Bare infinitive (to qo'shimchasiz infinitiv) ishlatilishi
✳️ Quyidagi fe'llar oʻzidan keyin bare infinitive (to qo'shimchasiz infinitiv) boʻlishini talab qiladi. Bu fe'llar nutqda juda koʻp qoʻllanilgani bois, men ularni buyuk fe'llar metaforasi bilan atayman.
✅ make - majburlamoq
✅ let - ruxsat bermoq, yo'l qo'ymoq
✅ have - yollamoq, koʻndirmoq
🔸Hot weather makes me feel tired. (Issiq havo meni charchatadi)
🔸Her parents wouldn't let her go out alone. (Uning ota-onasi unga yolg'iz koʻchaga chiqishga ruxsat berishmaydi.)
🔸I had Jack write all my notes. (Men Jekga hamma konspektlarimni yozdirdim.)
🔸I made him promise that he wouln't tell anyone what had happened.
✳️Majhul nisbatda:
🔸 We were made to wait for two hours. (Bizni ikki soat kutishga majbur qilishdi)
✳️ Let's (Let us) - Keling… iborasidan keyin ham bare infinitive qoʻllaniladi.
🔸Let's go swimming tonight. (Kelinglar, bugun kechqurun suzishga boramiz.)
✳️ Why/Why not….? - Nimaga/Nimaga…emas? iborasidan keyin ham bare infinitive qoʻllanishi lozim.
🔸Why wait for them? (Nimaga ularni kutamiz?)
🔸Why not go to a restaurant tonight? (Nimaga kechqurun restoranga bormaymiz? (boraylik degan ma'noda)
✳️ anything but/… nothing but/except+bare infinitive qurilmasining ishlatilishiga ham e’tibor bering:
🔸He does nothing but yawn at the lessons. (U darsda faqat esnab o'tiradi)
✳️ Agar ketma-ket bir nechta infinitiv qoʻllaniladigan boʻlsa, ikkinchi fe'l to qo'shimchasiz ishlatiladi.
🔸 We decided to come and see you.
Muallif: Khamdambek Atajanov
O’zbekiston Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Masofaviy ta’lim" Telegram kanali.