June 12, 2020

Gerundiy shakllari

▪️ Gerundiy gapdagi mazmuni va qoʻllanishiga koʻra 4 shaklda kelishi mumkin. Misol sifatida to do - bajarmoq fe'lining gerundiy shakllarini koʻrib chiqamiz. Qavs ichida ularning qaysi nisbatda ekanligi ko'rsatilgan.
1. Simple gerund (active) - doing (bajarish)
2. Perfect gerund (active) - having done - (bajarganlik)
3. Simple gerund (passive) - being done - (bajarilish)
4. Perfect gerund (passive) - having been done - (bajarilganlik)

▪️ Oddiy aniq nisbatdagi gerundiy (simple gerund) gapda oddiy to'ldiruvchi sifatida qo'shimcha ma'nolarsiz ishlatiladi.
🔸I enjoy running in the morning. (Men ertalab yugurishdan zavqlanaman)

▪️ Perfekt gerundiy ish-harakatning tugallanganligi yoki ancha oldin sodir boʻlganligini bildiradi.
🔸He denied having stolen the money. (having stolen - oʻg'irlaganlik, U pulni oʻg'irlaganini inkor qildi.)

▪️ Majhul nisbatdagi gerundiy esa gerundiyda ifodalangan ish-harakatning bajaruvchisi noma'lum yoki ahamiyatsiz ekanligini koʻrsatadi.
🔸I don't mind being told what to do. ( being told - aytilish, Men nima qilish aytilishiga qarshi emasman.)
🔸The coat showed evident signs of having been worn on the preceding night. (having been worn - kiyilganlik, Paltoda oʻtgan tunda kiyilganlikning ochiq-oydin belgilari bor edi.)
🔸I remember having been shown the letter. (Menga xat koʻrsatilganini eslayman.)

t.me/masofatalim

Muallif: Khamdambek Atajanov

O’zbekiston Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Masofaviy ta’lim" Telegram kanali.

https://t.me/masofatalim