Second Conditional (Ikkinchi toifadagi shart ergash gaplar)
▪️ Hozirgi yoki kelajak zamonda haqiqatga toʻg'ri kelmaydigan, hayoliy vaziyatlar va ish-harakatlar uchun qoʻllaniladi. Shartning noreal ekanligini koʻrsatish uchun vaziyat hozirgi zamonga taalluqli boʻlsa ham, if qatnashgan gap oʻtgan zamonlarning birida ifodalanadi.
▪️ Odatiy qurilmasi:
▫️ IF + Past Simple Tense, EGA + would/should+V1 (oddiy o'tga kelasi zamon)
🔸If we had more money, we would buy a BMW. ( Pulimiz ko'proq bo'lganida, BMW sotib olgan bo'lardik )
🔸If it weren't raining, we would go on a picnic.
💡Umumiy qoidaga ko'ra, mazkur toifadagi ergash shart gaplarda o'tgan davomiy zamon (Past continuous) yoki (could) modal fe'li ham qo'llanishi mumkin, asosiy gapda esa o'tgan zamon ma'nosidagi (could/might) modal fe'llari bo'lishi mumkin.
🔸If we had more money, we could go out more often. (Pulimiz ko'proq bolganida, aylanishga tez-tez chiqqan bo'lardik)
🔸 If you asked Tony, he might do it for you.
🔸 If I were you, I wouldn't go there. (Sizning o'rningizda bo'lganimda, u yerga bormagan bo'lardim)
▪️Yuqoridagi gaplarda if qatnashgan gap tarkibida hozirgi zamon payt ravishlari (now/at the moment/every day) boʻlsa ham, noreal vaziyat boʻlgani uchun oʻtgan zamon qoʻllaniladi.
🔸If he were here now, he would show us the city.
💡Bundan tashqari, mazkur if qatnashgan gap turida I/he/she/it shaxslari va birlikdagi ega bilan to be fe'lining were shakli qoʻllanilgani ma'qul. English Grammar In Use kitobida bunday vaziyatlarda was fe'li ham qoʻllana olishi mumkinligini inkor etmagan holda, DTM tomonidan tuziladigan testlarda were fe'li qoʻllanishini ta'kidlab oʻtamiz.
🔸If I were you, I wouldn't do that.
Muallif: Khamdambek Atajanov
O’zbekiston Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Masofaviy ta’lim" Telegram kanali.