Infinitiv va uning qo'llanishi
▪️ Ingliz tilida infinitiv deb fe'lning noaniq (birinchi) shakliga aytiladi. Fe'lning noaniq shakli - bu fe'lning zamon va shaxsni koʻrsatmaydigan shaklidir, sodda qilib aytganda, fe'lning lug'atda yoziladigan shaklidir. Infinitivni oʻzbek tilidagi harakat nomi deb tushunishimiz mumkin. Infinitiv ikki turga boʻlinadi:
▪️ bare infinitive - 'to 'siz infinitiv. (run/come/go/get…)
▪️ infinitive with to - 'to' li infinitive (to run/to come/to go/to get…)
▪️ Infinitiv quyidagi holatlarda qoʻllaniladi:
1. Gapda ega sifatida:
🔸To go overseas on your own is very brave. (Dengizortiga yolg'iz sayohat qilish jasurlik)
2. Ba'zibir fe'llardan keyin toʻldiruvchi sifatida (agree/attempt/hope/decide…+to infinitive):
🔸They agreed to come.
🔸We decided to eat out.
3. Ba'zibir fe'llardan keyin fe'l+toʻldiruvchi+to infinitive qurilmasida:
🔸I asked her to come.
🔸Remind me to phone Jack.
4. to be/to have - boʻlmoq/ega boʻlmoq fe'llaridan bilan aim/duty/task/dream… soʻzlari qoʻllanilsa, ushbu qurilmadan keyin:
🔸His duty was to inform us immediately. (Uning vazifasi bizga darhol xabar berish edi)
🔸My dream is to become a sailor.
🔸The aim of the exhibition is to exchange experience.
5. Maqsadni ifodalash uchun:
🔸I went out to post the letter. (Men xatni jo'natish uchun tashqariga chiqdim)
🔸I am studying English to go to the USA.
6. Ot va olmoshdan keyin:
🔸I have a lot of work to do. (Bajariladigan ishim koʻp)
🔸I've got a few people to see. (Uchrashadigan bir nechta insonlarim bor)
7. Ba’zibir fe’llaridan keyin fe'l+soʻroq olmoshi+ to infinitive qurilmasida:
🔸Could you tell me how to get to the station?
🔸I didn't know what to do.
8. am/is/are+to infinitive qurilmasi kelajakda boʻladigan ish-harakatni bildiradi:
🔸He is to become mayor next month.
9. to be about+to infinitive qurilmasi yaqin kelajakda sodir boʻladigan ish-harakat uchun qoʻllaniladi.
🔸The plane is about to take off. (Samolyot hozir uchib ketadi)
⚠️Infinitiv ham aslida fe'l boʻlganligi uchun uni ham inkor shaklida qilish mumkin. Bunday vaziyatda infinitiv oldidan not soʻzi qoʻllaniladi va oʻzbek tiliga -maslik qoʻshimchasi bilan tarjima qilinadi.
🔸We decided not to stay at home during the holiday. (Biz ta'til davomida uyda qolmaslikka qaror qildik)
🔸We agreed not to tell anyone. (Biz hech kimga aytmaslikka qaror qildik)
Muallif: Khamdambek Atajanov
O’zbekiston Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Masofaviy ta’lim" Telegram kanali.