be+going to+fe'l qurilmasining kelajak zamonni ifodalash uchun ishlatilishi

▪️ Mazkur qurilma kelajakda bajarilishi rejalashtirilgan (qaror) qilingan ish-harakatlar uchun qoʻllaniladi. Oʻzbek tiliga eng maqbul tarjima -moqchi qoʻshimchasini asosiy fe'lga qoʻshish hisoblanadi.
🔸Jim is going to buy a new house next month. (Jim keyingi oyda uy sotib olmoqchi)

▪️Qo'llanish shakli
▪️Positive form:

🔸I am going to work.
🔸He/she/it is going to work.
🔸We/you/they are going to work.

▪️ Negative form:
🔸I am not going to work.
🔸He/she/it is not going to work.
🔸We/you/they are not going to work.

▪️ Question form:
🔸Am I going to work?
🔸Is he/she/it going to work?
🔸Are we/you/they going to work?

▪️ Qoʻllanish holatlari:

1️⃣ Kelajak zamonda bajarilishi niyat qilingan va oldindan rejalashtirilgan ish-harakatlar uchun qoʻllaniladi.
🔸A: There is a film on television tonight. Are you going to watch it?
B: No, I'm too tired. I am going to have an early night.
🔸I am going to paint the door white tomorrow.
🔸She has won a lot of money and she is going to travel round the world.

⚠️ going to+V1 qurilmasi kelajak zamon payt ravishlarisiz, faqat qarorni bildirib kelishi ham mumkin.
🔸A:Why are you filling the bucket with water? (Nimaga chelakni suv bilan toʻldiryapsan?)
B: I am going to wash the car. (Men mashinani yuvmoqchiman)

2️⃣ Oʻtgan zamonda was/were going to+V1 qurilmasi rejalashtirilgan (qaror qilingan), lekin amalga oshmagan ish-harakatlar uchun qoʻllaniladi.
🔸I was going to buy a car but I changed my mind and bought a house. (Men mashina sotib olmoqchi edim, lekin fikrimni oʻzgartirdim va uy sotib oldim.)
🔸We were just going to cross the road when someone shouted “Stop”.

3️⃣ going to+V1 qurilmasi vaziyatdan kelajakda sodir boʻlishi aniq boʻlgan ish-harakatlar uchun qoʻllanishi mumkin. Bu holatda hozirgi vaziyat bizni kelajakda biror voqea boʻlishi aniqligiga ishontiradi.
🔸There are a lot of black clouds in the sky and the wind is blowing heavily. It is going to rain.
🔸Look! That man is going to fall into the hole.

⚠️ Rejalarni (qarorni) ifodalashda hozirgi zamon davom fe'li (present continuous tense) ham qoʻllanishini bilamiz. Bu yerda going to +V1 qurilmasi va hozirgi zamon davom fe'lining asosiy farqi rejaning qanchalik aniqligidadir. Reja aniq belgilangan boʻlsa, hozirgi zamon davom fe'li, faqatgina qaror yoki niyat ifoda qilinganda going to +V1 qurilmasi qoʻllanadi.
🔸 I am flying to New York next week. (I have bought a ticket and packed all necessary things.)
🔸 I am going to fly to New York next week. (I have not bought a ticket, but I have decided to buy.)

▪️ Bundan tashqari rejaga kirmaydigan ish-harakatlar mavjud. Ular faqat qaror yoki niyatni bildiradi va bu holatlarda faqatgina going to +V1 qurilmasi qoʻllanilishi mumkin.
🔸A:Why are you filling the bucket with water?
B: I am going to wash the car.
🔸What colour are you going to paint the wall?

▪️ Ingliz tilidagi go/come/leave/arrive fe'llari bilan ham going to +V1 qurilmasi, ham hozirgi zamon davom fe'lining kelajak ma'nosi qoʻllana oladi, ya'ni
🔸He is going to go to Moscow yoki He is going to Moscow.

⚠️Biroq bunday vaziyatlarda koʻproq hozirgi zamon davom fe'li bilan qoʻllanilgan qurilma afzal koʻriladi.
🔸 He is going to Moscow next week.

t.me/masofatalim

Muallif: Khamdambek Atajanov

O’zbekiston Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Masofaviy ta’lim" Telegram kanali.

https://t.me/masofatalim