May 6, 2020

Biologiya. Maxsus test 1-son

1. Hayotiy shakli ko‘p yillik o‘t bo‘lgan, yonbargchali o‘simliklarni belgilang.

1) o‘tloq sebargasi; 2) xarduma; 3) yantoq; 4) na’matak; 5) terakbargli liftok; 6) qulupnay.

A) 1, 3, 6

B) 2, 5, 6

C) 1, 4, 5

D) 1, 2, 4

2. Baobab daraxtiga mos kelmaydigan sistematik birlikni toping.

A) magnoliyasimon

B) magnoliyatoifa

C) ochiq urug‘li

D) gulxayridosh

3. Quyidagi nomi keltirilgan o‘simliklarni ahamiyatiga ko‘ra juftlab ko‘rsating.

1) dorivor gulxayri; 2) cherkez; 3) sachratqi; 4) bosh piyoz; 5) qora ituzum; 6) na’matak.

a) oshqozon-ichak kasalliklarini davolash; b) mevasi “C” darmondorisiga boy; c) fitonsidlarga boy; d) yo‘talga qarshi ishlatiladi; e) qon bosimini tushiradi; f) avitaminozni davolashda foydalaniladi.

A) 1-a; 2-f; 3-d; 4-b; 5-e; 6-c

B) 1-d; 2-e; 3-a; 4-c; 5-b; 6-f

C) 1-e; 2-d; 3-a; 4-c; 5-f; 6-b

D) 1-d; 2-e; 3-f; 4-b; 5-a; 6-c

4. Ko‘plab meva va urug‘ beradigan, urug‘i o‘txo‘r hayvonlarning oziqlanish organlarida hazm bo‘lmaydigan o‘simlikka tegishli xususiyatni toping.

A) fototrof organizm hisoblanadi

B) Magnoliyasimonlarga mansub, ildizpoyali, ko‘p yillik o‘simlik

C) urug‘i suv o‘tkazmaydigan qobiqqa ega

D) barglari metamorfozga uchrab, so‘rg‘ich hosil qilgan

5. Quyidagi keltirilgan organizmlardan qaysilarida bachadon mavjud?

1) giyena; 2) vixuxol; 3) xo‘roz; 4) yelik; 5) qoramol tasmasimon chuvalchangi; 6) aktiniya; 7) cho‘chqa tasmasimon chuvalchangi; 8) opossum; 9) o‘rdakburun; 10) yexidna.

A) 4, 7, 10

B) 6, 8, 10

C) 1, 3, 9

D) 1, 2, 5

6. Laylaklarga xos to‘g‘ri ma’lumotlarni toping.

1) muhofaza qilinmaydi; 2) Osiyo laylaklari Afrikada qishlaydi; 3) oyoqlari va tumshug‘i uzun; 4) baqa, sichqon va kaltakesaklar bilan oziqlanadi; 5) tuxumdan chiqqan jo‘jasining ko‘zi yumuq, quloq teshigi yopiq bo‘ladi; 6) soni kamayib ketgan; 7) Yevropa laylaklari Shimoliy Hindistonda qishlaydi; 8) foydali qush.

A) 3, 4, 6, 8

B) 1, 2, 4, 7

C) 2, 3, 5, 8

D) 1, 2, 3, 7

7. Sun’iy (a) va tabiiy (b) partenogenez kuzatiladigan umurtqali hayvonlarni juftlab ko‘rsating.

1) gulmoy; 2) tustovuq; 3) yonsuzar; 4) biy; 5) tovushqon; 6) so‘na.

A) a-3, 4, 5; b-2

B) a-1; b-2

C) a-2, 5; b-1, 4, 6

D) a-1, 6; b-3

8. Cho‘l toshbaqasi bilan oziqlanadigan organizmning turkumdan yuqori sistematik birligi bir xil bo‘lgan hayvonlar keltirilgan javobni toping.

A) kanna, yelik, koala

B) kuropatka, kivi, emu

C) gornastoy, yelik, kabarga

D) iguana, los, vixuxol

9. Quyidagi keltirilgan organizmlarning qaysilarida ♀ va ♂ belgilari bir organizmda rivojlanadi?

1) makkajo‘xori; 2) Sharq sauri; 3) askarida; 4) jigar qurti; 5) Turkiston ismalog‘i; 6) qarag‘ay; 7) bolalar gijjasi; 8) bitiniya; 9) exinokok; 10) dafniya.

A) 2, 3, 7, 10

B) 1, 5, 6, 8

C) 4, 6, 8, 9

D) 2, 3, 9, 10

10. Bronza qo‘ng‘izining qaysi og‘iz organlari bir juftdan paypaslagichlar bilan ta’minlangan?

A) yuqori jag‘ va yuqori lab

B) yuqori va pastki jag‘

C) pastki lab va pastki jag‘

D) yuqori va pastki lab

11. Neyrogliya hujayrasiga xos bo‘lgan xususiyatlarni aniqlang.

1) orqa miya va bosh miya nerv hujayralari atrofida joylashgan; 2) nerv tugunlari atrofida joylashgan; 3) uzun akson va kalta dendrit o‘simtasiga ega; 4) nerv tolalari deyarli bir xil uzunlikda; 5) o‘simtalari tananing barcha to‘qima, organlariga boradi; 6) bir hujayrani atrofida boshqa hujayralar bilan bog‘lab turadi; 7) nerv hujayralarini oziqlantiradi.

A) 1, 3, 5, 7

B) 2, 4, 6

C) 1, 4, 6, 7

D) 1, 4, 7

12. Orqa miyaning yuqori uchi boshlanadigan (1), konus shaklida tugaydigan (2), ip shaklida boshlanadigan (3), ipning uchi tugaydigan (4) joyini ko‘rsating.

a) 1-bo‘yin umurtqasi; b) 3-bo‘yin umurtqasi;

c) 5-ko‘krak umurtqasi; d) 1-2 bel umurtqasi;

e) 3-bel umurtqasi; f) 3-dumg‘aza umurtqasi;

g) umurtqa pog‘onasining dum qismi.

A) 1-a; 2-c; 3-d; 4-g

B) 1-b; 2-e; 3-f; 4-g

C) 1-a; 2-d; 3-d; 4-g

D) 1-a; 2-d; 3-e; 4-f

13. Ko‘krak qafasini tashkil qiladigan suyaklarning nechtasini kalta g‘ovak (a) va uzun g‘ovak (b) suyaklar tashkil etadi?

A) a-24; b-13

B) a-12; b-25

C) a-12; b-27

D) a-26; b-13

14. Enterit yuzaga keladigan a’zoga tegishli javobni belgilang.

A) asosan, suv va mineral tuzlar so‘riladi

B) jigarda ishlangan o‘t suyuqligi doimo quyilib turadi

C) askarida parazitlik qiladi

D) ovqat moddalari pepsin ta’siriga uchraydi

15. Sog‘lom qizning jnsiy hujayrasidagi jinsiy xromosomalar (a), teri hujayrasidagi autosomalar (b), voyaga yetmagan eritrotsitlardagi autosomalar (c), nerv hujayrasidagi jinsiy xromosomalar (d) va jinsiy xromosomasidagi autosomalar (e) sonini ko‘rsating.

A) a-1; b-44; c-22; d-2; e-22

B) a-1; b-44; c-44; d-2; e-22

C) a-2; b-46; c-44; d-1; e-23

D) a-1; b-23; c-0; d-22; e-44

16. Agar ayolning urug‘langan tuxum hujayrasida 44 ta autosoma va bitta Y xromosoma bo‘lsa, ya’ni X xromosoma yetishmasligi qaysi tanlanishga misol bo‘ladi (a) va agar ayolda 44 ta autosoma va bitta X xromosoma bo‘lsa, qaysi kasallik (b) vujudga keladi?

A) a-dizruptiv tanlanish; b-Shershevskiy-terner sindromi

B) a-stabillashtiruvchi tanlanish; b- Klaynfelter sindromi

C) a-harakatlantiruvchi tanlanish; b-Klaynfelter sindromi

D) a-stabillashtiruvchi tanlanish; b-Shershevskiy-terner sindromi

17. Sigirquyruq hujayrasining quyidagi tuzilmalarida qanday jarayonlar ro‘y berishini juftlab ko‘rsating.

1) uglevod sintezi; 2) transkripsiya; 3) ATF sintezi; 4) translyatsiya; 5) achish.

a) mitoxondriya; b) sitoplazma; c) xloroplast; d) silliq endoplazmatik to‘r; e) ribosoma; f) yadro.

A) 1-c; 2-f; 3-a; 4-b; 5-a, c

B) 1-d; 2-b; 3-c; 4-f; 5-a

C) 1-c, d; 2-f; 3-a, c; 4-e; 5-b

D) 1-d; 2-e; 3-a, c; 4-f; 5-b

18. BbccXHXh genotipli organizmning fenotipini toping.

A) kaltabarmoqli, albinos, gemofiliya bo‘yicha tashuvchi ayol

B) qora sochli, besh barmoqli, gemofiliya bo‘yicha kasal ayol

C) polidaktiliya, malla sochli, qo‘yko‘z ayol

D) to‘lqinsimon sochli, sepkilli, gemofiliya bo‘yicha sog‘lom ayol

19. Urg‘ochi kaptarning somatik hujayrasida autosomalar soni 68 ta bo‘lsa hamda embrional rivojlanishning maydalanish bosqichida zigotada 3 marta ekvotorial, 4 marta meridinal bo‘linishi kuzatilgan bo‘lsa, hosil bo‘lgan blastomerlardagi jami birikish guruhlari soni va urg‘ochi kaptar tuxum hujayrasida xromosomalar holati qanday bo‘ladi?

A) 4480; 34 ta autosoma, faqat bitta X jinsiy xromosoma

B) 8960; 68 ta autosoma, 2 ta jinsiy xromosoma

C) 8969; 35 ta autosoma, bitta Y xromosoma

D) 4480; 34 ta autosoma, 1 ta X yoki Y jinsiy xromosoma

20. Qaysi jarayonlar mitozga asoslangan?

1) ko‘p hujayrali organizm to‘qimalarining tuzilishi va funksional doimiyligi; 2) zigotaning maydalanishi; 3) hayvonlarda birlamchi jinsiy hujayralarning ko‘payishi; 4) avlodlar almashinuvi davomida kariotipning doimiyligi; 5) sporalilarda kuzatiladigan shizogoniya; 6) gametogenezning uchinchi bosqichi; 7) ovogenezda yo‘naltiruvchi tanachalarning hosil bo‘lishi.

A) 1, 2, 3, 5

B) 1, 2, 3, 4, 5

C) 2, 5, 6, 7

D) 1, 5, 6

21. Simbioz gipotezasiga ko‘ra, quyidagi hujayra organoidlarining kelib chiqishi haqida qanday taxminlar mavjud?

1) mitoxondriya; 2) xloroplastlar; 3) yadro; 4) endoplazmaik to‘r; 5) lizosoma; 6) golji majmuasi; 7) vakuola.

a) xo‘jayin hujayraning DNKsi bilan bog‘liq; b) aerob prokariotlardan; c) mustaqil kelib chiqishga ega prokariot hujayra sifatida paydo bo‘lgan; d) yadro membranalaridan; e) endoplazmatik to‘r va golji majmuasidan.

A) 1-c, d; 2-c, d; 3-b; 4-d; 5-e; 6-d; 7-e

B) 1-a, d; 2-b, d; 3-c; 4-a; 5-e; 6-d; 7-d

C) 1-b, d; 2-c; 3-a; 4-d; 5-e; 6-d; 7-e

D) 1-b, c; 2-c; 3-a; 4-d; 5-e; 6-d; 7-e

22. Avlodida 26, 52 xromosomali turlar uchraydigan o‘simlikning istiqbolli navlari keltirilgan javobni toping.

A) AN-402, Sanzor, Namangan-34

B) Omad, Buxoro-9, Buxoro-102

C) Toshkent-1, Yulduz, Samarqand-3

D) Toshkent-1, Toshkent-2, Toshkent-3

23. Simpatrik (a) va allopatrik (b) yo‘nalishida-gi turlar paydo bo‘lishiga misollarni ko‘rsating.

1) g‘o‘za avlodining bo‘r davrida alohidalashgani; 2) Lanao ko‘lida yonsuzar qisqichbaqaning bir ajdodidan 250 ta yangi turning paydo bo‘lishi; 3) Sirdaryoda yashovchi soxta kurakburun baliq turning paydo bo‘lishi; 4) Baykal ko‘lida boshqa joyda uchramaydigan molluskalarning ko‘p bo‘lishi.

A) a-2; b-1, 3, 4

B) a-2, 4; b-1, 3

C) a-1, 2, 4; b-3

D) a-3; b-1, 2, 4

24. Neotropik biogeografik viloyatida tarqalgan, yuragi to‘rt kamerali, oshqozoni ikki bo‘lmali hayvonlarni aniqlang.

1) And kondori; 2) lama vikunya; 3) iguana; 4) kazuar; 5) kolibri; 6) vixuxol; 7) nandu; 8) kabarga; 9) yelik; 10) Magellan pingvini.

A) 2, 3, 6, 9

B) 1, 2, 4, 8, 10

C) 3, 5, 6, 8

D) 1, 5, 7, 10

25. Biosfera evolutsiyasining noogenez davriga xos ma’lumotlarni ko‘rsating.

1) faqat biologik qonuniyatlar asosida kechadi; 2) dastlabki tirik organizmlar energiyani glikoliz natijasida to‘plagan; 3) insoniyat jamiyati paydo bo‘lishi bilan bog‘liq; 4) inson ongi va mehnat faoliyati natijasida davom etadi; 5) birlamchi biosfera paydo bo‘lgandan hozirgi zamon odami paydo bo‘lguncha davom etgan; 6) 40 – 50 ming yil avval boshlanib hozirgacha davom etmoqda.

A) 1, 3, 5

B) 2, 5, 6

C) 1, 2, 5

D) 3, 4, 6

26. Kitning (a) va otning (b) rudiment organlarini ko‘rsating.

1) ikkinchi va to‘rtinchi barmoqlari; 2) ko‘richak o‘simtasi; 3) yo‘l-yo‘l chiziqlar; 4) dumg‘aza suyaklari; 5) jag‘ tishlari; 6) oyoq suyaklari.

A) a-1, 3, 4; b-2

B) a-2, 5, 6; b-1, 3

C) a-4, 6; b-1

D) a-6; b-1

27. Fiziologik mezonga mos keladigan misol qaysi qatorda keltirilgan?

A) kanalarning tanasi yassi oval shaklida bo‘lib bo‘limlarga bo‘linmaganligi

B) yo‘rg‘a tuvaloq tuproq ustidagi chuqurchaga bir nechta tuxum qo‘yib bosib yotishi

C) ishchi arilar yuqori jag‘lari yordamida mumdan katak yasashi

D) shahar va qishloqlardagi binolarning yog‘ochlik qismiga turkiston termiti in qurishi

28. DNK molekulasining bitta zanjirida 90 ta adenin bor. Shu DNK molekulasi fragmentidan transkripsiyalangan i-RNK zanjiridagi guaninlar soni DNK molekulasining o‘sha zanjirdagi adeninlar sonidan 17 marta ko‘p. RNK molekulasidagi adeninlar soni undagi umumiy nukleotidlarning 17% ini tashkil etadi. RNK molekulasi zanjiridagi sitozinlar soni uratsillar sonidan 3 marta ko‘p. DNK molekulasidagi nukleotidlar sonini toping.

A) 2277

B) 2727

C) 4554

D) 4500

29. Tovuqlar oyog‘ida pat bo‘lishi ikki juft noallel gen tomonidan belgilanib, nokumulyativ polimer tipda irsiylanadi. Agar genotipda dominant gen bo‘lsa, tovuq oyog‘ida pat hosil bo‘ladi. Retsessiv holda bo‘lsa, pat hosil bo‘lmaydi. Oyog‘ida pati yo‘q tovuq dominant digomozigotali patli xo‘roz bilan chatishtirilganda F1 da 120 ta, F2 da 1120 ta jo‘ja olindi. F2 da genotipik sinflarning necha foizida oyog‘ida pat bo‘ladi?

A) 93,79%

B) 6,25%

C) 75%

D) 88,(8)%

30. Toshko‘mir davrida ro‘y bergan yirik aramarfozlarni ko‘rsating.

1) ko‘poyoqlilar va dastlabki hasharotlar rivojlangan; 2) uchuvchi hasharot - suvaraklar, ninachilar rivojlangan; 3) sudralib yuruvchilar sinfi vakillari paydo bo‘lgan; 4) ochiq urug‘li o‘simliklar paydo bo‘lgan; 5) suvda hamda quruqlikda yashovchilarning dastlabki turlari vujudga kelgan.

A) 1, 3

B) 2, 4

C) 2, 4, 5

D) 1, 3, 4

Tuzuvchi: Ravshan Meliqo‘ziyev

O’zbekiston Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Masofaviy ta’lim" Telegram kanali.

https://t.me/masofatalim