Introduction to Active and passive voice (Aniq va majhul nisbatdagi gaplarga kirish darsi)
1. Ingliz tilida asosiy ikkita nisbat mavjud boʻlib, ish-harakatning bajaruvchisi gapda ega boʻlib qatnashgan gaplar (active voice-aniq nisbat) va ish-harakatning bajaruvchisi noma'lum yoki ikkinchi darajaga tushib qolgan (passive voice-majhul nisbat) nisbatdagi gaplardir.
2. Majhul nisbatlarda ish-harakat bajaruvchisi noma'lum boʻladi yoki ikkinchi darajaga tushib qoladi. Qiyoslash uchun misol:
🔸Tom cleans the room every day. (Tom har kuni xonani tozalaydi….ish-harakatning bajaruvchisi, ya'ni Tom gapning egasi va ish-harakat bajaruvchisi aniq - aniq nisbat)
🔸The room is cleaned every day. (Xona har kuni tozalanadi….ish-harakatning bajaruvchisi gapda noma'lum - majhul nisbat)
⚠️Yuqoridagi misoldan ma'lum boʻladiki, majhul nisbatdagi gaplarda ish-harakatning bajaruvchisiga emas, bajarilishiga asosiy e'tibor qaratiladi.
3. Barcha majhul nisbatdagi gaplarda to be + V3 (ed) qurilmasi boʻlishi shart. Bu yerda to be fe'li shaxsga va zamonga qarab oʻzgaradigan qism, V3 (ed) shakli esa oʻzgarmas qism hisoblanadi.
🔸Football is played all over the world.
🔸Latin was taught at universities in the Middle Ages.
🔸We will be taught Japanese next year.
⚠️Eslatma: DTM tomonidan tuziladigan testlarning ba'zilarida gaplarni aniq nisbatdan majhul nisbatga oʻgirish misollari beriladi. Buning uchun aniq nisbatdagi gap quyidagi shartlarga javob bera olishi lozim.
✅Gapdagi fe'li oʻtimli (transitive) boʻlishi lozim.
✅Gapda toʻldiruvchi (object) qatnashgan boʻlishi lozim.
💡Fe'lning oʻtimli yoki oʻtimsiz ekanligini lug'atlardan bilib olishingiz mumkin. Oʻtimli fe'llar toʻldiruvchi talab qiladi va qarshisiga [T], oʻtimsiz fe'llar toʻldiruvchi talab qilmaydi va qarshisiga [I] belgisi qoʻyiladi.
✅Oʻtimli fe'llarga misollar: to read, to bring, to kill, to tell…
✅Oʻtimsiz fe'llarga misollar: to cry, to rain, to sleep, to nod off
4. Aniq nisbatdagi gapni majhul nisbatga o'girishga misol:
Bunda aniq nisbat gapdagi toʻldiruvchi majhul nisbatdagi gapda ega oʻrniga chiqadi.
🔸Tom cleans the room every day. ( Tom -gapning egasi, the room - toʻldiruvchi)
🔸The room is cleaned every day. (The room - gapning egasi)
▪️Yuqorida aytib oʻtilganidek aniq nisbatdagi gapda toʻldiruvchi boʻlmasa yoki fe'l oʻtimsiz boʻlsa, bu gapdan majhul nisbat hosil qilib boʻlmaydi.
🔸It's raining. (Yomg'ir yog’moqda.)
🔸He came. (U keldi)
5. Majhul nisbatdagi gaplarda ish-harakatni qabul qiluvchi predmet yoki shaxs gapning egasi sifatida qoʻllanilgani bois, ish- harakatning bajaruvchisi ikkinchi darajaga tushib qoldi. Ish-harakatning bajaruvchisi kimligini bildirish uchun by - tomonidan soʻzini qoʻllashimiz mumkin.
🔸Tom watered the flowers. (Tom gullarni sug'ordi-aniq nisbat)
🔸The flowers were watered by Tom. (Gullar Tom tomonidan sug'orildi - majhul nisbat)
Muallif: Khamdambek Atajanov
O’zbekiston Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Masofaviy ta’lim" Telegram kanali.