May 19, 2020
Qon aylanish sistemalari
Yomg'ir chuvalchangi
- yopiq qon aylanish sistemasiga ega;
- 1 ta doirada qon aylanadi;
- yuragi rivojlanmagan.
Molluskalar tipi: chuchuk suv shillig’i
- ochiq qon aylanish sistemasi;
- ilk bor yurak rivojlangan;
- yuragi 2 kamerali: bitta bo’lma va bitta qorincha;
- yuragida faqat kislorodli – arterial qon oqadi;
Molluskalar tipi. Ikki pallalilar sinfi: baqachanoq
- ochiq qon aylanish sistemasi;
- ilk bor yurak rivojlangan;
- yuragi 2 kamerali: bitta bo`lma va bitta qorincha;
- yuragida faqat kislorodli – arterial qon oqadi;
Bo’g’imoyoqlilar tipi. Qisqichbaqasimonlar sinfi: daryo qisqichbaqasi
- ochiq qon aylanish sistemasi;
- yuragi 3 juft teshikli: tana bo’shlig’idan yurakka qon kiradi;
- yuragida faqat kislorodli – arterial qon oqadi;
Bo’g’imoyoqlilar tipi. O'rgimchaksimonlar sinfi.
- ochiq qon aylanish sistemasi;
- yuragi 3 juft teshikli: tana bo’shlig’idan yurakka qon kiradi;
- yuragida faqat kislorodli – arterial qon oqadi;
- ketma-ketligi: tana bo’shlig’i – o'pka va traxeya – yurak – tana bo’shlig’i.
Xordalilar tipi. Boshskeletsizlar kenja tipi, lansetniklar sinfi
- yopiq qon aylanish sistemasiga ega;
- 1 ta doirada qon aylanadi;
- yuragi rivojlanmagan;
Xordalilar tipi. Boshskeletsizlar kenja tipi, baliqlar
- yopiq qon aylanish sistemasiga ega;
- 1 ta doirada qon aylanadi;
- yuragi 2 kamerali;
- yuragida karbonat angidridli – venoz qon oqadi;
Xordalilar tipi. Boshskeletlilar kenja tipi: amfibiyalar va reptiliyalar sinfi
- yopiq qon aylanish sistemasiga ega;
- 2 ta doirada qon aylanadi;
- yuragi 3 kamerali;
- yurak qorinchada aralash qon oqadi;
- chap bo'lmachada arterial qon oqadi;
- o'ng bo'lmachada venoz qon oqadi;
Xordalilar tipi. Boshskeletlilar kenja tipi: qushlar va sutemizuvchilar sinfi
- yopiq qon aylanish sistemasiga ega;
- 2 ta doirada qon aylanadi;
- yuragi 4 kamerali;
- yuragining chap qorinchasida arterial qon oqadi;
- yuragining o'ng qorinchasida venoz qon oqadi;
- yuragining chap bo'lmasida arterial qon oqadi;
- yuragining o'ng bo'lma venoz qon oqadi;
- ketma-ketligi, katta qon aylanish doirasi: - chap qorincha – aorta – organlar arteriyalari – organ – kovak venalar – yurak o'ng bo'lmasiga;
- ketma-ketligi, kichik qon aylanish doirasi:
- o'ng qorincha – o'pka arteriyasi – o'pka – o'pka venasi – yurak chap bo'lmasiga.
Izoh:
- aorta yo`nalishi chapga burilgan: sutemizuvchilar;
- aorta yo'nalishi o'ngga burilgan: qushlar.
Odam yuragining tuzilishi va undagi jarayonlar bo'yicha:
Muallif: Muslimbek Hakimov
O’zbekiston Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Masofaviy ta’lim" Telegram kanali.