻsha tanish qiyofani — Albertni koʻrib qoldi.
Bu Jungkookning eng yaqin yordamchisi, har qanday qora va oq ishlarida birga yuradigan sirdoshi edi.
Albertni koʻrgach, Idani dahshatli haqiqat chirmab oldi va u bor kuchi bilan qarama-qarshi tomonga qarab qochishga urindi. Biroq ulgurmadi. Havoda qisqa hushtaksimon ovoz eshitildi-yu, uning oyogʻiga va yelkasiga ketma-ket oʻq kelib tegdi. Bu oddiy oʻq emas, balki tarkibida oʻta kuchli uyqu dorisi boʻlgan maxsus ninali oʻqlar edi. Dori tanasiga tarqalar ekan, Ida ogʻriqdan, ayozdan va vujudini qoplayotgan karaxtlikdan qaltirab yerga yiqildi. Uning ogʻirlashib borayotgan qovoqlari orasidan oxirgi koʻrgan manzarasi — Albertning qorlarni gʻichirlatib, uning qarshisiga sovuqqonlik bilan qadam bosib kelayotgani boʻldi.
Shu bilan Idani ham koʻzlari butkul yumildi va oʻrmonni qaytadan qabr sukunati qopladi.
Inson aqlli boʻlish uchun baʼzan biroz ahmoqlik qilishi kerak, xuddi shuningdek, atrofidagilar nigohida mukammal bir ahmoqqa aylanish uchun ham insondan anchagina aql va ustamonlik talab etiladi.
Qadimiy uslubda qurilgan koʻp qavatli kvartira. Kichik balkon eshiklaridan kirayotgan mayin shabada xonadagi ehtiros va shiddatli nafaslarni bosolmasdi. Ikki vujud bir-biriga qorishib, ter bosgan tanalar tez-tez va uzuq-uzuq nafas olardi. Bu yerda soniyalar toʻxtab qolgandek, faqatgina tunning ehtirosli pichirlashlari eshitilardi.
Yigit oʻzini asta oʻnglab, qizning ipakdek silliq, yalangʻoch tanasini bagʻriga yaqinroq tortdi. Qorongʻulikda ularning koʻzlari bir-biriga tutashdi — biri tubsiz va oʻtkir, ikkinchisi esa sehrlangan va taslim boʻlgan nigohlar. Lablar yana bir bor qaynoq va shirin boʻsa bilan birlashdi, soʻng ular yana bir-birlariga jim tikilib qolishdi.
— Seni sevaman, Mr. Jeon, — dedi qiz nozlanib, barmoqlari bilan yigitning keng yelkalarini chizib chizarkan.
— Seni sevaman, Ms. Hardenberg! — deya javob qaytardi Jungkook va bu safar qizning qizargan yanogʻiga mayin oʻpich qoldirdi.
Biroq bu lahzalar uzoq davom etmadi. Qiz toʻsatdan yotoqdan turdi-da, yelkalariga shoyi tungi halatini tashlab, shoshib balkonga chiqdi. Uning nigohlarida toʻsatdan paydo boʻlgan gʻam va tushkunlik soya solgandi.
Jungkook yotgan joyidan qoʻllarini boshining ortiga qoʻygancha, uning ortidan qarab gapirdi
— Shu kunlarda biroz oʻychan koʻrinasan. Tinchlikmi?
Qiz tungi havoni ichiga yutib, chuqur nafas oldi va ortiga oʻgirilib Jungkookka qaradi. Uning koʻzlarida havotir bor edi
— Dadam... U sen bilan koʻrishmoqchi! Ammo...
Jungkookning yuzidagi mayinlik gʻoyib boʻldi. U sekin oʻrnidan turdi, qorongʻu xona boʻylab yurib, balkon chetida turgan qizning yoniga bordi. Uning ovozi endi jiddiy va sovuqroq jarangladi
— Dadang bilan uchrashsam, sen bilan ortiq koʻrisha olmayman. Buni oʻzing ham yaxshi bilasan!
— Aynan buni bilganim uchun ham ich-etimni yeb siqilyapman, — qizning ovozi titrab ketdi. — Jungkook, dadam bilan oʻrtangizdagi bu bitmas-tuganmas dushmanlikka nuqta qoʻy, men uchun! Shunda ikkimiz ham hech kimdan qochmay, ochiqchasiga birga boʻlamiz!
— Biz shundoq ham birgamiz, Ida, — dedi Jungkook uning yuziga tushgan sochlarini qulogʻining ortiga oʻtkazib.
— Men bunday yashirinishni emas, keyinchalik toʻyimiz boʻlishini, qonuniy turmush qurishimizni nazarda tutdim! — qiz uning koʻzlariga umid va ichki bir qoʻrquv bilan tikildi. — Turmush quramiz, shundaymi?
— Albatta, — dedi Jungkook qatʼiy ohangda, ammo koʻzlari sovuq edi. — Ammo bu masalada dadang bilan boʻlgan dushmanlikni shunchaki doʻstlik bilan yakunlash mening qoʻlimda emas. Bu juda chuqur ildiz otgan.
Qiz ogʻir xoʻrsindi. Bu javob uni qoniqtirmagan boʻlsa-da, Jungkookning tarovati uni oʻziga tortardi. U oʻzini yigitning keng bagʻriga otdi va uni goʻyo yoʻqotib qoʻyishdan qoʻrqqandek mahkam quchoqladi. Jungkook ham qizning kichik, nozik jussasini bagʻriga bosib, sochlarni silar ekan, qulogʻiga pichirladi
— Merida!
Qiz goʻyo tok urgandek Jungkookni koʻkragidan turtib, oʻzini bir oz uzoqlashtirdi. Yuzida norozilik aks etgandi
— Iltimos, meni Merida dema! Bu ism dadamga yoqadi, menga emas. Men Idaman, faqatgina Ida!
Jungkook labining cheti bilan sirli kulib qoʻydi. Qizning jahli chiqishi unga yoqardi, u asab oʻynashni oʻrniga qoʻyardi
— Merida ham chiroyli ism. Ida esa shunchaki Meridaning qisqartma shakli, shunday emasmi?
Qiz norozi ohangda bosh chayqadi. Keyin nigohlarini yerga qaratib, pichirladi
— Qachon qaytasan? Seni yana qancha kutishim kerak?
Jungkook bilagidagi soatiga koʻz tashladi, soʻng balkonning temir panjaralariga suyanib, uzoqlarga, tong yorishayotgan ufqqa qaradi
— 3-4 haftada... Ammo orada seni juda sogʻinsam, albatta kelaman.
Idaning yuziga qaytadan tabassum yugurdi. U yana yigitga yaqinlashib, uning lablaridan qayta-qayta boʻsa ola boshladi.
Tong otdi.
Quyosh nurlari Italiya koʻchalarini yoritar ekan, Jungkook allaqachon kiyinib, tayyor boʻlgandi. U Ida bilan sovuqqonlik va ehtiros qorishiq tarzda xayrlashdi. Kvartiradan chiqib, pastda kutib turgan qora rangli hashamatli mashinasi tomon yurdi. Eshik oldida uni shaxsiy haydovchisi va ishonchli odami Albert kutib oldi.
Ular ortiqcha gap-soʻzsiz aeroport tomon yoʻl olishdi. Maxsus tayyorlangan xususiy samolyot osmonga koʻtarildi.
"
Bir necha soatlik sokin va zerikarli parvozdan soʻng, samolyot Koreya hududiga kirib keldi.
Jungkook yana Albert bilan birga oʻz uyi tomon ketib borardi. Mashina saloni jim faqatgina gʻildiraklarning tekis ovozi eshitilardi. Albert odatda ortiqcha savol bermas, chegarani yaxshi bilardi. Ammo bu safar uning yuzidagi jiddiylik boshqacha edi. U toʻsatdan oynadan Jungkookga qarab gap boshladi
— Artemis xonim katta qoʻrgʻonda ekanlar.
Jungkook buni eshitib qoshlarini chimirdi. Nigohini telefondan olib, haydovchiga qaradi
— qoʻrgʻonda? Tong sahardan u yerda nima qilyapti u?
— Menga ham hozirgina xabar yuborishdi, Jungkook. Anigʻini bilmayman. Agar ruxsat bersangiz, hozir qoʻngʻiroq qilib surishtiraman.
— Yoʻq, oʻzim qoʻngʻiroq qilaman, — dedi Jungkook
Jungkook avval xotini Artemisning raqamiga qoʻngʻiroq qildi, biroq goʻshak uzoq gudoklardan keyin ham koʻtarilmadi. Ichidagi shubha va gʻashlik ortib, u darhol onasiga Jeon xonimga qoʻngʻiroq qildi. Onasining xavotirli ovozini va gaplarini eshitgach, Jungkookning yuzi oʻzgardi. U telefonni oʻchirib, Albertga qisqa buyruq berdi
— Tezroq hayda. Toʻgʻri qoʻrgʻonga.
Onasining aytishicha, kecha tunda Artemis kutilmaganda zinalardan yiqilib tushgan va oyogʻi qattiq jarohatlangan edi. Buning ustiga, yana bir gap borligini, lekin buni telefonda aytib boʻlmasligini urgulagandi. Jungkookning ichiga gʻulgʻula tushdi, miyasida ming xil fikr aylana boshladi.
Mashina manziliga yetib keldi.
Jungkook mashina toʻxtashi bilan ichkariga shoshib kirib bordi. Katta zalga qadam qoʻyishi bilanoq, uning ogʻzidan chiqqan birinchi soʻz shu boʻldi
— Xotinim qayerda? Nima boʻldi?
Uni birinchi boʻlib kutib olgan onasi Jeon xonim boʻldi. U oʻgʻlining yelkasidan tutib, tinchlantirishga urindi
— Tinchlan, oʻgʻlim. Hammasi yaxshi, xavotirlanma. Shunchaki oyogʻi biroz lat yegan, xolos. U xonasida.
Jungkook onasining gapini oxirigacha eshitmay, Artemis yotgan yotoqxonaga kirdi. Artemis divanda oyoqlarini choʻzib yotar, uning yuzida biroz charchoq boʻlsa-da, Jungkookni koʻrishi bilan koʻzlari quvonchdan porlab ketdi.
— Jungkook! — deya qiz ovozi titrab, qoʻllarini erini quchoqlash uchun keng ochdi.
Jungkook uning yoniga oʻtirib, xotinini sekin va mayinlik bilan bagʻriga bosdi. Uning ovozida chinakam xavotir bor edi
— Oyogʻing yaxshimi? Nega menga darhol xabar bermading? Juda ogʻrimayaptimi?
Artemis jilmaydi. U erining savollariga javob berish oʻrniga, Jungkookning issiq kaftini sekin ushladi va uni oʻzining qorni ustiga qoʻydi. Qizning koʻzlarida yosh qalqidi, lekin bu baxt yoshlari edi.
— Jungkook... Biz... biz yaqinrada ota-ona boʻlar ekanmiz... — Artemis shu gapni pichirlab aytdi.
Jungkook bu gapni eshitib, qotib qoldi. Uning hayratdan qoshlari yuqoriga koʻtarildi, yuragi bir soniyaga urishdan toʻxtagandek boʻldi. Ammo bu hayrat lahzasi oʻrnini darhol cheksiz hislar egalladi. U xotinini har qachongidagidan ham qattiqroq bagʻriga bosdi. Soʻngra sekin undan uzoqlashib, qizning koylagini biroz koʻtardi va uning hali tekis boʻlgan qornini ohista, mehr bilan siladi. Keyin esa oʻsha yerga chuqur, uzoq va muqaddas bir oʻpich qoldirdi.
Ota boʻlish tuygʻusini his qilish... bu shunchaki ajoyib, soʻz bilan tushuntirib boʻlmaydigan darajada daho narsa ekan. Men buni anchadan beri rejalashtirib, hayolan kutib yashayotgan edim. Va nihoyat, menga birinchi boʻlib aynan suyukligim Artemis bu baxtni his qildirdi.
Lakin mening hayotim faqat bitta ayol bilan cheklanib qoladigan darajada oddiy emas. Bir necha soatgina avval suyukli sevgilim Meridamni Italiyada qoldirib, uchib keldim. Ichimda ota boʻlish, naslimni davom ettirish istagi kun sayin olovlanib borayotgani uchun ham oxirgi paytlarda uning yoniga tez-tez boradigan, uni oʻzimga har qachongidan ham qattiqroq bogʻlaydigan boʻlgandim. Har bir uchrashuvimiz xuddi soʻnggisi kabi ehtirosli oʻtardi.
Odamlar bitta odamni sevadi, men esa birdaniga uchta ayolni telbalarcha sevaman. Ularning har birini qalbimda oʻzining alohida oʻrni bor. Ularni bir-biri bilan solishtirib ham boʻlmaydi birining oʻrnini boshqasi hech qachon bosolmaydi. Xotinim — mening uyim, sadoqatim. Merida — mening erkinligim, aqldan ozdiruvchi ehtirosim. Kira esa — mening sof, hali kashf qilinmagan va soʻzsiz itoatkor dunyoyim.
Agar bu dunyoda ahmoqona qonunlar, jamiyatning oʻylab topgan taqiqlari boʻlmaganida edi, men bu uchta goʻzalni bir vaqtning oʻzida, hech ikkilanmay bitta toʻshakka, bitta qoʻynimga kiritgan boʻlardim. Men ularning egasiman, ular esa mening eng qimmatli mulklarim.
Tong sahardan Jungkook odatdagidek uyni tark etib, ishga yoʻl oldi. Koreya noqonuniy kontrabanda klanining rahbari sifatida uning hayoti tinimsiz harakat va xavf-xatardan iborat, qoʻllari deyarli har doim ish bilan band edi. Chegaradan yashirincha kirib kelayotgan yirik tovarlar, mamlakatdan yashirin yoʻllar bilan eksport qilinadigan mollar, bojxona nazoratini aylanib oʻtadigan millionlab dollarlik kelishuvlar — bularning barchasini shaxsan oʻzi nazorat qilishi shart edi. Birgina xato butun imperiyani qulatishi mumkinligini u juda yaxshi bilardi.
Bu cheksiz bosim, uyqusiz tunlar va charchoq uni jismonan ham, ruhan ham yemirib borardi. Ana shunday charchoq va kuchli stress iskanjasida qolganda, Jungkook oʻzini tiklash va tetiklashish uchun qora dori isteʼmol qilardi. Bu zararli odat dastlab shunchaki charchoqni olish uchun boshlangan boʻlsa-da, oxirgi uch yil ichida deyarli avjiga chiqib, boshqarib boʻlmas darajaga yetgandi. Endi u shunchaki ermak emas, balki hayot-mamot masalasi edi.
Uning yonida, kiyimlari choʻntagida yoki mashinasi ichida doim dori tayyor turishi shart edi, aks holda tana aʼzolarini kuchli qaltiroq bosib, Jungkook oʻzini butunlay yoʻqotib qoʻyardi. Miya ishdan toʻxtar, asablar taranglashar va atrofidagilarga nisbatan vahshiy bir gʻazab uygʻonardi. U qora doriga shu darajada qattiq oʻtirib qolgandiki, usiz oʻzining kimligini ham eslay olmaydigan ahvolga kelgandi.
Aslida, mafiya dunyosida hech qachon sogʻlom hayot kechirib boʻlmaydi. Bu qora olamning oʻziga xos qonunlari bor: bu yerda yurganlarning deyarli hammasi yo narkoman, yo piyonista, yo qonxoʻr, yoki allaqachon aqldan ozgan ruhiy kasal hisoblanadi. Shunisi bilan ham bu dunyo "noqonuniy dunyo" deb ataladi. Negaki, har tomonlama sogʻlom, vijdoni va ruhiyati joyida boʻlgan oddiy inson hech qachon bunday iflos, qonli ishlarga qoʻl urmaydi, har soniyada oʻlim bilan yuzma-yuz kelishni tanlamaydi.
Jungkook ham, afsuski, ana oʻsha chirigan tizimning qurbonlaridan biriga aylanib ulgurgandi. Tashqaridan qaraganda qudratli, boy va kelishgan klan rahbari boʻlib koʻrinsa-da, ich-ichidan u allaqachon oʻsha qora dori taʼsirida oʻzligini yoqotgan, qalbini zulmat qoplagan tirik murdalardan biriga aylanib boʻlgandi.
Eʼtiboringiz uchun rahmat. Keyingi qism uchun reaksiya bildirishni unutmang!