Kimyo maxsus test
1. Dunyodagi eng katta olmos 1905-yilda Janubiy Afrikada topilgan “kullinan” olmosidir. Olmos uglerodning allotropik shakl ko‘rinishi ekanligini bilgan holda 300 g olmos tarkibidagi atomlar sonini hisoblang. (NA = 6∙10^23 mol-1)
A) 1,5∙10^25
B) 1,5∙10^26
C) 3∙10^25
D) 3∙10^26
2. Nisbiy atom massa birligi sifatida qabul qilingan etalonga mos keluvchi qiymatlarni ko‘rsating.
1) mα(1H);
2) (1/12)mα(12C);
3) mα(1/12);
4) 1/NA.
A) 2, 3, 4
B) 2, 4
C) 2
D) 1, 2, 4
3. Qaysi radikalning ½ moli tarkibidagi elementar zarrachalar (proton, elektron, neytron) yig‘indisi 59∙NA ga teng?
A) fenil (C6H5∙)
B) siklogeksil (C6H11∙)
C) geksinil (C6H9∙)
D) geksil (C6H13∙)
4. Ekvimolyar nisbatda olingan ammiak va vodorod sulfid reaksiyasi natijasida 1,0 g modda ortib qolgan bo‘lsa, bunda hosil bo‘lgan tuz massasini (g) hisoblang.
A) 1
B) 2
C) 3
D) 4
5. Neon va argondan iborat aralashmadagi neonning massa ulushi 2/3 ga teng bo‘lsa, hajmiy ulushi nimaga teng?
A) 1/5
B) 2/5
C) 3/5
D) 4/5
6. Agar elementlarning elektron konfigurat-siyalarini ifodalashda pog‘onalarning tartib raqamlari o‘rniga energetik pog‘onalarining harfli belgisidan foydalanilganda surma atomining elektron konfiguratsiyasi qanday bo‘ladi?
A) ...Os2Op3
B) ...Os2Op4
C) ...Ps2Pp3
D) ...Ps2Pp4
7. 224Fr → 208Tl + xα + ye ushbu yadro reaksiyasida 20 mmol alfa zarracha ajralgan bo‘lsa, fransiy izotopining massasini (g) hisoblang.
A) 1,12
B) 2,24
C) 3,36
D) 4,48
8. Zarrachalarining o‘lchami 5∙10^-9 dm va
5∙10^-6 sm bo‘lgan dispers sistemalar qanday
nomlanadi?
A) chin dispers sistema; kolloid dispers sistema
B) chin dispers sistema; dag‘al dispers sistema
C) kolloid dispers sistema; dag‘al dispers sistema
D) kolloid dispers sistema; chin dispers sistema
9. Rux plastinka qaysi eritmada tutib turilganda, uning massasi ortadi?
1) kumush nitrat;
2) marganes (II) sulfat;
3) xlorid kislota;
4) bariy xlorid.
A) 3
B) 1, 4
C) 2, 3
D) 1
10. 200 g 17% li kumush nitrat eritmasida qanday miqdordagi (mol) natriy metali eritilganda 190 g eritma hosil bo‘ladi?
A) 0,4
B) 0,6
C) 0,8
D) 1,0
11. 200 g litiy karbonat va 228,8 g aluminiy sulfat eritmalari aralashtirildi. Bunda litiy ionining massa ulushi 2 marta, karbonat ionining mol miqdori 4 marta kamaygan bo‘lsa, dastlabki eritmadagi moddalarning miqdorini (mol) aniqlang.
A) 0,3; 0,1
B) 0,6; 0,2
C) 0,4; 0,1
D) 0,8; 0,2
12. Quyida berilgan reaksiya tenglamasidagi barcha koeffitsiyentlar yig‘indisini hisoblang.
NiSO4 + NaClO + NaOH → NiO(OH) + NaCl + Na2SO4 + H2O
A) 46
B) 35
C) 24
D) 13
13. 1 mol mis (II) sulfat saqlagan eritma 3 F tok bilan elektroliz qilinganda katodda va anodda necha grammdan moddalar ajraladi?
A) 64; 16
B) 65; 24
C) 66; 32
D) 66; 40
14. Quyidagi ma’lumotlar asosida ∆H2 ning qiymatini (kJ∙mol-1) hisoblang.
NaOH + HCl → NaCl + H2O ∆H1 = -55 kJ∙mol-1
NaCl + H2O → NaOH + ½H2 + ½Cl2 ∆H2 = ?
A) +101 kJ∙mol-1
B) +147 kJ∙mol-1
C) -101 kJ∙mol-1
B) -147 kJ∙mol-1
15. Natriy asetat kristallogidrati tarkibidagi vodorod atomlari soni kislorod atomlari sonidan 1,75 marta ko‘p bo‘lsa, kristallogidratning molyar massasini (g∙mol-1) hisoblang.
A) 100
B) 118
C) 136
D) 154
16. 2L(g) → 3D(g) ushbu reaksiya tenglamasi bo‘yicha L moddaning dastlabki konsentrat-siyasi 4 mol∙l^-1. Reaksiyaning o‘rtacha tezligi 0,05 mol∙l^-1∙s-1 bo‘lsa, necha sekunddan keyin moddalarning konsentratsiyalari tenglashadi?
A) 4
B) 8
C) 16
D) 32
17. A(g) + B(g) ↔ C(g) + D(g) sistemada moddalar-ning muvozanat holatidagi konsentratsiyalari (mol/dm3) tenglamaga mos ravishda 4, 3, 2, 6 ga teng bo‘lgan sistemaga 1 mol B modda qo‘shildi. Yangi muvozanat sistemadagi A moddaning konsentratsiyasini (mol/dm^3) hisoblang (reaksiya hajmi 1000 sm3 bo‘lgan idishda olib borildi).
A) 2,50
B) 2,75
C) 3,50
D) 3,75
18. 100 g 6,0% li nitrat kislota eritmasiga sulfat kislota eritmasi qo‘shildi. Hosil bo‘lgan eritmadagi nitrat kislota va sulfat kislotaning massa ulushlari mos ravishda 5,0% va 2,5% bo‘lsa, qo‘shilgan sulfat kislota eritmasining foiz konsentratsiyasini hisoblang.
A) 15%
B) 30%
C) 45%
D) 60%
19. Kalsiy bromid eritmasining molyal konsentratsiyasi ham molyar konsentratsiyasi ham 2,0 ga teng bo‘lsa, eritmaning zichligini (g∙ml-1) hisoblang. (V = 1 litr)
A) 1,1
B) 1,2
C) 1,3
D) 1,4
20. 53 g H2SO4∙0,1SO3 tarkibli oleum necha mol suvda eritilganda vodorod va kislorod atomlari soni teng bo‘lgan eritma hosil bo‘ladi?
A) 1,15
B) 1,3
C) 1,45
D) 1,6
21. 0,5 mol litiy gidrid qanday hajmdagi (ml) suvda eritilganda 5,0% li eritma hosil bo‘ladi?
A) 239
B) 238
C) 237
D) 236
22. 6,0 g litiy oksid qanday massadagi (g) suvda eritilganda to‘yingan eritma hosil qiladi? S(LiOH) = 96
A) 13,6
B) 20,4
C) 27,2
D) 40,8
23. Metanga noma’lum alkan qo‘shilganda uglerod atomlari soni 7 marta, vodorod atomlari soni 5 marta ortgan bo‘lsa, alkanni aniqlang.
A) etan
B) propan
C) butan
D) pentan
24. Ikkilamchi, uchlamchi va to‘rtlamchi uglerod atomlari soni o‘zaro teng bo‘lgan sikloalkan molekulasida birlamchi uglerod atomlari soni 6 ta bo‘lsa, sikloalkanning brutto formulasini aniqlang.
A) C12H24
B) C16H32
C) C18H36
D) C24H48
25. Quyida berilgan reaksiya tenglamasining o‘ng va chap tomonidagi barcha atomlar yig‘indisini aniqlang.
Buten-1 + KMnO4 + H2O → butandiol-1,2 + MnO2 + KOH
A) 84
B) 102
C) 120
D) 138
26. Aren molekulasi (CnH2n-6) tarkibida 22 ta gibrid orbital bo‘lsa, “n” ning qiymatini aniqlang.
A) 7
B) 8
C) 9
D) 10
27. Tozalik darajasi 80% bo‘lgan kalsiy karbid-dan normal sharoitda o‘lchangan 1,12 litr asetilen olingan bo‘lsa, texnik karbidning massasini (g) aniqlang.
A) 3
B) 4
C) 5
D) 6
28. Metilbenzoat molekulasi tarkibidagi uglerod atomlarining oksidlanish darajalari yig‘indisini hisoblang.
A) +10
B) +8
C) +6
D) +4
29. 7,0 g urotropinni (geksametilentetramin) yondirish uchun necha mol kislorod sarflanadi?
A) 0,45
B) 0,55
C) 0,9
D) 1,1
30. Brutto formulasi C8H11N bo‘lgan piridin gomologining molekulasida bitta radikal saqlovchi barcha izomerlaridagi birlamchi uglerod atomlari sonini aniqlang.
A) 6
B) 9
C) 19
D) 22
Testlarni ishlab bo'lgach, javoblarni tekshirish uchun: 👉🏻 https://telegra.ph/Kimyo-maxsus-test-javoblar-07-04
Tuzuvchi: Yangiyo'l shahridagi "IBN SINO" ATM kimyo fani o'qituvchisi Ma'ruf TONGOTAROV
O’zbekiston Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Masofaviy ta’lim" Telegram kanali.