will/shall yordamchi fe'llarining istak, xohish, taklif, iltimos qilish uchun ishlatilishi
▪️ Bu yordamchi fe'llarning kelajak zamonni ifodalash vazifasidan tashqari oldindan rejalashtirilmagan va nutqning oʻzidayoq qabul qilingan qarorlar uchun qoʻllanish holatlari koʻp uchraydi.
🔸A: Oh, I've left the door open. (O, men eshikni ochiq qoldiribman.)
B: Don't worry. I will go and shut it. (Tashvishlanmang. Men borib uni yopaman.)
🔸You look very tired. I will make you some coffee. (Siz charchagan ko'rinasiz. Sizga kofe tayyorlab beraman.)
▪️ Yuqoridagi qoidani qanday vaziyatlarda oʻrganib chiqamiz va bu vaziyatlarda will va shall yordamchi fe'llarining ishlatilishiga e'tibor bering.
1️⃣ Biror ish qilishga rozi boʻlganimizda:
🔸A: You know that book I lent you. Can I have it back?
B: Of course. I will bring it back this afternoon.
2️⃣ Biror ish qilishdan bosh tortganda:
🔸I've asked John to help me but he won't (help…) (Men Jondan yordam so'radim, lekin u yordam bermoqchi emas)
3️⃣ Biror ish qilishga va'da berganimizda:
🔸I promise I'll phone you as soon as I arrive.
4️⃣ Biror ish qilishni taklif qilganimizda:
🔸That bag looks heavy. I'll help you with it.
5️⃣ Biror ish qilishni iltimos qilganimizda:
🔸Will you shut the door, please?
6️⃣ shall yordamchi fe'li so'roq gaplarda I va we shaxslari bilan qoʻllanilib, taklif qilish, maslahat soʻrash uchun qoʻllaniladi.
🔸Shall I close the window? It is a bit cold.
🔸What shall we do? We got lost.
🔸What do you think I shall do?
⚠️Yuqorida berilgan qoidalar zamonlar qoʻllanilishiga xos boʻlmasa ham, zamonlar mavzusi ichida beriladi. Ba'zibir mualliflar will/shall yordamchi fe'llarining bu ma'nolarini modal ma'no sifatida hisoblaydilar va darsliklarda will/shall modal fe'llar sifatida berilsa hayron boʻlmang.
Endi esa reja, qaror va niyatni ifodalashda uchta fe'l qurilmasining farqini tahlil qilamiz.
1️⃣ Present continuous tense: aniq belgilangan qaror yoki rejani bildiradi.
🔸I am flying to New York next week.
2️⃣ going to +V1: oldindan qabul qilingan qarorni bildiradi, lekin hali aniq belgilanmagan boʻlishi mumkin.
🔸I am going to buy a new car next year.
3️⃣ will+V1: nutqning oʻzida qabul qilingan, oldindan rejalashtirilmagan qarorni bildiradi:
🔸You look tired. I will make you some tea.
🔸Thank you for lending me the money. I will pay you back on Friday.
💡 Bilib qoʻygan yaxshi 👌
▪️'shall' yordamchi fe'li yuridik matnlar va shartnomalarda (rasmiy hujjatlarda) uchinchi shaxslarning huquq va majburiyatlarini ifodalash uchun ishlatiladi. Bu vaziyatlarda shall modal fe'l sifatida ishlatilib barcha shaxslar bir xil qo'llaniladi.
🔸The hirer shall be responsible for the maintenance of the vehicle. (Ulovning umumiy holati uchun ijaraga oluvchi javobgar hisoblanadi)
🔸The buyer shall pay remaining amount of the money not later than five days after the goods are delivered. (Sotib oluvchi mahsulot yetkazib berilganidan keyin besh kundan kechiktirmasdan qolgan pul summasini to'laydi.)
💡Umumiy mazmundagi matnlarda esa bunday vaziyatlarda will/should/must modal fe'llari ishlatiladi.
Muallif: Khamdambek Atajanov
O’zbekiston Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Masofaviy ta’lim" Telegram kanali.