March 22, 2020

Present Continuous tense

Present Continuous tense

▪️ Present Continuous Tense – hozirgi davomiy zamon odatda ayni paytda sodir bo'layotgan ish-harakatlarni ifodalash uchun qoʻllaniladi.

▪️ Gapda egadan keyin am/is/are yordamchi fe’llari va asosiy fe’lga ‘-ing’ qoʻshilgan holda qoʻllaniladi.

▪️ Positive form:

🔸I am working.

🔸He/she/it is working.

🔸We/you/they are working.

▪️ Negative form:

🔸I am not working.

🔸He/she/it is not working.

🔸We/you/they are not working.

▪️ Question form:

🔸Am I working?

🔸Is he/she/it working?

🔸Are we/you/they working?

Present Continuous zamonining qoʻllanish holatlari:

1️⃣Ayni paytda sodir bo'layotgan ish-harakatni ifodalash uchun qo'llaniladi.
▪️ Ish-harakat soʻzlovchi nutqi davomida sodir boʻlayotgan va tugallanmagan bo'lishi lozim, asosan atrofimizda sodir bo'layotgan voqea-hodisalarni tasvirlash uchun qoʻllaniladi.
🔸Look! The dog is running after the child. (Qarang! It bolakayning orqasidan quvlayapti.)
🔸Take away the crib! The teacher is looking at you.
🔸Listen! The way he is singing is quite wrong.

2️⃣Ba'zan ish-harakat ayni paytda sodir bo'lmayotgan, lekin boshlangan va hali tugallanmagan boʻlishimi mumkin.
▪️Misol uchun quyidagi vaziyatni koʻrib chiqamiz:
🔸Tom and Ann are sitting in a café. Tom is drinking coffee (Birinchi qoida bo'yicha).
▫️ Ann: What are you doing these days, Tom?
▫️ Tom: You know, I am preparing for my exams.
❗️Yuqoridagi misolda, Tom kafeda oʻtirib, kofe ichayotgan boʻlsa ham, ayni kunlarda imtihonlarga tayyorgarlik koʻrayotganini aytmoqda. Bu yerda Tomning imtihonlarga tayyorgarlik koʻrayotganligi boshlanib, hali davom etayotgan va tugallanmagan ish-harakat sifatida ifodalangan.
▪️ Yana misollar:
🔸I am learning English nowadays.
🔸What is Tom doing for living?

3️⃣Vaqtinchalik, faqatgina ma’lum bir muddat sodir boʻlib turgan ish-harakatlar uchun ham hozirgi zamon davomiy fe’li qoʻllaniladi.
🔸I usually go to work by bus, but this week I am going by taxi. (Men odatda ishga avtobusda ketaman, lekin bu hafta taksida boryapman.)
🔸Tom is living with his friends until he finds a flat. (Tom kvartira topgunicha do’stlari bilan yashayapti.)

4️⃣Vaqt oʻtgan sayin oʻzgarib borayotgan ish-harakatlar uchun ham hozirgi davomiy zamon fe’li qoʻllaniladi.
▪️Quyidagi fe'llar odatda mazkur qoida boʻyicha qoʻllaniladi.
▫️ get ▫️ change ▫️ become ▫️ increase ▫️ rise ▫️ fall ▫️ grow ▫️ begin ▫️ start ▫️improve
🔸The population of the world is rising very fast. (Dunyo aholisi juda tez oshib bormoqda.)
🔸Is your English getting better?
🔸The number of people without jobs is increasing.

5️⃣Hozirgi zamon davom fe’li odatda quyidagi payt ravishlari bilan qoʻllaniladi:
▫️ now ▫️today ▫️ this month ▫️ still ▫️ at the moment ▫️ this week ▫️ this season ▫️ for the time being ▫️ nowadays ▫️ these days ▫️ day after day
🔸We are still waiting for the train.
🔸Tom is having a bath at the moment.
🔸I am meeting a lot of people today.
🔸We are learning Japanese this year.

Muallif: Khamdambek Atajanov

O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi va "Imkon ta’lim" jamoasi hamkorligida tashkil etilgan "Masofaviy ta’lim" Telegram kanali.

Kanalga ulanish:
https://t.me/masofatalim