Present Perfect simple tense va Past simple tense zamonining farqlanishi
▪️ Present Perfect simple tense zamonining qo'llanishi:
1️⃣ Hozirga aloqador bo'lgan tugallangan ish-harakatni bildiradi.
🔸My car is clean. I have washed it.
2️⃣ Aniq vaqt berilmagan tugallangan ish-harakatni bildiradi.
🔸I have been to the USA twice.
3️⃣ Holat fe'llari bilan ish-harakat qachondan beri davom etayotgani, hozirga aloqasi borligini bildiradi.
🔸I have known Bill for 5 years. And we are still friends.
4️⃣ Yaqinda (hozirgina) bo'lib o'tgan yangi voqealar to'g'risida ma'lumot berish uchun qo'llaniladi. Bu voqea qanday holda, qachon sodir bo'lib o'tganligini bildirish uchun esa Past simple tense qo'llaniladi.
🔸A: Oh! I have burnt myself!
B: How did you do that?
A: I touched a hot dish.
▪️ Past Simple tense zamonining qo'llanishi
1️⃣ Hozirga aloqasi bo'lmagan tugallangan ish-harakatni bildiradi.
🔸I washed the car yesterday. (It may be or may not be clean now)
2️⃣ O'tgan zamondagi aniq vaqtda tugallangan ish-harakatni bildiradi.
🔸I went to the USA in 1991 and in 1996.
3️⃣ Ish-harakatni qachon sodir bo'lganligi, hozirga aloqasi yo'qligini bildiradi.
🔸I met Bill 5 years ago.
4️⃣ Tarixda bo'lib o'tgan ish-harakatlar uchun qo'llaniladi.
🔸Mark Twain wrote The Adventures of Tom Sawyer.
Muallif: Khamdambek Atajanov
O’zbekiston Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Masofaviy ta’lim" Telegram kanali.
Kanalga ulanish:
https://t.me/masofatalim