April 3, 2020

Masofadan xizmat ko'rsatish servisi haqida

Assalomu alaykum Aziz Vatandoshlar.

Kun davomida ko'pchilik to'qnash keladigan kundalik masalalar orasida kompyuter bilan bo'gliq bo'lgan ishlar tez-tez yuzaga kelib turgan xolatlarda siz uchun keng qamrovli masofadan xizmat ko'rsatish servisini shakllantirdik. Ushbu servisimiz orqali ish joyingizda, o'qish va ijodkorlik sohasimi yoki boshqa kompyuter bilan bitirish kerar bo'lgan vaziyatlar yuzaga kelsa bizlarga murojaat etishingiz mumkin.

barcha offis programmalari, jumladan: word, excel, power point dasturlarida masofadan turib yuzaga kelgan masala va muammolarni echimlari

Qanday echimlarni taklif etamiz?

Umuman olganda masofadan turib bajara oladigan barcha masalalarni hal etamiz. Misol tariqasida Sizda yuzaga kelgan masalalar keltiraylik:

  1. Xisobotlarni elektron xolatda tayyorlash, matnlarni word'da terish, excel bilan bog'liq bo'lgan jadvalli ma'lumotlani tayyorlash va boshqalar.
  2. Zaruriyat tufayli Sizga 3x4 va boshqa o'lchamdagi foto surat kerak bo'lsa Siz telefoningiz orqali rasmga tushib bizga telegram orqali jo'natasiz va sizga foto surat elektron variantini tayyorlab Sizga telegram orqali jo'natib beramiz.
  3. Biror bir periferik qurilma (printer, scanner, web kamera) sotib oldingiz va Sizga ishlatish uchun drayver topish kerak bo'lsa va uni texnik iloji bo'lsa qidirib Sizga jo'natib beramiz.
  4. Biror bir mavzuda referat yoki ma'lumot kerak bo'lsa Sizga internet tarmog'idan qidirib topib beramiz. (albatta texnik iloji bo'lsa)

Biz sizga elektron shakldagi ma'lumotlarni tayyorlab telegram mesengeri orqali Sizga jo'natamiz va ehtiyojingizga qarab o'zingiz yoki ish joyingizdagi printerdan qog'oz variantini chop etib olasiz.

Ro'yxatda ko'rsatilgan vaziyatlarni yanada kengroq yoritib borish mumkin, biroq Siz bizga murojaat etib yuzaga kelgan masala va muammolar yechimini kanalimiz administratoriga murojaat etgan xolda bilib olishingiz mumkin.

Buyurtma berish qay tarzda amalga oshiriladi?

Buyurtma berish va konsultatsiya olish uchun Sizda:

  • Telegram (Plus) messendgeri telefon, planshet yoki shaxsiy kompyuteringizda o'rnatilgan bo'lishi kerak. Alternativ What'sApp ilovasi ham bo'lsa yaxshi. (internet tarmog'iga ulangan bo'lishingiz kerak bo'ladi)
  • Kompyuter, telefon yoki shaxsiy kompyuteringizdagi mavjud muammoni xal etish uchun Internet tarmoqqa ulangan bo'lishingiz kerak. Shu bilan birga TeamViewer ilovasi o'rnatilgan bo'lishi kerak.
  • Telegram kanalimizga a'zo bo'ling. Kanalimizda qo'shimcha Chat tashkil etilgan, bu yerda boshqa ishtirokchilar o'rtasida fikr almashishingiz mumkin
  • Barcha yuzaga kelgan muammo va uning yechimlarini Masofadan Xizmat kanali Chat'i yoki Administratoriga yozma ravishda murojaat etishingiz mumkin.

O'zaro xisob-kitob jarayoni

  1. Administrator yoki kanal Chat'ida mavjud masalani yoritasiz
  2. Siz bilan masalani bitirish mavjudliligi va berilgan muddat ko'rib chiqiladi va kelishiladi
  3. Ushbu buyurtmangizni bajarish narxi kelishiladi
  4. Kelishilgan xizmat haqqi Click yoki boshqa onlayn tizim orqali to'lovni amalga oshirasiz
  5. Kelishilgan muddat ichida buyurtmangizni Telegram orqali qabul qilib olasiz

Shu jarayon bilan Siz va Masofadan xizmat ko'rsatish online servisi o'rtasida kelishuv yakunlanadi va ehtiyojingizga qarab qayta bizga murojaat etishingiz mumkin.