June 20, 2020

Infinitivning gapdagi to'ldiruvchi bilan ishlatilishi

wantxohlamoq
expect - kutmoq
would like - xohlamoq
ask - soʻramoq
mean - niyatda boʻlmoq
would prefer - afzal koʻrmoq

✳️Yuqorida keltirilgan fe'llardan keyin ikkita qurilma qoʻllanishi mumkin:
1. verb + to infinitive (infinitivda ifodalangan ish-harakatni gapning egasi amalga oshiradi)
🔸He would like to come. (U kelishni xohlaydi)
🔸I asked to see the manager. (Men menejer bilan ko'rishishni so'radim)
🔸We expected to be late.
2. verb + object + to infinitive (infinitivda ifodalangan ish-harakatni toʻldiruvchi amalga oshiradi.)
🔸He would like me to come. (U mening kelishimni xohlaydi.)
🔸I asked Tom to help. (Men Tomdan yordam berishni so'radim)
🔸We expected him to be late.

⚠️ help fe'lidan keyin yuqoridagi holatlarda to + infinitive yoki bare infinitive qoʻllanishini mumkin.
🔸Can somebody help me (to) move this table?

✳️ Quyida keltirilgan fe'llar esa asosan verb + object + to infinitive qurilmasida qoʻllaniladi.
tell - aytmoq
warn - ogohlantirmoq
enable - imkon bermoq
order - buyurmoq
force - majburlamoq
teach - oʻrgatmoq
remind - esga solmoq
invite - taklif qilmoq
persuade - koʻndirmoq
get - koʻndirmoq (to get somebody to something)
cause - sabab boʻlmoq
entitle - huquq bermoq
challenge - chaqirmoq, chorlamaoq
dare - undamoq
convince - ishontirmoq
hire - yollamoq
urge - undamoq
instruct - koʻrsatma bermoq
require - talab qilmoq
🔸Remind me to phone Ann tomorrow. (Ertaga menga Annaga telefon qilishimni eslatgin)
🔸He warned me not to touch anything. (U meni hech narsaga tegmaslik haqida ogohlantirdi)
🔸I got Jack to repair my car. (Men Jekka mashinamni tuzattirdim)
🔸Who taught you (how) to drive?

⚠️Bu qurilmani majhul nisbatda ishlatilishiga e'tibor bering.
🔸 I was warned not to touch anything.

✳️ Quyidagi fe'llardan keyin ham ikki xil qurilma ishlatiladi. Agar bu fe'llardan keyin toʻldiruvchi boʻlmasa, gerundiy qoʻllaniladi. Agar toʻldiruvchi boʻlsa, infinitive qoʻllanishi lozim.
allow - ruxsat bermoq
recommend - tavsiya qilmoq
permit - ruxsat bermoq
encourage - ruhlantirmoq
advise - maslahat bermoq
urge - undamoq
🔸I wouldn't advise/recommend staying in that hotel. (Men anavi mehmonxonada qolishni maslahat/tavsiya qilmagan boʻlar edim.)
🔸I wouldn't advise/recommend you to stay in that hotel. (Men sizga anavi mehmonxonada qolishni maslahat/tavsiya qilmagan boʻlar edim.)
🔸They don't allow parking in front of the building.
🔸They don't allow people to park in front of the building.

⚠️ Yuqoridagi gaplarning majhul nisbatda qoʻllanishiga e'tibor beramiz:
🔸Parking isn't allowed in front of the building. (Gerundiy ega oʻrniga oʻtgan)
🔸You aren't allowed to park in front of the building. (Toʻldiruvchi ega oʻrniga oʻtgan)

t.me/masofatalim

Muallif: Khamdambek Atajanov

O’zbekiston Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Masofaviy ta’lim" Telegram kanali.

https://t.me/masofatalim