May 25, 2020

have something done qurilmasi (causatives)

1. Ingliz tilida majhul nisbatga oʻxshash yana bir qurilma mavjud boʻlib, u oʻzbek tilidagi orttirma nisbat mavzusiga mazmunan toʻg'ri keladi. Bu qurilmaga binoan ish - harakatni gapning egasi bajarmaydi, balki boshqa bir shaxsga bajartiradi.
▫️ Qurilmasi: Ega + have + something+ V3(ed) ▫️ Qiyoshlash uchun misol:
🔸Jill repaired the roof. (Jil tomni tuzatdi ….oʻzi)
🔸Jill had the roof repaired. (Jil tomni tuzattirdi, ya'ni usta kelib, tomni tuzatdi.)

⚠️Yuqoridagi misolda koʻrinyaptiki, bu qurilmada shaxsga va zamonga qarab tuslanadigan qism to have fe'lidir. Bu qurilma deyarli hamma zamonlarda qoʻllanadi va modal fe'llardan keyin ham kela oladi. Eng asosiysi, to have fe'li va fe'lning uchinchi shakli orasida har doim toʻldiruvchi boʻlishi shart.
🔸Tom is having his hair cut. (Tom sochini tekislatmoqda)
🔸Jill has just had a central heating installed. (Jil hozirgina markaziy isitish tizimi o'rnattirdi -Present Perfect simple zamonida qoʻllanishi)
🔸You should have your eyes tested. (Ko'zlaringni tekshirtirishing kerak - modal fe'l should dan keyin qoʻllanishi)
🔸How often do you have your car serviced? (Present Simple tense zamonida qoʻllanishi)
🔸I don't like having my photograph taken. (gerundiy sifatida ifodalanishi)

2. Yuqorida koʻrib oʻtilgan misollarda biz biror shaxsga oʻz xohishimizga koʻra biror ishni bajartiramiz degan ma'no chiqyapti. Lekin ba'zan ish-harakat bizning xohishimizga qarshi, biz xohlamasak ham sodir boʻlishi mumkin.
🔸Tom had all his money stolen on the train. (Tom hamma pulini poyezdda oʻg'irlatdi - Albatta, Tom bu ishni birovga bajartirmagan, lekin shu ish uning xohishiga qarshi boʻlsa ham, sodir boʻldi)
🔸Tom had his nose broken in the fight last night. (Kecha tundagi urushda Tomning burnini sindirishdi)

3. Orttirma nisbatni yana boshqa qurilmalar orqali ma'noda ozgina oʻzgarish bilan qoʻllash mumkin. Bu qurilmalar quyidagilardir:
▫️Ega+ get/want+something V3(ed) ▫️get smth done - ish - harakat oldindan rejalashtirib yoki tayinlanib bajartirilganini bildiradi.
🔸I got my car serviced yesterday. (Kecha mashinamni tuzattirdim…rejalashtirgan edim va tuzattirdim)
▪️want smth done - ish- harakatni bajartirishni xohlashimizni bildiradi.
🔸I want my car serviced, please. (Mashinamni tuzattirishni xohlayman.)

t.me/masofatalim

Muallif: Khamdambek Atajanov

O’zbekiston Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Masofaviy ta’lim" Telegram kanali.

https://t.me/masofatalim