April 6, 2020

Past simple tense va uning qo'llanish holatlari

▪️ Past simple tense - oddiy o'tgan zamon oʻtgan zamonda sodir boʻlgan va tugallangan ish-harakatni bildiradi. Ish-harakatning hozirgi zamonga aloqasi yoʻq.
▪️ Oddiy oʻtgan zamonning qolipi gapda qanday fe'l qoʻllanishiga qarab, darak gaplarda toʻg'ri fe'llarga -ed qoʻshimchasini qoʻshish yoki notoʻg'ri fe'llarning past simple (verb ii) shaklini qoʻllash bilan hosil qilinadi.
▪️ Oddiy o'tgan zamonda inkor va so'roq gaplarda did yordamchi fe'li ishlatiladi va ular ishlatilganda asosiy fe'l hech qanday o'zgarishsiz (infinitive shaklida) qo'llanadi.
▪️ Positive form:
🔸I went/worked
🔸He/she/it went/worked
🔸We/you/they went/worked

▪️ Negative form:
🔸 I didn't go/work
🔸He/she/it didn't go/work
🔸We/you/they didn't go/work

▪️ Question form:
🔸Did I go/work?
🔸Did he/she/it go/work?
🔸Did we/you/they go/work?

Misollar:
🔸 I washed my car yesterday. (Men kecha mashinamni yuvdim)
🔸They bought a new house in 1998. (Ular 1998-yilda yangi uy sotib olishgandi)

💡Yuqoridagidan shu narsa ma'lum boʻladiki, oʻtgan zamonda asosiy va yordamchi fe'llar hamma shaxslar uchun bir xil.

⚠️ Oʻtgan zamonda to be fe'lining oʻz shakllari (was/were) mavjud boʻlib, inkor va soʻroq gaplarda did yordamchi fe'li qoʻllanmaydi.
▪️ Positive form: I/he/she/it was ▫️ We/you/they were
▪️ Negative form: I/he/she/it was not ▫️ We/you/they were not
▪️ Question form: Was I/he/she/it...? ▫️ Were we/you/they...?

▪️ Misol:
🔸I wasn't at home yesterday. (I didn't be…. emas)

✳️ Past simple tense qo'llanish holatlari

1️⃣ Mazkur zamonning o'ziga xosligi shundaki, odatda oʻtgan zamon payt ravishlari bilan qo'llaniladi, ya'ni ish-harakat(voqea) o'tgan zamonda sodir bo'lganligi payt ravishlari bilan yaqqol ko'rsatiladi.
🔸We went to the theatre last week. (Biz o'tgan hafta teatrga bordik)
🔸I saw Jack at the cinema yesterday.
🔸I didn't go out last night.

2️⃣ Shu bilan birga, o'tgan zamon payt ravishlarisiz, tarixda sodir boʻlgan voqealar uchun qollaniladi. Bu vaziyatda matn mazmunidan ish-harakat tarixda sodir bo'lganligi anglashiladi:
🔸Aristotel was a great philosopher. (Aristotel juda o'tkir faylasuf bo'lgan)
🔸Shakespeare wrote Hamlet.
🔸The Chinese invented printing. (Xitoylikdan kitob bosishni kashf qilishgan)

▪️ Oʻtgan zamonning odatiy payt ravishlari quyidagilardan iborat:
▫️ last+night/week/Monday/month/year… ▫️ a day /a week/two years/six minutes+ago
▫️ yesterday ▫️ in the 1960's ▫️ the other day ▫️ in the 19thcentury ▫️ in the past ▫️ just now ▫️ in the Bronze Age ▫️ in the Middle Ages ▫️ the last time

⚠️ 'just now' payt ravishi "hozirgina, '"bir necha daqiqa oldin" ma'nolarida o'tgan zamonda qo'llaniladi.
🔸 I saw him just now.

t.me/masofatalim

Muallif: Khamdambek Atajanov

O’zbekiston Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Masofaviy ta’lim" Telegram kanali.

Kanalga ulanish:
https://t.me/masofatalim