Kimyo fanidan masalalar yechimi va tahlili
1-masala.
Kalsiy sulfat tuzi erigan suvning qattiqligi 4 mg-ekv./l ga teng. Ikki litr shunday suv tarkibidagi sulfat aninonlarining massasini (mg) toping.
Yechimi:
2-masala.
Natriy xlorid quyidagi rasmda keltirilgan kabi kristall strukturaga ega. Bunda natriy va xlor yadrolari orasidani masofa 0,265 nm ( 1 nm = 10^-9 m). Natriy xlorid kristallarini zichligini (g/sm^3) toping.
Yechimi:
Moddaning zichligini topishimiz uchun bizga moddaning massasi va hajmi kerak bo’ladi. Shu sababli dastlab yuqoridagi kristall bo’lakchasi massasini topamiz. Buning uchun yuqoridagi strukturaga nechta NaCl molekulasi to’g’ri kelishini topib olishimiz kerak. Yuqoridagi strukturaning uchlarida joylashgan 8 ta Na atomi xuddi shunday 8 ta kubga tegishli, tomonlari markazidagi 6 ta Na atomi esa xuddi shunday ikkita kubga
tegishli. Bundan kelib chiqqan holda ayni kubga nechta Na atomi tegishli ekanini topib olamiz: 8∙1/8 + 6∙1/2 = 4.
(Masala yechimining davomi quyidagi rasmda)
3-masala.
FeS2 + HNO3 = H2SO3 + SO2 + Fe2O3 + N2 reaksiyasida hosil bo’lgan moddalardagi sp2-gibridlangan orbitallar soni dastlabki moddalardagi sp3-gibridlangan orbitallar sonidan necha marta ko’p? (η=80%)
Yechimi:
4-masala.
Kremniy va uglerod aralashmasida moddalarning massa nisbati mos ravishda 2:1 edi. 24 g natriy gidroksid tutgan ishqor eritmasi ta’sir ettirganimizdan keyin kremniy va uglerod massalari nisbati mos ravishda 1:2 bo‘lib qoldi. Dastlabki aralashma massasini (g) aniqlang.
Yechimi:
Si/C aralashmasida 2:1 nisbat bo‘yicha 28 g Si va 14 g C bor deb olamiz. Aralashmada faqat Si ishqor bilan reaksiyaga kirishadi: Si + 2NaOH + H2O = Na2SiO3 + 2H2
Reaksiya natijasida uglerodning massasi o‘zgarmaydi, ya’ni 14 g ligicha qoladi va nisbat 1:2 ekanligini inobatga olsak 7 g Si qoladi. 21 g Si reaksiyaga kirishgan. 21 g Si yoki 42 g aralashmaga 60 g NaOH to‘g‘ri kelar ekan. Demak, 24 g ishqorga 16,8 g aralashma to‘g‘ri keladi.
5-masala.
Suvning karbonatli qattiqligi 10 mg-ekv./l ga teng bo’lgan 10 litr suvga 8 g kaustik soda tashlandi. Bunda 3,74 g cho’kma tushgan bo’lsa, cho’kma tarkibida necha gramm Mg(OH)2 mavjud?
Yechimi:
Muallif: Ravshan Meliqo'ziyev
O’zbekiston Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Masofaviy ta’lim" Telegram kanali.
Kanalga ulanish:
https://t.me/masofatalim