May 17, 2020

if only qatnashgan gaplar (noreal vaziyatlar uchun)

▪️ Noreal vaziyatlarni wish qurilmasidan tashqari if only bog’lovchisi yordamida ham ifodalash mumkin. Bunda norozilik, shikoyat ma'nolari yanada kuchayadi.
1. Hozirgi zamon uchun qurilmasi: ▪️ If only+Ega+ Past Simple (yoki could)
🔸If only he were here now! (Qaniydi u bu yerda boʻlsa!)
🔸If only you could cook! (Qaniydi sen ovqat qila olsang)

2. O'tgan zamon uchun qurilmasi: ▪️ If only+Ega+ Past perfect simple (yoki could have +V3(ed)
🔸If only I had saved some money! (Qaniydi, biroz pul yig'ib qoʻygan boʻlsaydim!)
🔸If only I hadn't been so rude to her yesterday!

3. Hozirgi yoki kelajak zamonda birov biror ish bajarishini yoki biror narsa oʻzgarishini xohlasak, quyidagi qurilma qoʻllaniladi.
▪️ If only+Ega+ would+V1
🔸If only you would bring that book! (Qaniydi anavi kitobni olib kelsang!)
🔸If only you wouldn't drive so fast! (=you are driving very fast)

⚠️ Mazkur holatlar hammasi haqiqatga teskari, hayoliy vaziyat bo'lgani uchun haqiqatda vaziyat boshqacha bo'lgan bo'ladi.
🔸If only I hadn't been so rude to her yesterday! (Unga kecha qo'pol munosabatda bo'lmasaydim - lekin kecha uni hafa qilganman)

t.me/masofatalim

Muallif: Khamdambek Atajanov

O’zbekiston Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Masofaviy ta’lim" Telegram kanali.

https://t.me/masofatalim