Zoologiya darsligidagi umumiy raqamlar, o'xshashliklar yuzasidan yopiq test
1. Bachadonga ega umurtqasiz hayvonlarni (kamida 2 ta) yozing.
2. Jinslar nisbati 1:1 bo‘lmagan hayvonlarni (kamida 3 ta) yozing.
3. 7-sinf zoologiya darsligida ikkita joyda 60 raqami keltirilgan. Ular keltirilgan ma’lumotlarni yozing.
4. 7-sinf zoologiya darsligida 3 ta joyda Kavkaz keltirilgan. Bu bilan bog‘liq
ma’lumotlarni yozing.
5. 7-sinf zoologiya darsligiga ko‘ra, yuragi to‘rt kamerali, lekin tanasida aralash qon
oqadigan hayvon turkumga mansub kamida beshta hayvonning nomini yozing.
6. Qaysi hayvonlarni daraxtlar ildizi ostidan topish mumkin (2 ta hayvon)?
7. O‘simliklarning ildizini yeydigan hayvonlarni (kamida 2 ta) yozing.
8. O‘simliklar bargi bilan oziqlanadigan (kamida 3 ta) hayvon yozing.
9. 7-sinf zoologiya darsligida 3 ta joyda 70 raqami keltirilgan. Bu bilan bog‘liq
ma’lumotlarni yozing.
10. 7-sinf zoologiya darsligiga ko‘ra, Ustyurtda ikkita hayvonni topish mumkin.
Bu hayvonlar qaysi?
11. 7-sinf zoologiya darsligida bitta joyda 25 raqami keltirilgan. Bu bilan bog‘liq
ma’lumotni yozing.
12. O‘simliklarning tugunagi bilan oziqlanadigan (kamida bitta) hayvon yozing.
13. 7-sinf zoologiya darsligida 5 ta joyda bakteriya so‘zi keltirilgan. Bu bilan bog‘liq
ma’lumotlarni yozing.
14. Yon chiziqlari so‘zi 7-sinf zoologiya darsligida ikkita hayvonda keltirilgan. Yon
chiziqqa ega o‘sha ikkita hayvonni yozing.
15. 7-sinf zoologiya darsligida bitta joyda 800 raqami keltirilgan. U bilan bog‘liq
ma’lumotni yozing.
16. 7-sinf zoologiya darsligida ikkita joyda 300 raqami keltirilgan. U bilan bog‘liq
ma’lumotlarni yozing.
17. 7-sinf zoologiya darsligida ikkita joyda 120 raqami keltirilgan. U bilan bog‘liq
ma’lumotlarni yozing.
18. Quyidagi rasmda butli o‘rgimchakning ichki tuzilishi keltirilgan. Bu rasmdan
o‘rgimchakning traxeyasini belgilang.
19. 7-sinf zoologiya darsligida erkaklik (♂) va urg‘chilik (♀) belgilari bitta hayvon
bilan bog‘liq ma’lumot keltirilgan rasmda berilgan. Bu belgilar aynan qaysi hayvon
haqida gapirilayotganda yozilganini toping.
20. Sumatra orolidan topish mumkin bo‘lgan hayvon va o‘simlik nomini
(botanika va zoologiyada keltirilgani bo‘yicha) yozing.
21. 7-sinf zoologiya darsligida 50 raqami bitta joyda joyda keltirilgan. Bu bilan
bog‘liq ma’lumotni yozing (Jahon bo‘yicha har yili 50 mln tonna baliq ovlanadi, degan
ma’lumotdan tashqari! Sababi bu yerda 50 emas, 50 mln, deyilgan. 50 raqamining o‘zi
bo‘lishi shart!)
22. 7-sinf zoologiya darsligi asosida bahor va yoz, deb keltirilgan ma’lumotlarni
(kamida 3 ta) yozing.
23. 7-sinf zoologiya darsligida keltirilgan nomida sariq so‘zi mavjud hayvonlarni
(9 ta) yozing.
24. Oshqozoni ikki kamerali umurtqasiz hayvonning ayirish sistemasi nimadan
iborat?
25. 7-sinf zoologiya darsligida 75 raqami keltirilgan bitta ma’lumot bor. Bu qayerda
keltirilgan?
26. 7-sinf zoologiya darsligida 100 raqami keltirilgan (kamida 5 ta) ma’lumot yozing
(100 raqamining o‘zi, 100 ming, 100 tonna, 100-150, degan ma’lumotlar o‘tmaydi!)
27. Baliqlar nomi hayvonot olamidagi qaysi sitematik birlikni anglatadi?
28. 7-sinf zoologiya darsligida 5 ta joyda konussimon so‘zi kelgan. Bu bilan bog‘liq
shu 5 ta ma’lumotni yozing.
29. 7-sinf zoologiya darsligiga ko‘ra, jarliklardan topish mumkin bo‘lgan
hayvonlarni (kamida 3 ta) yozing.
30. 7-sinf zoologiya darsligida faqat bitta joyda 700 raqami keltirilgan. Bu raqam
bilan bog‘liq ma’lumotni yozing.
Ravshan Meliqo'ziyev tayyorladi
O’zbekiston Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Masofaviy ta’lim" Telegram kanali.