August 13, 2020

Ingliz tili fanidan DTM testlarini ishlashda nimalarga e'tibor berish lozim?

Muallif Khamdambek Atajanov: «Sizlarga bugundan boshlab, qo'ldan kelgancha, ingliz tilida grammatika testlarini ishlashda e'tibor beriladigan jihatlar, o'z maslahlatlarimni misollar bilan tushuntirib borishga harakat qilaman. Bu maslahlatlar o'z kuzatuvlarim va tajribam asosida shakllangan.

Demak, bugun Davlat test markazi tomonidan tuziladigan testlarni tahlil qilishda zamonlar (tenses) mavzusidan boshlayman.

DTM tomonidan zamonlar (Tenses) mavzusiga oid testlarni tuzishda bir nechta jihatlarga e'tibor qaratiladi. Mazkur maqolada shularni Siz bilan baham ko'raman. Misol sifatida 2019-yilda tushgan savollarni olamiz. Demak, birinchi jihatdan boshlaymiz».

1. Abituriyent zamonlarga oid testlarda muayyan zamonni ko'rsatuvchi mos payt ravishlariga qarab, to'g'ri yechim topa olishi tekshiriladi:
🔸Birinchi misol (oson):
▪️ Jane …. her house painted at the moment. (payt ravishi)
A) has had B) will have C) is having D) has
✅ Ushbu testda hozirgi zamon davom fe'lida ishlatiladigan at the moment - ayni paytda payt ravishi kelgan va shuning uchun abituriyent C javobni to'g'ri javob sifatida tanlashi lozim bo'ladi.

🔸 Ikkinchi misol (o'rtacha):
▪️ 'She … a famous writer one day'. (payt ravishi)
➖'Yes, I think you are right.'
A) is being B) will be C) were D) is
✅ Ushbu testda kelasi zamon mazmunini berish uchun one day - bir kun kelib ravishi kelgan, mazkur payt ravishi odatiy darsliklarda kelasi zamon payt ravishi sifatida ko'rsatilmagan, lekin abituriyent gapning mazmunidan uning kelasi zamonga ishora qilayotganini bilishi va B javobni to'g'ri javob sifatida tanlashi lozim bo'ladi.

🔸Uchinchi misol (o'rtacha):
▪️ I … anything since breakfast so I feel very thirsty now..
A) didn't drink B) haven't drunk C) wasn't drinking D) don't drink
✅ Ushbu testda hozirgi tugallangan zamonda ishlatiladigan 'since breakfast' - nonushtadan beri payt ravishi ishlatilgan. Abituriyent shuning uchun B javobni to'g'ri javob sifatida tanlashi lozim bo'ladi.

2. Abituriyent zamonlarga oid testlarda testda ishlatilgan boshqa gapdagi zamonga qarab (zamonlar moslashuvi, payt ravishlari), to'g'ri yechim topa olishi tekshiriladi: 🔸Birinchi misol (oddiy):
▪️ I bought a new computer last week, but it … so I took it back to the shop.
A) doesn't work B) worked C) didn't work D) hasn't worked
✅ Ushbu testda birinchi va uchinchi gaplar o'tgan zamonda ishlatilgan va shuning uchun abituriyent mazmun jihatdan to'g'ri keladigan C javobni tanlashi lozim bo'ladi.

🔸Ikkinchi misol (o'rtacha), bunday testlar qo'shma gap shaklida tuziladi: ▪️ When Jane phoned me I … in my study.
A) used to work B) work C) worked D) was working
✅ Ushbu testda abituriyent birinchi gap o'tgan zamonda bo'lib o'tgan ish-harakat ekanligini va u sodir bo'lganida boshqa ish-harakat davom etib turganini bilishi lozim edi. To'g'ri javob D.

🔸Uchinchi misol (o'rtacha):
▪️ Don't phone me until about 7.30. I … my homework until then.
A) will not have been finished
B) am finished
C) will not be finishing
D) won't have finished
✅Ushbu testda ikkinchi gapdagi until then payt ravishi birinchi gapdagi 7.30 ga ishora qilmoqda va 'o'sha paytgacha ishimni tugatmayman' degan mazmun anglashilmoqda, shuning uchun abituriyent D (won't have finished) javobini to'g'ri javob sifatida olishi lozim bo'ladi.

3) Abituriyent zamonlarga oid testlarda testdagi kalit so'zlarga (payt ravishlariga bo'lmasa), gapning mazmunidan kelib chiqib, to'g'ri yechim topa olishi tekshiriladi:
🔸 Birinchi misol (oson):
▪️ Do you know the news? We … the exam!
A) passed B) have passed C) had passed D) pass
✅ Ushbu testda kalit so'z (news) bo'lib, grammatik qoidalarga ko'ra, yangiliklar haqida gapirilganda Present Perfect Simple zamoni ishlatiladi, shuning uchun abituriyent B javobni belgilashi lozim bo'ladi.
🔸 Ikkinchi misol (o'rtacha):
▪️Don't worry about your exam. I am sure you … .
A) pass B) will pass C) are passing D) will be passing
✅ Ushbu testda gapning mazmunidan kelasi zamonga ishora qilinmoqda, ya'ni 'imtihondan o'tasiz' degan mazmun bildirilmoqda, shuning uchun abituriyent B javobini belgilashi lozim bo'ladi.

🔸 Uchinchi misol (o'rtacha):
▪️ Nobody came to the meeting at 3 p.m. as Mike … to tell the office workers about it.
A) forgot B) had forgotten C) forget D) had forgot
✅Ushbu testda birinchi gap ikkinchi gapdagi vaziyatning natijasi sifatida keltirilgan, ya'ni uchrashuvga hech kim kelmagan, chunki ularga (oldindan) aytilmagan, shuning uchun abituriyent o'tgan zamondagi natijaga sabab bo'lgan ish-harakat uchun uzoq o'tgan zamon ishlatilishini bilishi lozim edi. To'g'ri javob B.

❗️ Keyingi mavzuda zamonlar bo'yicha testlarni ishlashda yana boshqa qanday jihatlarga e'tibor berishni yozamiz.

Muallif: Khamdambek Atajanov

Yoshlarga masofadan turib sifatli va bepul ta’lim berishni maqsad qilgan «Masofaviy ta’lim» loyihasining rasmiy Telegram kanali.

Telegram: https://t.me/masofatalim