Third Conditional (Uchinchi toifadagi shart ergash gaplar)
▪️ Mazkur shart ergash gaplar oʻtgan zamondagi haqiqatga toʻg'ri kelmaydigan, hayoliy vaziyatlar va ish-harakatlar uchun qoʻllaniladi. Shartning noreal ekanligini koʻrsatish uchun vaziyat yoki ish-harakat oʻtgan zamonga taalluqli boʻlsa ham, if qatnashgan gap uzoq oʻtgan zamonda (Past Perfect Simple yoki Past Perfect Continuous tense) beriladi.
▪️ Odatiy qurilmasi:
▫️ IF + Past Perfect simple tense, EGA + would/should+have +V3(ed)
🔸 If I had known there was no more work to do, I would have stayed in bed. (Agar men u yerda qiladigan ish qolmaganligini bilganimda edi, men yotoqda yotgan boʻlardim)
🔸If they hadn't called the police in time, the thieves would have escaped. (Agar ular politsiyani o'z vaqtida chaqirishmaganida, o'g'rilar qochib ketishgan bo'lishardi)
💡Umumiy qoidaga ko'ra, mazkur toifadagi ergash shart gaplarda uzoq o'tgan davomiy zamon (Past perfect continuous) yoki (could have+V3(ed) modal fe'li ham qo'llanishi mumkin, asosiy gapda esa o'tgan zamon ma'nosidagi (could/might have +V3(ed) modal fe'llari bo'lishi mumkin.
🔸If he had been travelling in that car, he could have been killed too.
🔸If the ambulance had come sooner, they might have saved him.
▪️ Yuqoridagi gaplarda if qatnashgan gap tarkibida oʻtgan zamon payt ravishlari boʻlsa ham (yesterday, that day, then) noreal vaziyat boʻlgani uchun uzoq oʻtgan zamon qoʻllaniladi.
🔸If he had come to the party yesterday, I would have been glad.
⚠️ Second va Third Conditional qurilmasidagi gaplar hozirgi (kelasi) va oʻtgan zamondagi vaziyatni tasvirlasa ham, ular noreal vaziyatlarga nisbatan qoʻllanilgani sababli har doim fe'llarni bir zamon orqaga surish lozim, ya'ni hozirgi zamon uchun oʻtgan zamon, oʻtgan zamon uchun uzoq oʻtgan zamon qoʻllash lozim.
🔸If he were here now, he would show us the city. (U bu yerda emas va shaharni koʻrsata olmaydi)
🔸If he had come to the party yesterday, I would have been glad. (U ziyofatga kelmadi..)
⚠️Yana bir e'tibor qilinadigan jihat - bu mazkur gaplarning mazmuni bilan bog'liq, ya'ni noreal gaplarda vaziyat askincha sodir bo'lgan bo'ladi.
🔸If he had come to the party yesterday, I would have been glad. (U ziyofatga kelmadi..)
Muallif: Khamdambek Atajanov
O’zbekiston Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Masofaviy ta’lim" Telegram kanali.