Must va can't modal fe'llarining mantiqiy xulosa ma'nosida qo'llanishi
▪️ Mazkur mavzuda bu modal fe'llarning hozirgi zamonda biror-bir vaziyatdan mantiqiy xulosa (logical conclusion) chiqarishda qoʻllanishini koʻrib chiqamiz.
1️⃣ must modal fe'li hozirgi va oʻtgan zamonda ishonch bilan biror voqea-hodisa aniq sodir bo'lishi yoki bo'lganligini bildirish uchun qoʻllaniladi. Bunday vaziyatda must '-sa kerak' deb tarjima qilinadi va faqat darak shaklda qoʻllaniladi.
▫️ Hozirgi zamon uchun shakli: Ega + must + V1
▫️ Hozirgi davomiy zamon uchun shakli: Ega + must be + Ving
🔸It's 4 oʻclock and you haven't eaten anything since morning. You must be hungry. (Soat toʻrt boʻlibdi va siz ertalabdan buyon hech harsa yemadingiz. Siz och boʻlsangiz kerak.)
🔸Sara knows a lot about films. She must go to the cinema a lot. (Sara kinolar haqida koʻp narsa biladi. U kinoga koʻp borsa kerak.)
🔸You must be joking ! No-one enjoys taking exams. (Siz hazillashayotgan boʻlsangiz kerak! Hech kim imtihon topshirishdan zavqlanmaydi.)
2️⃣ Hozirgi zamonda biror-bir vaziyatdan mantiqiy xulosa chiqarishda can modal fe'li inkor shaklida qoʻllaniladi. Bunday vaziyatda can't '-masa kerak -ishi mumkin emas' deb tarjima qilinadi va faqat inkor shaklda qoʻllaniladi, chunki xulosa inkor hisoblanadi.
▫️ Hozirgi zamon uchun shakli: Ega + can't + V1
▫️ Hozirgi davomiy zamon uchun shakli: Ega + can't be + Ving
🔸You have just had lunch. You can't be hungry already. (Siz hozirgina ovqatlandingiz, siz och boʻlishingiz mumkin emas.)
🔸It's 11 oʻclock. Ann said that she would be here by 10.30. She can't be coming. (Soat oʻn bir boʻlibdi. Anna oʻn yarimda kelaman degan edi. U kelmayotgan boʻlsa kerak.)
🔸They can't be getting married! They have never liked each other. (Ular turmush qurayotgan boʻlishlari mumkin emas. Ular hech qachon bir-birini yoqtirishmagan.)
3️⃣ Oʻtgan zamonda must modal fe'li biror bir voqeadan '-gan boʻlsa kerak' deb boʻlishli xulosa chiqarishda qoʻllaniladi va quyidagi qurilmani hosil qiladi.
▫️ O'tgan zamon uchun shakli: Ega + must have + V(ed)
▫️ O'tgan davomiy zamon uchun shakli: Ega + must have been + Ving
🔸Your test results are high. You must have studied very hard. (Sizning test natijalaringiz yuqori, siz juda qattiq tayyorlangan boʻlsangiz kerak.)
🔸Jack didn't answer the phone yesterday. He must have been sleeping.
🔸He was very tired. He must have been working hard all day. (U qattiq charchagan edi. U kuni bilan tinmasdan ishlagan bo'lsa kerak)
4️⃣Oʻtgan zamonda biror voqeadan '-magan boʻlsa kerak, -ishi mumkin emas edi' deb inkor xulosa chiqarishda quyidagi qurilma qoʻllaniladi.
▫️ O'tgan zamon uchun shakli: Ega + can't have + V(ed)
▫️ O'tgan davomiy zamon uchun shakli: Ega + can't have been + Ving
🔸She passed me in the street without speaking. She can't have seen me. (U koʻchada meni yonimdan gapirmasdan oʻtib ketdi, u meni koʻrmagan boʻlsa kerak.)
🔸Tom walked straight into the wall. He can't have been looking where he was going.
🔸The driver can't have seen the red light that's why the accident happened. (Haydovchi qizil chiroqni ko'rmagan bo'lsa kerak, shuning uchun yo'l hodisasi sodir bo'ldi)
Muallif: Khamdambek Atajanov
O’zbekiston Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Masofaviy ta’lim" Telegram kanali.