June 6, 2020

Ingliz tilida fe'lning noaniq shakllari (gerundiy)

▪️ Ingliz tilida gerundiy (gerund) - bu fe'lga -ing qoʻshimchasi qoʻshilgan fe'l shaklidir. Fe'lga -ing qoʻshimchasi qoʻshilganda, u endi ot (noun)ga o'xshab qoʻllanila boshlaydi. Masalan, to smoke -chekmoq fe'lidan gerundiy hosil qilamiz: to smoke (fe'l)- smoking (gerundiy).
🔸Smoking is bad for you. (Chekish siz uchun zararli)

▪️ Gerundiyni oʻzbek tilidagi harakat nomi sifatida tushunish mumkin. Gerundiy gapda ega, toʻldiruvchi va boshqa gap boʻlaklari sifatida qoʻllanishi mumkin.

✳️Gerundiy qoʻllanishi mumkin boʻlgan holatlar:

1. Gapda ega yoki kesim sifatida keladi:
🔸Smoking is bad for you. (ega)
🔸Seeing is believing.(ega va kesim)

2. Ba'zibir fe'llardan keyin toʻldiruvchi sifatida (enjoy/like/suggest/can't stand+gerund…):
🔸Do you enjoy cooking?
🔸I can't stand being told what to do.

3. Predlogdan (koʻmakchidan) keyin qoʻllaniladi:
🔸She is very good at listening to people.
🔸Why did you take my bike without asking?
🔸He improved his English by reading books in the original.

4. Ba'zibir ibora va birikmalardan keyin (it is no use/it is no good/it's worth/be busy/have difficulty/have fun…+gerund)
🔸It's no use worrying about it. There is nothing you can do.
🔸You should go and see the film. It's really worth seeing.
🔸When I saw Tom, he was busy washing his car.
🔸I had difficulty finding a place to live.

5. How about/what about…? birikmalaridan keyin taklif kiritish uchun:
🔸How about going out for a meal tonight?
🔸What about me(my) coming to see you tomorrow?

✳️ Gerundiy ham aslida fe'l boʻlgani uchun uning inkor shaklini hosil qilish mumkin. Bunday hollarda gerundiy oldidan not soʻzi qoʻllaniladi. Inkor shakldagi gerundiy oʻzbek tiliga -maslik qoʻshimchasi bilan tarjima qilinadi.
🔸It's nice not being at work. (Ishda boʻlmaslik yaxshi)
🔸When I am on holiday, I enjoy not having to get up early. (Ta'tildaligimda erta turish shart emasligidan zavqlanaman.)

✳️ Agar gerundiy bilan ifodalangan ish-harakat tugallangan yoki ancha oldin sodir boʻlganligini koʻrsatmoqchi boʻlsak, Perfect Gerund -having+V3(ed) qoʻllaniladi. Bunday holat to admit/deny/regret fe'llaridan keyin uchraydi.
🔸He admitted having stolen the money. (U pulni o'g'irlaganini tan oldi)
🔸They regret having got married.
🔸She denied having drunk alcohol. (U spirtli ichimlik ichganini tan olmadi)

t.me/masofatalim

Muallif: Khamdambek Atajanov

O’zbekiston Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Masofaviy ta’lim" Telegram kanali.

https://t.me/masofatalim