O'zbekiston hukumati rahbariyati va hukumat a'zolari qaysi oliy ta'lim muassasalarini tamomlagan?
O'zbekiston hukumati rahbariyati qaysi oliy ta'lim muassasalarini tamomlagan? https://t.me/masofatalim Telegram kanali barchasini jamladi!
1. Aripov Abdulla Nig'matovich — O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
2. Ramatov Ochilboy Jumaniyazovich — Bosh vazirning birinchi o'rinbosari. Toshkent temir yo'l muhandislari instituti
3. Qo'chqorov Jamshid Anvarovich — Bosh vazir o'rinbosari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vaziri. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Kolorado shtati iqtisodiyot instituti (AQSH)
4. Umurzoqov Sardor O'ktamovich — Bosh vazir o'rinbosari, Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Reding universiteti (Buyuk Britaniya)
5. Abduhakimov Aziz Abduqahhorovich – Bosh vazir o'rinbosari, Turizm va sport vaziri. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Xitotsubasi universiteti (Yaponiya)
6. Musayev Behzod Anvarovich — Bosh vazir o'rinbosari. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
7. G'aniyev Shuhrat Madaminovich — Bosh vazir o'rinbosari. Toshkent davlat agrar universiteti
8. Umarov Olimjon Muhammadjonovich — Bosh vazir maslahatchisi. Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti, Songyungvan universiteti (Koreya Respublikasi)
Bosh vazirning 5 nafar o‘rinbosaridan 4 nafari Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini bitirgan. Shu bilan birga, ularning 3 nafari xorijiy oliy ta'lim muassasalarda ta’lim olgan. Jumladan, Bosh vazir o‘rinbosari — Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov Kolorado shtati iqtisodiyot instituti (AQSH)ni, Bosh vazir o‘rinbosari — Investisiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Reding universiteti (Buyuk Britaniya)ni, Bosh vazir o‘rinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov Xitosubasi universiteti (Yaponiya)ni tamomlagan.
O‘zbekiston Hukumati a’zolari qaysi oliy ta'lim muassasalarini tamomlagan?
1. Abdurahmonov Ibrohim Yo'lchiyevich — Innovatsion rivojlanish vaziri. Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti, Texas qishloq xo'jaligi va mexanikasi universiteti (AQSH)
2. Bobojonov Po'lat Razzoqovich – Ichki ishlar vaziri. Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti
3. Mahkamov Ilhom Rustamovich — Transport vaziri. Toshkent avtomobil yo'llar instituti
4. Davletov Ruslanbek Quroltoyevich — Adliya vaziri. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Varvik universiteti (Buyuk Britaniya)
5. Zakirov Botir Erkinovich — Qurilish vaziri. Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti
6. Ishmetov Timur Aminjanovich — Moliya vaziri. Toshkent moliya instituti, Toshkent davlat yuridik universiteti, Birmingem universiteti (Buyuk Britaniya)
7. Komilov Abdulaziz Hafizovich — Tashqi ishlar vaziri. SSR ittifoqi Tashqi ishlar vazirligining Diplomatik Akademiyasi
8. Qurbonov Bahodir Nizomovich — Mudofa vaziri. O'zbekiston Ichki ishlar vazirligi akademiyasi
9. Qo'chqorov Jamshid Anvarovich — Bosh vazir o'rinbosari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vaziri. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Kolorado shtati iqtisodiyot instituti (AQSH)
10. Toshqulov Abduqodir Hamidovich — Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri. Termiz davlat universiteti
11. Mamatov Rahmat Toshnazarovich — Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vaziri. O'zbekiston Ichki ishlar vazirligi akademiyasi. Qarshi davlat universiteti
12. Nazarbekov Ozodbek Ahmadovich — Madaniyat vaziri. O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti
13. Sodiqov Shuhrat Muhammadjonovich — Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Jizzax davlat pedagogika instituti
14. Hidoyatov Sherzod Saidjanovich — Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vaziri. Toshkent davlat texnika universiteti
15. Sultonov Alisher Saidabbosovich — Energetika vaziri. A. Mojayskiy nomidagi Harbiy kosmik akademiyasi (Rossiya)
16. Umurzoqov Sardor O'ktamovich — Bosh vazir o'rinbosari, Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Reding universiteti (Buyuk Britaniya)
17. Hamroyev Shavkat Rahimovich — Suv xo'jaligi vaziri. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
18. Xo'jayev Jamshid Abduhakimovich — Qishloq xo'jaligi vaziri. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Birmingem Universiteti (Buyuk Britaniya)
19. Xudaybergenov Tursinxan Aydarovich — Favqulodda vaziyatlar vaziri. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, O'zbekiston Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
20. Xusanov Nozim Batiyorovich — Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri. Toshkent moliya instituti, Yo'llarni loyihalash, qurish va ekspluatatsiya instituti
21. Xojiboyev Abduhakim Mo'minovich — Sog'liqni saqlash vaziri. Toshkent davlat tibbiyot instituti (hozirgi nomi Toshkent davlat pediatriya tibbiyot instituti)
22. Shermatov Sherzod Xotamovich – Xalq ta'limi vaziri. Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Yel universiteti (AQSH)
23. Shin Agrippina Vasileva — Maktabgacha ta'lim vaziri. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
8 nafar vazirlar (I. Abdurahmonov, R. Davletov, T. Ishmetov, J. Quchkarov, A. Sultonov, S. Umurzoqov, J. Xo‘jayev va Sh. Shermatov)ning “bisoti”da xorijiy oliy ta’lim muassasalari diplomlari ham bor. 10 nafar vazir 2 tadan OTMlarni tamomlagan, moliya vaziri Timur Ishmetov esa 3 ta — Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent moliya instituti va Birmingem universiteti (Buyuk Britaniya)da ta’lim olgan.
Telegram manzil: https://t.me/masofatalim