Past simple va Past continuous tense qo'llanish holatlari

1️⃣ Oʻtgan zamon davom fe'li (past continuous tense) qo'shma gaplarda oʻtgan zamondagi biror ish-harakat bilan qoʻllaniladi.
🔸Tom hurt his arm while he was playing his last game. (Tom oxirgi oʻyinini oʻynayotganda qo'lidan jarohat oldi)

💡Yuqoridagi vaziyatda oʻtgan zamonda bir ish-harakat davom etib turgan (while he was playing…) paytda boshqa bir ish-harakat boʻlib oʻtganligi (Tom hurt his arm) koʻrsatilgan. Bunday vaziyatlarda tugallangan ish-harakat uchun oddiy oʻtgan zamon (past simple tense), davomiy ish-harakat uchun oʻtgan zamon davom fe'li (past continuous tense) qoʻllanadi.

2️⃣ Oʻtgan zamonda ish-harakatlar ketma-ket sodir boʻlganini ifodalashda faqat oddiy oʻtgan zamon (past simple tense) qoʻllaniladi.
🔸He opened the door, entered the room, found the paper and read it. (U eshikni ochdi, xonaga kirdi, hujjatni topdi va uni oʻqidi.)
🔸When we heard the fire alarm, we rushed to the door. (Biz yong'in signalini eshitishimiz bilan eshikka yugurdik)

3️⃣ Oʻtgan zamonda ikkala ish-harakat bir vaqtning oʻzida davom etib turgan boʻlsa, ikkala ish-harakat uchun ham oʻtgan davomiy zamon (past continuous tense) qoʻllaniladi.
🔸Nina was playing the guitar while Jack was reading a book. (Jek kitob oʻqiyotganida Nina gitara chalayotgan edi)

💡Yuqoridagi misollarda vaziyatni ko'z oldimizga keltirib fe'llarni toʻg'ri zamonda qoʻyish mumkin. Misol uchun bir gap tahlili bayon etiladi.
🔸He … (fall) off the ladder while he … (paint) the ceiling.
(fall - yiqilmoq, paint - boʻyamoq). Ko'z oldimizga keltirsak, odatda biror ish qilayotganimizda yiqilib tushishimiz mumkin, demak, fall fe'li - oddiy oʻtgan zamonda, paint fe'li - oʻtgan zamon davom fe'lida qoʻllaniliishi lozim.
🔸He fell off the ladder while he was painting the ceiling. (U shiftni bo'yayotganda narvondan yiqilib tushdi)

t.me/masofatalim

Muallif: Khamdambek Atajanov

O’zbekiston Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Masofaviy ta’lim" Telegram kanali.