May 11, 2020

Biologiya. Maxsus test 3-son

1. Sigillyariya va inastranseviya uchun umumiy bo‘lmagan xususiyatlarni tanlang.

1) hujayra qobig‘ining mavjudligi; 2) biogen migratsiyada ishtirok etishi; 3) eukariot organizm ekanligi; 4) sitokinezning sodir bo‘lish usuli; 5) oziqlanish usuli; 6) oziq zanjirida joylashgan o‘rni; 7) aerob usulda nafas olishi; 8) spermatozoidlarning harakatchan bo‘lishi.

A) 1, 2, 6, 7

B) 3, 4, 5, 7

C) 2, 6, 7, 8

D) 1, 4, 5, 8

2. Berilgan o‘simlik navlari va ularga xos poya turlarini juftlang.

a) tik o‘suvchi; b) yoyilib o‘suvchi; c) ilashuvchi.

1) qorago‘zal; 2) “Sanzor”; 3) “Vatan”; 4) qozi dastor; 5) qirmizi; 6) “Nimrang”.

A) a-2, 3; b-4; c-1

B ) a-4; b-1, 3; c-5, 6

C) a-2, 4; c-1, 5

D) a-4; b-5; c-2

3. Kallakcha xilidagi to‘pgul hosil qiladigan oila(lar)ni toping.

1) qovoqdoshlar; 2) ra’nodoshlar; 3) tokdoshlar; 4) burchoqdoshlar; 5) sho‘radoshlar; 6) moychechakdoshlar.

A) 2, 3, 5

B) faqat 4

C) 1, 4, 6

D) 2, 5, 6

4. Magnoliyasimonlar sinfiga mansub o‘simliklarni belgilang.

A) xolmon, tuxumak

B) o‘sma, tak-tak

C) na’matak, baliqko‘z

D) izen, boychechak

5. Bir uyli (a) va ikki uyli (b) o‘simliklarni ko‘rsating.

1) Turkiston ismalog‘i; 2) makkajo‘xori; 3) tol; 4) gazanda; 5) baobab daraxti; 6) qarag’ay; 7) funariya; 8) terak.

A) a-2, 6, 7; b-1, 3, 4, 8

B) a-3, 6, 8; b-1, 2, 3, 5

C) a-1, 2, 7, 8; b-2, 4, 5

D) a-1, 3, 5; b-2, 4, 6, 8

6. Kitsimonlarga xos umumiy xususiyatlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.

1) hidni yaxshi sezmaydi; 2) dumi yordamida suzadi; 3) harakatida orqa suzgichi katta rol o‘ynaydi; 4) oldingi suzgichlari yordamida suzadi; 5) tishlari bo‘lmaydi, mo‘ylovlari osilib turadi; 6) yil davomida migratsiya qiladi.

A) 2, 3, 5

B) 2, 4, 5, 6

C) 1, 2, 4

D) 1, 2, 5, 6

7. Yuragi to‘rt kamerali va oshqozoni ikki kamerali hayvon zotlarini aniqlang.

1) Nyugempshir; 2) Yaroslav; 3) Bushuyev; 4) Plimutrok; 5) Santa-Gertruda; 6) Kornuel; 7) Gereford; 8) Shortgorn; 9) Zagorsk; 10) Kostroma.

A) 1, 4, 6, 9

B) 4, 6, 8, 9

C) 5, 8, 9, 10

D) 2, 3, 5, 7

8. Qisqichbaqasimonlar bilan oziqlanuvchi umurtqasiz hayvonlar qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

1) chuchuk suv gidrasi; 2) daryo qisqichbaqasi; 3) manta; 4) aureliya; 5) nereida; 6) osminog; 7) ninachi lichinkasi; 8) tulen.

A) 1, 4, 6

B) 2, 5, 7

C) 3, 6, 7, 8

D) 1, 6, 7

9. Hayvonlarning harakatsiz (a) va harakat-chan (b) birikkan tana qismlarini belgilang.

1) bronza qo‘ng‘izining qorin bo‘limi ko‘krak bo‘limi bilan; 2) baqaning umurtqa pog‘onasi kalla suyagi bilan; 3) tuyaqush qovurg‘asining uchlari ko‘krak umurtqasi bilan; 4) toshbaqaning ko‘krak umurtqasi orqa kosasi bilan; 5) toshbaqalarning bo‘yin va dum umurtqalari o‘zaro; 6) baqaning orqa oyoq kamari suyaklari o‘zaro; 7) zog‘ora baliq umurtqa pog‘onasi kalla suyagi bilan; 8) sutemizuvchilarning bel umurtqalari o‘zaro; 9) kaltakesakning umurtqa pog‘onasi kalla suyagi bilan; 10) butli o‘rgimchak ustki jag‘lari birinchi bo‘g‘imining tirnoqsimon o‘simtasi.

A) a-1, 4, 7, 9, 10; b-2, 3, 5, 6, 8

B) a-2, 4, 5, 7, 10; b-1, 3, 6, 8, 9

C) a-1, 5, 6, 8, 10; b-2, 3, 4, 7, 9

D) a-1, 4, 6, 7; b-2, 3, 5, 8, 9, 10

10. Nozema va qoramol tasmasimon chuvalchangi uchun umumiy bo‘lgan javobni belgilang.

A) tanasi kutikula bilan qoplangan

B) hazm organlari rivojlanmagan

C) umurtqalilarda parazitlik qiladi

D) oraliq xo‘jayinga ega

11. Ikkinchi signal tizimiga tegishli bo‘lgan javoblarni tanlang.

1) to‘tiqushning iboralarni takrorlashi; 2) insho yozish; 3) kitob o‘qish; 4) bolaning yig‘lashi; 5) uch yoshli bolaning 2000 ta so‘z aytishi.

A) 1, 4

B) 1, 5

C) 1, 2, 3, 4

D) 2, 3

12. Asadbek 25 yoshda. Uning suyakka aylan-gan kalta naysimon suyaklari (faqat qo‘llar hisobga olinsin) odam umurtqa pog‘onasidagi kifoz hosil qilgan suyaklar miqdoriga nisbatini aniqlang.

A) 28/34

B) 14/17

C) 7/9

D) 38/17

13. Shamollash, o‘pkaning zotiljam kasalligi, ichburug‘, ichterlama kabilarning asorati tufayli kelib chiqadigan kasallik qaysi?

A) ensefalit

B) ganglionit

C) miyelit

D) meningit

14. Bola bir yoshdan ikki yoshga kirguncha chiqadigan tishlar soni katta yoshli sog‘lom odamning qaysi tishlar soniga teng.

A) aql tishlar va qoziq tishlar

B) qoziq tishlar va katta oziq tishlar

C) kichik oziq tishlar va aql tishlar

D) kurak tishlar va katta oziq tishlar

15. Quyidagi keltirilgan markaziy nerv sistemalaridan qaysilari shartsiz reflekslar hosil bo‘lishida ishtirok etadi?

1) oraliq miya; 2) o‘rta miya; 3) bosh miya yarimsharlar po‘stlog‘i; 4) orqa miya; 5) miyacha; 6) uzunchoq miya.

A) 1, 2, 4, 6

B) 1, 2, 4, 5, 6

C) 2, 3, 5, 6

D) 1, 4, 5, 6

16. Ko‘p terlash qaysi holatlarda kuzatilishi mumkin?

1) tiroksin gormoni normadan ko‘p sintezlanganda; 2) issiq urganda; 3) kesson kasalligida; 4) gipovitaminoz A.

A) 1, 2, 3

B) 1, 2

C) 1, 2, 4

D) 2, 4

17. Hujayrasida xloroplastlari bo‘lgan eukariotlarni zararlaydigan prokariotlarni belgilang.

1) vertitsil; 2) nozema; 3) gommoz qo‘zg‘atuvchisi; 4) zang zamburug‘i; 5) agrobakterium; 6) leyshmaniya.

A) 1, 6

B) 3, 4

C) 3, 5

D) 1, 2

18. Monoduragay chatishtirishda belgilarning ajralishini sitologik asoslari nimadan iborat?

A) meyoz jarayonida xromosomalar konyugatsiyalashib, o‘xshash qismlarini almashinishi

B) meyoz natijasida gomologik xromosomalar tarqalishi va gaploid jinsiy hujayralarining hosil bo‘lishi

C) meyoz jarayonida konyugatsiya va krossingover jarayonlarining kuzatilmasligi

D) ota va ona organizmlar genotipining gomozigota holatda bo‘lishi

19. Modifikatsion o‘zgaruvchanlik keltiradigan javoblarni aniqlang.

1) melanin pigmenti to‘planishi tufayli terining qorayishi; 2) suvi serob va suvi kam tuproqda o‘sgan o‘simliklarning turlicha bo‘lishi; 3) odatdagiga nisbatan yirik quyon; 4) nilufargulda suv osti va ustidagi barglari har xil shaklda bo‘lishi; 5) qoramtir qayin odimchi kapalagining paydo bo‘lishi; 6) suv yong‘og‘ida suv osti va ustidagi barglarning bir xil shaklda bo‘lishi.

A) 2, 3, 5

B) 1, 4, 6

C) 2, 5, 6

D) 1, 2, 4

20. Karamda (n = 9) meyoz siklining interkinez bosqichidagi xromatidlar sonini aniqlang.

A) 18

B) 27

C) 36

D) 6 

21. Quyidagi keltirilgan olimlar va ularga tegishli ma’lumotlarni juftlang.

1) ekologiya tushunchasini fanga kiritdi; 2) biosfera haqida to‘liq ta’limotni yaratdi; 3) ekosistema tushunchasini fanga kiritdi; 4) biogeotsenoz tushunchasini fanga kiritdi.

a) E. Gekkel; b) V.I. Vernadskiy; c) V.N. Sukachyov; d) A. Tensli; e) E. Zyuss.

A) 1-c; 2-b; 3-d; 4-a

B) 1-d; 2-a; 3-b; 4-c

C) 1-a; 2-b; 3-d; 4-c

D) 1-b; 2-a; 3-c; 4-d

22. Hasharotxo‘rlar turkumiga kiruvchi organizmlar to‘g‘ri keltirilgan javobni toping.

1) vixuxol; 2) plakoxelis; 3) tritsopetops; 4) kutora; 5) kabarga; 6) yelik; 7) krot; 8) tipratikan.

A) 1, 2, 4, 7, 8

B) 1, 4, 7, 8

C) 2, 3, 4, 7

D) 5, 6, 8

23. Quyidagi keltirilgan qaysi misollar divergensiya hodisasiga mos kelmaydi?

1) turdan qoramol sersut zotlarining yaratilishi; 2) tarpandan ot zotlarining yaratilishi; 3) oddiy va xaltali krotning tashqi tomondan o‘xshashligi; 4) kojan va chug‘urchuqning oldingi oyoqlari qanot hosil qilishi; 5) dengiz toshbaqasi va tulenda oyoqlari suzgich kurakka aylanganligi; 6) karam navlarining yovvoyi karam turidan kelib chiqishi.

A) 3, 5, 6

B) 1, 2, 6

C) 3, 4, 5

D) 1, 3, 4

24. DNK fragmentida 222 ta adenin nukleotidi mavjud bo‘lib, umumiy nukleotidlarning 10% ini tashkil qilishi ma’lum. Shu fragmentda restriktaza fermenti yordamida ishlov berilgan-dan so‘ng adenin-timin juftligi 9,91% ga, guanine-sitozin juftligi esa 25% ga kamaydi. Dastlabki va ishlov berilgandan so‘ng DNK fragmentining uzunligini (nm) toping.

A) 377,4; 294,44

B) 1110; 377,4

C) 754,8; 588,88

D) 377,4; 866

25. Sho‘raguldoshlar (a), soyabonguldoshlar (b) buk (c) va epifit (d) lar qaysi biogeografik viloyatda tarqalgan?

A) a-Neoarktik; b-Neoarktik; c-Paleoarktik; d-Habashiston

B) a-Paleoarktik; b-Neotropik; c-Avstraliya; d-Neoarktik

C) a-Neotropik; b-Paleoarktik; c-Habashiston; d-Hindomalay

D) a-Paleoarktik; b-Paleoarktik; c-Neoarktik; d-Habashiston

26. Atmosferada kislorodning miqdori 20% gacha yetgan eraga tegishli bo‘lgan ma’lumot keltirilgan javobni aniqlang.

A) bo‘g‘imoyoqli hayvonlarning ayrim guruhlari havo bilan nafas olishga o‘tishi tufayli dastlabki hasharotlar rivojlangan

B) o‘rmonlarning qisqarishi bilan ba’zi odamsimon maymunlar ochiq yerda yashashga majbur bo‘lgan

C) o‘simliklar fotosintetik faoliyati natijasida atmosferadagi karbonat angidiridni o‘zlashtirib kislorod chiqargan

D) hozirgi vaqtda yashab turgan toshbaqa va kaltakesaklarning ajdodi shu erada paydo bo‘lgan

27. Suvarak spermatogenezining yetilish davri birinchi bo‘linishida hosil bo‘lgan hujayralarning biriga 20 ta ona organizm xromosomasi o‘tdi. Ikkinchi hujayraga nechta ota organizm xromosomasi o‘tadi?

A) 4 ta

B) 20 ta

C) 24 ta

D) 22 ta

28. Quyonlarda jun rangining kulrang bo‘lishi dominant B va D genlarining komplementar ta’siriga bog‘liq. B geni mustaqil holda jun rangining qora bo‘lishini ta’minlaydi. D geni esa B geni ishtirokida junning rangli bo‘lishini ta’minlaydi. Lekin B geni ishtirokisiz junning rangli bo‘lishini ta’minlay olmaydi. Shuning uchun genotipda dominant gen D bo‘lsa ham quyonlar oq junli bo‘ladi. Shu genlarning retsessiv allellari yig‘indisi ham jun rangining oq bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Ikki kulrang quyonni chatishtirib 68 ta kulrang, 55 ta qora va 18 ta oq quyon olindi. Ota-ona genotipini aniqlang.

A) BBDD x BbDd

B) BBDd x BBDd

C) BbDd x BbDd

D) BbDd x BbDD

29. Organizmlarning o‘zaro ijobiy bog‘lanishlari keltirilgan javobni belgilang.

A) sinoykiya, kommensalizm

B) o‘zaro raqobat, mutualizm

C) hamsoyalik, hamtovoqlik, antogonizm

D) mutualizm, kommensalizm, neytralizm

30. Sitoskeletga xos ma’lumotlarni ko‘rsating.

1) hujayra shaklini belgilaydi; 2) hujayra ichki tizimi harakatini ta’minlaydi; 3) tayanch tuzilma; 4) o‘z-o‘zidan ko‘paya oladigan organoid; 5) yuksak o‘simlik va suvo‘tlarda uchramaydi; 6) yadro qobig‘i va membrana bilan zich birikkan; 7) o‘simliklarda ferment markazidan hosil bo‘ladi; 8) ikkita silindr shaklidagi tanacha; 9) sentriola ham deyiladi.

A) 2, 4, 8, 9

B) 1, 3, 6, 9

C) 4, 5, 7, 8

D 1, 2, 3, 6

Tuzuvchi: Ravshan Meliqo'ziyev

O’zbekiston Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Masofaviy ta’lim" Telegram kanali.

https://t.me/masofatalim