May 1, 2020

Majburiy fan: O'zbekiston tarixi.

Test 001-variant

1. Surxondaryoning Muzrabod tumanida joylashgan qadimiy manzilgohni aniqlang.

A) Zamonbobo

B) Zarautsoy

C) Jarqo’ton

D) Sopollitepa

2. Xo’tan va Hindistondan O’zbekistonning janubi va Afg`onistongacha bo’lgan hududlarni qamrab olgan davlatni aniqlang.

A) Yunon-Baqtriya davlati

B) Kushon podsholigi

C) Salavkiylar saltanati

D) Qang' davlati

3. Qadimiy Baqtriya o’lkasi hozirgi qaysi hududlarni qamrab olgan?

A) Zarafshon va Qashqadaryo vohalarini

B) Amudaryoning quyi oqimi va Turkmanistonning shimolini

C) Janubiy Tojikiston, Surxon vohasi va Afg`onistonning shimolini

D) Toshkent viloyati va Janubiy Qozog`iston hududlarini

4. Ilk o’rta asrlarda qaysi o’lka hukmdorlari tudun deb atalgan?

A) Far`ona

B) Iloq

C) Toxariston

D) Choch

5. Quyidagi qaysi davlatning poytaxti Suyob shahri bo’lgan?

A) Qoraxoniylar davlati

B) O’g`uzlar davlati

C) Qarluqlar davlati

D) Somoniylar davlati

6. Amir Temur davrida qo’shinning o’n kishilik bo’linmasi boshlig`i qanday atalgan?

A) aylboshi

B) qo’shunboshi

C) mirihazora

D) tuman og`asi

7. Shayboniyxon Movarounnahrni zabt etgach Buxoroni kimga suyurg`ol sifatida hadya etadi?

A) Jonibek Sultonga

B) Ko’chkunchi Sultonga

C) Suyunchxo’ja Sultonga

D) Mahmud Sultonga

8. … – tarixda davlatni xonlik maqomiga ko’targan (Qo’qon xonligi) jasur hukmdor sifatida nom qoldirgan.

A) Shohruxbiy

B) Erdonabiy

C) Olimxon

D) Umarxon

9. Xiva shahriga qachon asos solingan?

A) mil. avv. VII asrda

B) mil. avv. V asrda

C) mil. avv. III asrda

D) mil. avv. I asrda

10. Turkiston general-gubernatorligi tarkibidagi Amudaryo bo’limining markazi hozirgi qaysi shahar bo’lgan?

A) Nukus shahri

B) Olmaota shahri

C) To’rtko’l shahri

D) Chimboy shahri

11. “Adibi avval”, “Adibi soniy” darsliklari muallifini aniqlang.

A) Abdulla Avloniy

B) Mahmudxo’ja Behbudiy

C) Ismoil G`aspirali

D) Munavvarqori Abdurashidxonov

12. Turkiston muxtoriyatida moliya vaziri kim bo’lgan?

A) Mustafo Cho’qayev

B) Islom Shoahmedov

C) Solomon Gersfild

D) Obidjon Mahmudov

13. Turkiston Sovet hukumati rahbari F. Kolesov boshchiligidagi qo’shinning Buxoro amirligiga hujumi barbod bo’lgach, 1918-yil 25-martda imzolangan bitimni aniqlang.

A) Taxta bitimi

B) Qiziltepa bitimi

C) Gandimiyon bitimi

D) Chimboy bitimi

14. 1992-1995-yillar davomida O’zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri lavozimida faoliyat ko’rsatgan shaxsni aniqlang.

A) Shukrullo Mirsaidov

B) Abdulhoshim Mutalov

C) O’tkir Sultonov

D) Shavkat Mirziyoyev

15. O’zbekistonda so’m-kupon muomalaga chiqarilgan sanani aniqlang.

A) 1992-yil 1-oktyabr

B) 1993-yil 1-iyun

C) 1993-yil 1-noyabr

D) 1994-yil 1-iyul

Tuzuvchi: “Abituriyent” gazetasi eksperti Asliddin Abdanov. Telegram manzil: @moziyuz

O’zbekiston Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Masofaviy ta’lim" Telegram kanali.

https://t.me/masofatalim