Tarix fanidan maxsus test 15-son
1. Quyidagi qaysi javobda tarixiy xatolikka yo'l qo'yilgan?
A) mil. avv. IX-VIII asrda Urartu davlati gullab-yashnagan.
B) mil. avv. VII asrda qadimgi Baqtriya davlati tashkil topgan.
C) mil. avv. III asrda Qang’ davlatiga asos solingan.
D) “Shiroq” afsonasini milodiy II asrda tarixchi Poliyen yozib qoldirgan
2. Qadimgi Misrda qaysi shahar orqali o’tgan yo’l mis qazib olinadigan Sinay yarimoroliga olib borardi?
A) Memfis shahridan
B) Fiva shahridan
C) Karxemish shahridan
D) Abidos shahridan
3. Qadimgi Hindiston yarim orolini aks ettiruvchi mazkur xaritada ko’rsatilgan nuqta o’rnidagi a) hozirgi shahar va b) uning qadimiy nomini aniqlang.
A) a) Kobul, b) Xarappa
B) a) Dehli, Indraprastxa
C) a) Kobul, b) Ortospana
D) a) Patna, b) Pataliputra
4. Quyidagi qaysi asarning muallifi Alisher Navoiy kutubxonasiga boshchilik qilgan?
A) “Ravzat us-safo”
B) “Tarixi arba ulus”
C) “Al-komil fit-tarix”
D) “Habib us-siyar”
5. Amir Temurning qo'shinida harbiy bo'linmalarni boshqargan quyidagi zobitlarni lavozimiga ko’ra quyidan yuqoriga tomon to’g’ri ketma-ketlikda joylashtiring.
A aylboshi, qo'shunboshi, mirihazora, tuman og'asi
B aylboshi, mirihazora, tuman og'asi, qo'shunboshi
C) mirihazora, qo'shunboshi, aylboshi, tuman og'asi
D) qo'shunboshi, aylboshi, tuman og'asi, mirihazora
6. Respublikamizdagi mazkur minora barpo etilgan asrda yaratilgan asarlarni aniqlang.
1) “Hikmat”; 2) “Hayotnoma”; 3) “Qutadg’u bilig”; 4) “Hibat ul-haqoyiq”; 5) “Devoni lug’atit-turk”.
A) 1, 4
B) 2, 5
C) 3, 5
D) 1, 4
7. Qaysi asrdan boshlab o’rta asrlar Fransiyasida yangi o'zlashtirilgan yerlarda dehqonlar qaramligi bekor qilinib, soliqlarning bir qismi pul bilan olina boshlangan?
A) XI asrdan
B) XII asrdan
C) XIII asrdan
D) XIV asrda
8. VII-VIII asrlarda Xitoydagi Tan imperiyasi faol tashqi siyosat olib borib, qaysi davlatlar bilan diplomatik aloqalar o'rnatgan edi?
1) Turk xoqonligi; 2) Sosoniylar Eroni; 3) Hindiston; 4) Parxe davlati; 5) Vizantiya; 6) Yaponiya; 7) Franklar imperiyasi; 8) Arab xalifaligi;
A) 1, 2, 4, 5, 6
B) 1, 3, 5, 6, 8
C) 2, 3, 5, 6, 8
D 1, 2, 3, 5, 7
9. Angliya qiroli Richard II tomonidan "Mayl-End" dasturi qabul qilingan yilda …
A) Voje daryosi bo’yida yuz bergan jangda Moskva knyazligi Oltin O’rda ustidan g`alaba qozondi.
B Usmoniylar taxtiga Boyazid Yildirim o’tirdi.
C) Amir Temur tomonidan Hirot, Seiston, Mozandaron egallandi
D Koreyada Li sulolasi hukmronligiga asos solindi.
10. Ma'lum davr Movarounnahr taxtini boshqargan shayboniy hukmdorlardan qaysilari Ko'chkunchixonning o'gillari edi?
1) Abu Said; 2) Abdullaziz; 3) Navro’z Ahmad; 4) Abdullatif; 5) Ubaydullaxon; 6) Abdullaxon I.
A) 1, 4, 6
B) 1, 2, 3
C) 4, 5, 6
D) 1, 2, 6
11. Xonlikda qipchoqlar hukmronligiga barham bergan Qo'qon xoni taxtga chqishidan oldin qaysi shahar hokimi bo'lgan?
A) Namangan
B) Andijon
C) Marg'ilon
D) Chust
12. Abdurahmon Jomiyning “Yusuf va Zulayho” dostonini o’zbek tiliga tarjima qilgan adibni aniqlang.
A) Shermuhammad Munis
B) Muhammad Sharif Gulxaniy
C) Muhammad Yusuf Bayoniy
D) Muhammad Rizo Ogahiy
13. XVII-XIX asrlarda quyidagi qaysi davlatlarda yopiq siyosat, ya`ni tashqi dunyodan mamlakatni ajratib qo’yish siyosati olib borilgan?
1) Afg'oniston; 2) Xitoy; 3) Koreya; 4) Yaponiya; 5) Eron; 6) Turkiya
A) 1, 2, 3, 5
B) 1, 2, 4 , 6
C) 1, 2, 3, 4
D) 2, 3, 4,5
14. Usmoniylar imperiyasi qaysi omillar hisobiga yuksak kuch-qudratga erishganligini aniqlang.
1) sultonlarning oqilona siyosati: 2) okeanorti mustamlakalari bilan savdodan kelayotgan ulkan daromadlar; 3) mehnatkashlarni ekspluatatsiya qilishni kuchaytirish; 4) mustamlaka o’lkalardan tashib kelingan ulkan miqdordagi boyliklar; 5) qishloq xo’jaligining gurkirab rivojlanishi;
A) 1 2, 4
B) 1, 3, 4
C) 2, 3,4
D) 1, 4, 5
15. Quyida berilgan jadvalni to’g'ri to’ldiring.
1) 1798-yil;
2) 1795-yil;
3) 1740-yil;
4) 1743-yil;
5) Isaak Nyuton tug`iladi;
6) Napoleon Bonapart boshchiligidagi fransuz qo’shinlari Misrga bostirib kirdi va Qohirani zabt etadi;
7) Galileo Galiley vafot etadi;
8) Qohirada hunarmandlar va savdogarlar o’konlarini yopib, savdoni to’xtatib qo’yadilar; 9) Xiva xoni Asfandiyorxon vafot etadi;
10) Abulg`oziy Bahodirxon Yangi Urganch shahriga asos soladi;
11) Farg`ona vodiysiga jung`orlar hujum qiladi;
12) Toshkent jung`orlar tomonidan bosib olinadi.
A) a-3, b-12, c-5, d-9, e-1, f-8
B) a-3, b-11, c-5, d-9, e-1, f-6
C) a-3, b-11, c-7, d-9, e-2, f-6
D) a-4, b-12, c-7, d-10, e-2, f-8
16. XIX asr ikkinchi yarmida Rossiya imperiyasi tomonidan Xiva xonligiga qarshi uyushtirilgan hujum qaysi harbiy okruglardan olib borilgan?
1) Turkiston; 2) Verniy; 3) Krasnovodsk; 4) Astraxan; 5) Mang'ishloq; 6) Orenburg.
A) 1, 2, 3, 5
B) 3, 4, 5, 6
C) 1, 3, 5, 6
D) 1, 3, 4, 5
17. O’rta Osiyoga Rossiya bosqini davrida Toshkent, Balx, Qo'qon, Buxoro shaharlarini bog'lovchi yo’llar chorrahasida joylashgan muhim shaharni aniqlang.
A) Chimkent shahri
B) Jizzax shahri
C) O’ratepa shahri
D) Xo'jand shahri
18. Suvaysh kanalidan xoh urush, xoh tinchlik davrida barcha davlatlar erkin foydalanishi bo'yicha xalqaro konvensiya imzolangan yilda …
A) Buxoro amirligi hududida dastlabki rus qishlog`i vujudga keldi.
B) O’rta Osiyoning Rossiyaga qaramligini yanada kuchaytirgan Amudaro flotiyasi ta`sis etildi.
C) Buxoro amirligi hududi orqali dastlabki temir yo'l o'tkazildi.
D) Rossiya imperiyasining Buxoro amirligidagi siyosiy agentligi ta`sis etildi.
19. Sharqiy Sudanda vujudga kelgan Mahdiylar davlatining kuchsizlanishiga sabab bo’lgan omilni aniqlang.
A) mamlakatda ichki nizolarning kuchayishi
B) Efiopiyada bilan muvaffaqiyatsiz urush
C) Misr-turk qo’shinlarining doimiy hujumlari
D) mamlakatda iqtisodiy inqirozning yuz berishi
20. Berlin Kongressida Serbiyaning Usmonli davlatidan mustaqilligi tan olinishi bilan birga unga qanday majburiyatlar ham yuklangan?
1) chet el tovarlaridan tranzit boj olmaslik; 2) chet el tovarlariga tranzit boj miqdorini 5 foizdan oshirmaslik; 3) Usmonli davlatidan olib berilgan yangi hududlarga mutanosib ravishda miqdorda Usmonli davlatining chet el davlatlari oldidagi qarzini ham to'lash; 4) tashqi siyosatda qo’shni davlatlarga hududiy da`vo bilan chiqmaslik.
A) 2, 3
B) 1, 3
C) 1, 4
D) 2, 4
21. Qoraqalpoq avtonom viloyati tashkil etilganidan so’ng qaysi yillar davomida Qozog`iston ASSR tarkibida bo’lgan?
A) 1925-1929-yillarda
B) 1925-1936-yillarda
C) 1925-1932-yillarda
D) 1932-1936-yillarda
22. Ikkinchi jahon urushi yillari respublikamizda barpo etilgan suv omborlarini aniqlang.
A) Rudasoy va Kosonsoy suv omborlari
B) Kattaqo’rg`on va Chuqursoy suv omborlari
C) Chorvoq va Sardoba suv omborlari
D) Tuyamo’yin va Kosonsoy suv omborlari
23. Xorazm Xalq Sovet Respublikasi qo’shni davlatlar bilan mustaqil ravishda savdo-sotiq va iqtisodiy aloqlar olib borishga harakat qilib, 1921-yil 24-noyabrda Afg`onistonga kim boshchiligida maxsus elchilik hay’ati jo’natgan edi?
A) Polvonniyoz Yusupov
B) Jumaniyoz Sultonmurodov
C) Husaynbek Matmurodov
D) Bobooxun Salimov
24. Qachon nemis qo’shinlari Moskva ostonalarida jangni boy berdi va Ikkinchi jahon urushi davomidagi dastlabki jiddiy mag`lubiyatga uchradi?
A 1941-yil noyabr oyida
B 1941-yil dekabr oyida
C 1942- fevral oyida
D 1942-yil aprel oyida
25. Suratdagi shaxs haqidagi to’g`ri ma`lumotni aniqlang.
A) AQSHdagi qora tanlilar tengligi uchun harakatning eng mashhur arbobi, Nobel tinchlik mukofoti sovrindori
B) Afrikadagi birinchi siyosiy partiya – Afrika Milliy Kongressi (AMK) asoschisi
C) Panafrika harakatining ko’zga ko’ringan arboblaridan, panafrikanizmning “ota”laridan biri
D) Janubiy Afrika Respublikasi (JAR)ning birinchi qora tanli prezidenti
26. Respublikamizning eng yangi tarixiga oid quyidagi voqealarni to’g`ri xronologik ketma-ketlikda joylashtiring.
1) Qarshi shahrining 2700 yilligi nishonlanishi; 2) Termiz shahrining 2500 yilligi nishonlanishi; 3) Nukus shahrining 70 yilligi nishonlanishi.
A) 2, 3, 1
B) 2, 1, 3
C) 1, 2, 3
D) 3, 2, 1
27. O’zbekiston Prezidenti huzurida maslahatlashuv organi hisoblanuvchi Xavfsizlik kengashi qachon tuzilgan?
A) 1991-yil sentabr oyida
B) 1992-yil yanvar oyida
C) 1994-yil iyul oyida
D) 1995-yil may oyida
28. 2002-yili respublikamiz bilan qaysi davlat o’rtasida o’zaro do'stlik, strategik sheriklik va hamkorlik to'g'risidagi Qo’shma bayonot imzolangan?
A) Janubiy Koreya
B) Xitoy
C) Yaponiya
D) AQSH
29. 2015-yilning ikkinchi yarmida Su-24 harbiy samolyoti urib tushirilishi ortidan qaysi davlatlar o’rtasida nizo kelib chiqqan edi?
A) Ukraina va Eron
B) Rossiya va Turkiya
C) Suriya va Isroil
D) Rossiya va Suriya
30. Saylovoldi kompaniyasi davrida agar konservatorlar partiyasi g`alaba qozonsa, Buyuk Britaniyaning Yevroittifoqdan chiqishi masalasini ko’tarishga va ushbu masala bo’yicha referendum o’tkazishga va`da bergan Bosh vazirni aniqlang.
A) Devid Kemeron
B) Tereza Mey
C) Entoni Bler
D) Gordon Braun
Test muallifi: Asliddin Abdanov
O’zbekiston Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Masofaviy ta’lim" Telegram kanali.
Youtube kanalimizga obuna bo'ling: https://www.youtube.com/channel/UCTPveR7-fECFXkDQrfooymA
Telegram kanalimizga obuna bo'ling: https://t.me/masofatalim