May 14, 2020

Zero Conditional (Nolinchi toifadagi shart ergash gaplar)

▪️ Mavzuni sal g'alati nomlab qo'ydim, ya'ni nolinchi toifadagi shart ergash gap o'zi umuman mavjud emas. Lekin agar mantiq bilan qarasa, bu yerda ma'no bor, bunday shart gaplarda deyarli shartlilik bo'lmaydi, ya'ni shartlilik nol darajada. Bunday toifadagi gaplarda odatiy yoki tabiiy boʻlgan ish-harakatlar yoritiladi. Qoʻshma gapning ikkala qismida ham oddiy hozirgi zamon - Present Simple tense qatnashadi.
▪️ Odatiy qurilmasi:
▫️ IF + Present simple tense, EGA + Present simple tense

🔸If you heat ice, it melts. (Siz muzni isitsangiz, u eriydi - tabiiy hodisa)
🔸If I stay out late, I always get a taxi home. (Men ko'chada kech qolib ketsam, har doim taxida uyga kelaman - odat)
🔸If I have money, I buy sweets.

▪️ Mavzudan ham koʻrinayapdiki, bu gaplarda shart ma'nosi boʻlmaydi va if bog'lovchisini when yoki each time soʻzlari bilan almashtirsa ham ma'no o'zgarmaydi.
🔸When you heat ice, it melts.
🔸Each time I stay out late, I always get a taxi home.

Bilib qoʻygan yaxshi 👌

▪️ Ba'zan shartli gaplar nutqimizda ishtirok etmasligi, ammo nazarda tutilishi mumkin. Mazkur holat implied conditional - nazarda tutilgan shartli gap deb yuritiladi.
🔸Please, come out with us tonight. I'm sure you'll enjoy it. (Iltimos, bugun kechqurun biz bilan yuring, ishonamanki, siz maza qilasiz. Mazkur misolning ikkinchi gapida 'Agar biz bilan chiqsangiz...if you come out with us' degan shartli gap nazarda tutilyapdi)

▪️ Nazarda tutilgan shartli gap shartli gap qurilmalarining xohlagan toifasida uchraydi, bunday vaziyatlarda asosiy gapning qurilishidan if qatnashgan gap qaysi turga kirishini bilib olishimiz mumkin.
🔸I am sure we would really enjoy going on holiday with you but we just can't afford it. (implied conditional If we went- Second Conditional)
🔸I am glad you didn't tell Matthew about it. He would have been furious. (implied conditional If you had told him - Third Conditional)
🔸Why didn't you ask us for help? We would have helped you. (implied conditional If you had asked us - Third conditional)

t.me/masofatalim

Muallif: Khamdambek Atajanov

O’zbekiston Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Masofaviy ta’lim" Telegram kanali.

https://t.me/masofatalim