Tarix fanidan maxsus 30 talik test
1. Qoraqalpoqlarning Xiva xoniga qarshi ko'tarilgan qaysi qo'zg'olonini Rossiya imperiyasi pul mablag'lari hamda harbiy yordam bilan qo'llab-quvvatlashga uringan?
A) 1881-1891-yillardagi Bobo Go'klan qo'zg'olonini
B) 1858-1859-yillardagi Qo'ng'irot qo'zg'olonini
C) 1873-1875-yillardagi Nukus qo'zg'olonini
D) 1855-1856-yillardagi Ernazarbiy qo'zg'olonini
2. Ilk o'rta asrlarda Hindistonda rojalar o'z xonadoniga mansub bo'lmagan amaldorlarga ma'lum muddatga patta deb nomlangan yer bergan. Bunday yerlardan yana qanday maqsadda foydalanilgan?
A) Budda ibodatxonalariga, ziyoratgohlar ixtiyoriga berilgan.
B) alohida xizmat ko'rsatgan kishilarni taqdirlangan.
С) shahzodalarga balog'at yoshiga yetish munosabati bilan in'ot etilgan.
D) ozod etilgan qullarga ijaraga berilgan.
3. Ikkinchi jahon urushi yillarida Markaziy va Janubiy Yevropa davlatlaridan qaysilari fashist davlatlarning Ittifoqchisi sifatida urushda ishtirok etgan?
1) Polsha; 2) Vengriya; 3) Ruminiya; 4) Chexoslovakiya;
5) Yugoslaviya; 6) Bolgariya; 7) Albaniya
A) 3, 4, 7
B) 2, 3, 6
С) 1, 4, 6
D) 2, 5, 7
4. Jaloliddin Manguberdi ordeni ta'sis etilgan yili …
A) Burhonuddin Marg'inoniy tavalludining 910 yilligi nishonland.
B) O'zbekistonda "Sog`lom bola yili" e`lon qilindi.
С) Ma'mun akademiyasi tashkil etilganligining 1000 yilligi nishonlandi.
D) Urganch shahrida Ma'mun akademiyasi faoliyati qayta tiklandi
5. 1447-yilda Mirzo Ulug'bek nirna sababdan Hirot va Xurosonga bo'lgan da’vosidan voz kechadi?
A) Xorazm va Movarounnahrdagi yangi isyonlari sababli
B) Alouddavla Movarounnahr taxtiga ham da'vo qilganligi uchun
С) Movarounnahrda ham temuriy shahzodalarning taxt uchun o'zaro nizolari kuchayib borayotganligi uchun
D) Alouddavla tomonidan asirga olingan o'g'li Abdullatifning ozod qilinishi uchun
6. Kiyev Rusi knyaz Igor boshqargan davrda Somoniylar davlatida hukmronlik qilgan shaxsni aniqlang.
A) Ahmad
B) Nuh II
C) Nasr II
D) Nasr
7. Xiva xoni Arab Muhammadxon davri bilan bog'liq ma'lumotlarni aniqlang.
1) parokandalikning yuqori nuqtaga chiqishi; 2) Amudaryo o'zani o'zgarishining davom etishi natijasida poytaxtning boshqa shaharga ko'chirilishi; 3) Yoyiq kazaklariga qarshi kurash; 4) xon o'g'illarining o'z otasiga qarshi bosh ko'tarishi; 5) xonlikdagi barcha 32 qabilaning to'rt guruhga bo'linishi; 6) Buxoro xonligi hududlarini xonavayronlikka olib kelgan harbiy yurishlar uyushtirilishi; 7) Eron shohi Shoh Abbos yordamida o'g'illaridan taxtni qaytarib olishi
A) 1, 2, 3, 4
B) 2, 4, 6, 7
C) 1, 3, 5, 7
D) 4, 5, 6, 7
8. G'arbiy Yevropa madaniyati qaysi asrlardan yuksala boshlagan?
A) XIV-XV asrlarda
B) XIII-XIV asrlarda
C) XI-XII asrlarda
D) XII-XIII asrlarda
9. Bir yilda bo'lib o'tgan voqealarni toping.
1. Buyuk Britaniya parlamenti deputati, olsterlik protest Parnell Irlandiyaga muxtoriyat huquqi berilishi haqida qonun qabul qilishni talab qildi. 2. Buyuk Britaniyada haftasiga 54 soatlik ish vaqti belgilandi va 10 yoshdan kichik bolalarni ishga qabul qilish taqiqlandi. 3. Hukumat Turkiyani moliyaviy bankrot deb e'lon qilishga majbur bo'ldi. 4. Yaponiya Janubiy Saxalin hisobiga Kuril orollariga ega bo’ldi. 5. AQSh o'ziga chegaradosh Meksikaning shimoliy tumanlarida Amerika korxonalari v temiryo'llar qurish uchun Meksika hukumatidan ruxsat so'radi.
A 2, 4, 5
B) 1, 2, 4
С) 1, 3, 5
D) 1, 3, 4
10. Rossiya mustamlakachilik siyosatiga qarshi kurashda Abdumalik to'ra nima sababdan afg'on amiri Sheralixonda yordam ololmadi?
A) Sheralixonning Angliya bilan yaqinlashib kelayotgan urushda Rossiyaga tayanishni rejalashtirgani sababli
B) Afg'oniston va Rossiya o'rtasida o'zaro do'stlik haqidagi shartnoma mavjudligi tufayli
S) Abdumalikning otasi amir Muzaffar va Sheralixon o'rtasida ko'p yillik nizolar mavjudligi tufayli
D) Buxoroning Rossiya tomonidan egalanlshi Afg'onistonga ham naf keltirishi sababli
11. Quyidagi davlatlardan qaysi biri boshqalariga nisbatan ko'proq yashagan?
A) Yunon-Baqtriya podsholigi
B) Kushon podsholigi
C) Salavkiylar davlati
D) Qang' davlati
12. Rim imperiyasining kuch-qudrati zaiflasha boshlagan davrda bo'lib o'tgan voqealarni toping.
1. Xorazm Qang' davlatidan ajralib chiqdi. 2. Xitoyda yer egaligi munosabatlari shakllana boshladi. 3. Xan davlati uchga bo'linib ketdi, 4. Gurganch shahriga asos olindi; 5. Dovon davlati parchalanib ketdi. 6. Xitoyda “sariq ro'mollilar” qo'zg'oloni boshlandi
A) 1, 2, 4, 5
B) 3, 4, 5, 6
С) 1, 2, 3, 5
D) 1, 3, 5, 6
13. Hindiston Milliy Kongressi tarkibida "so'l" - radikal oqim shakllangan va bu oqim talabi bilan HMK qo’shimcha qaror qabul qilgan yillar qaysi javobda to'g'ri ko'rsatilgan?
A) 1885-yil va 1906-yil
B) 1885-yil va 1890-yil
С) 1890-yil va 1908-uil
D) 1890-yil va 1906-yil
14. Mamlakatimizda quyida keltirilgan yillarga qanday nom berilganini aniqlang.
a) 2005-y.; b) 2008-y.; c) 2010-y.; d) 2015-y.;
1) "Keksalarni e`zozlash yili"; 2) "Barkamol avlod yili";
3) "Yoshlar yili"; 4) "Sihat-salomatlik yili"
A) a - 4; b - 3; c - 2; d – 1
B) a - 3; b - 1; c - 4; d – 2
С) a - 2; b - 3; c - 4; d – 1
D) a - 4; b - 2; c - 1; d – 3
15. XIX asrning 70-yillarida imzolangan qaysi shartnoma Bolqon yarimorolining siyosiy xaritasini tubdan o'zgartirib yubordi?
A) San-Stefano bitimi
B) Kuchukqaynarji bitimi
C) Nishtadt bitimi
D) Vashington bitimi
16. Turkiya mustaqilligi Antanta davlatlari tomonidan tan olingan anjuman to'g'ri berilgan javobni aniqlang.
A) Lokarno konferensiyasi
B) London konferensiyasi
С) Parij konferensiyasi
D) Lozanna konferensiyasi
17. ... bilan eng qadimgi urug'chilik tuzumi ham yakunlandi.
A) Yangi tosh davri boshlanishi
B) Patriarxat
C) Muzlik chekinishi
D) Matriarxat
18. Anushtegininy Otsiz hukmronligi davrida Xorazm bilan iqtisodiy jihatdan bog'liq bo'lgan qaysi hududlar qo’shib olingan?
A) Yettisuv va Sharqiy Turkiston
B) Shimoliy Xuroson va Sirdaryo etaklari
С) Sirdaryo etaklari va Mang'ishloq yarimoroli
D) Sharqiy Eron va Xuroson
19. XIX asr boshlarida Lotin Amerikasida bo’lib o’tgan ozodlik kurashlaridan keyin Ispaniya mustamlakachiligi qo'l ostida qaysi hududlar qoldi?
A) Puerto-Riko va Chili
B) Kuba va Gonduras
C) Gonduras va yuqori Peru
D) Kuba va Puerto-Riko
20. O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi XII chaqiriq XI sessiyasida deputatlar O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga qancha o'zgartirish, qo'shimcha va aniqliklar kiritishgan?
A) 100 ga yaqin
B) 80 dan ortiq
C) 80 ga yaqin
D) 90 ta
21. Buyuk Britaniya sanoat rivojlanishi, savdo ko'lami va dengizdagi qudrati jihatidan dunyoda o'z ustunligining cho'qqisiga erishgan davrni ko'rsating.
A) XIX asrning 40-yillari
B) XIX asrning 50-yillari
C) XIX asrning birinchi choragi
D) XIX asrning 70-yillari
22. Buxoro shahrida joylashgan quyidagi me’moriy inshoot qaysi sulola hukmronligi davrida barpo etilgan?
A) temuriylar sulolasi
B) shayboniylar sulolasi
C) ashtarxoniylar sulolasi
D) mang’itlar sulolasi
23. O’z lavozimini tark etib, muxolifatdagi qurolli harakat (qo’rboshilar) safiga o’tib ketgan BXSR Markaziy Ijroiya Qo’mitasi raisini aniqlang.
A) Usmon Xo’ja
B) Yo’ldosh Po’latov
C) Abdulhamid Oripov
D) Porso Xo’jayev
24. Birinchi o’zbek kino va fotooperatori Xudoyberdi Devonov tug’ilgan yili Turkiston general-gubernatorligining qaysi hududida qo’zg’olon yuz berganligini aniqlang.
A) Namanganda
B) Marg’ilonda
C) Mingtepada
D) Xo’jandda
25. Xaritada ajratib ko’rsatilgan shahar IX asrlarda qaysi sulolaning poytaxti bo’lgan?
A) tohiriylarning
B) somoniylarning
C) g’aznaviylarning
D) saljuqiylarning
26. XXI asrning ikkinchi o’n yilligida qaysi davlatda bo’lib o’tgan ommaviy norozilik chiqishlari ijtimoiy tarmoqlarda “Yevromaydon” nomini olgan?
A) Polshada
B) Gruziyada
C) Estoniyada
D) Ukrainada
27. Buxoro xonligida mavjud bo’lgan quyidagi harbiy atamalarning ma’nosini aniqlang.
1) Tug’chi; 2) Qurchi; 3) G’ul;
a) Oliy Bosh qo’mondon va sarkardalarni himoya qluvchi maxsus qism;
b) xonni qo’riqlovchi zobit; c) davlat bayrog’ini qo’riqlagan harbiy qism.
A) 1-c, 2-a, 3-b
B) 1-a, 2-c, 3-b
C) 1-c, 2-b, 3-a
D) 1-b, 2-a, 3-c
28. 1997-yil sentabr oyida qaysi mamlakatda “Davlt sekrotini modernizatsiya qilish dasturi” qabul qilinib, zarar keltirib ishlaydigan korxona va banklardan voz kechishga qaror qilindi?
A) Turkiyada
B) Hindistonda
C) Xitoyda
D) Latviyada
29. Respublikamizda a) Navoiy shahriga asos solingan va b) Navoiy viloyati tashkil etilgan sanalarni aniqlang.
A) a) 1958-yil sentabr, b) 1982-yil aprel
B) a) 1956-yil aprel; b) 1973-yil dekabr
C) a) 1958-yil oktabr; b) 1983-yil fevral
D) a) 1961-yil sentabr; b) 1984-yil iyul
30. Quyidagi voqealarni to’g’ri muvofiqlashtiring.
1) 1813-yilda; 2) 1815-yilda; 3) 1756-yilda; 4) 1770-yilda; 5) “Nishtadt sulhi”; 6) “Vestfal sulhi”; 7) Finlandiyada; 8) Daniyada; 9) Belgiyada; 10) Gollandiyada; 11) Lyudvig van Betxovenning tug’ilishi; 12) Volfgang Amadey Motsart tug’ilishi.
A) a-2, b-10, c-5, d-8; e-11, f-3
B) a-1, b-9, c-6, d-7; e-12, f-4
C) a-2, b-9, c-5, d-7; e-12, f-3
D) a-1, b-8, c-6, d-9; e-11, f-4
Tuzuvchi: Asliddin Abdanov (Telegram @moziyuz)
O’zbekiston Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Masofaviy ta’lim" Telegram kanali.