Question tags
▪️ Ingliz tilida 'question tag' deb darak gapning oxirida shu gapdagi ma'lumotni tasdiqlash yoki tekshirish uchun beriladigan savolga aytiladi. Bu savol darak gapdagi yordamchi fe'l va eganing olmosh shaklidan tashkil topadi.
▪️ Question tag shaklidagi savolning ikkita asosiy qoidasi mavjud:
1. Birinchi qoida: agar darak gap boʻlishli boʻlsa, 'question tag' boʻlishsiz (inkor) boʻladi.
🔸You are coming (➕) to the party, aren't you? (➖)
2. Ikkinchi qoida: agar darak gap boʻlishsiz boʻlsa, 'question tag' boʻlishli boʻladi.
🔸You won't tell (➖) anyone about it, will you ? (➕)
▪️ Misollar:
🔸Tom and Jill hope to get married, don't they?
🔸There are a lot of people there, aren't there?
🔸This isn't a good bag, is it?
⚠️Yuqoridagi misollardan shuni bilib olish kerakki, 'question tag' qisqa boʻlishi uchun unda ega sifatida faqat kishilik olmoshlari va there bilan boshlangan gaplarda there so'zinig o'zi ishtirok etadi.
▪️ 'Question tag'ning qo'shimcha qoidalari:
1. Let's… - Keling… birikmasi bilan boshlanadigan gaplarda 'question tag' ... shall we? shaklida boʻladi.
🔸Let's dance, shall we?
🔸Let's go to the cinema, shall we?
2. Buyruq gaplarda 'question tag' har doim ... will you? shaklida boʻladi.
🔸Open the door, will you?
🔸Don't sleep at the lesson, will you?
🔸Let him carry the shopping, will you? (Yuqoridagi Let’s …. , shall we? qurilmasidan farqlay bilish lozim. Bu yerda Let … buyruq gapni boshlab kelmoqda.)
3. Qoʻshma gaplarda asosiy mazmun ifodalangan gapdan kelib chiqqan holda 'question tag' hosil qilinadi.
🔸He won't mind if I leave early, will he?
🔸I think he is a bit irresponsible, isn't he?
🔸I thought they moved to London, didn't they?
🔸He was sleeping when I came, wasn't he?
▪️Ba'zibir istisno holatlarni koʻrib chiqamiz:
1. nobody/nothing/no/none/never/nowhere/neither va oʻxshash inkor ma'noli soʻzlar qatnashdan darak gaplarda 'question tag' boʻlishli boʻladi:
🔸Nobody came, did they?
🔸Nothing was stolen, was it?
🔸They have never been to Australia, have they?
🔸There is no water in the pool, is there?
2. somebody/someone/anybody/anyone/everybody/everyone olmoshlari qatnashgan darak gaplardan 'question tag' hosil qilinganda they koʻplikdagi olmoshi va koʻplikdagi yordamchi fe'l ishtirok etadi.
🔸Everybody is here, aren't they?
🔸Somebody has left their notebook, haven't they?
3. Hozirgi zamonda I am… deb boshlanadigan darak gaplarda 'question tag' …, aren't I? shaklida boʻladi.
🔸I am too fat, aren't I?
⚠️Koʻpchilik qiynaladigan vaziyat - bu have/has/had fe'llarining boʻlishli gaplarda qoʻllanishidir. Bu fe'llar ham asosiy fe'l, ham yordamchi fe'l boʻlib qoʻllana oladi va ba'zan buni aniqlash qiyin boʻladi.
▫️ Bu fe'llar asosiy fe'l yoki have to modal fe'li sifatida qoʻllanilganda, ulardan keyin zamonni koʻrsatadigan boshqa fe'l boʻlmaydi va 'question tag' da yordamchi fe'l sifatida do/does/did qoʻllanadi.
🔸They have a shower every morning, don't they?
🔸He has to go now, doesn't he?
🔸She had to bring the book, didn't she?
▫️Bu fe'llar yordamchi fe'l sifatida qoʻllanilganda, ulardan keyin asosiy fe'l ishtirok etadi va have/has/had fe'llarining oʻzlari shunday shaklda 'question tag' da qoʻllaniladi.
🔸They have answered all the questions, haven't they?
🔸He has been to the USA many times, hasn't he?
🔸He had been there before we arrived, hadn't he?
Muallif: Khamdambek Atajanov
O’zbekiston Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Masofaviy ta’lim" Telegram kanali.