May 29, 2020

Buyruq gaplarni o'zlashtirma gaplarda ifodalash

▪️ Ingliz tilida buyruq gaplar II shaxsga (you) qaratiladi va gap boshida hozirgi zamondagi fe'l bilan qoʻllaniladi.
🔸Sit down. (Oʻtiring)
🔸Don't move! (Qimirlama!)

▪️Oʻzlashtirma gaplarda buyruq gaplar ham ikkita qurilma asosida shakllantiriladi:
1. Agar buyruq gap boʻlishli boʻlsa, oʻzlashtirma gapda to + verb infitiniv shaklida qoʻllaniladi:
🔸The teacher asked us 'Sit down, please' (koʻchirma gap) ➡️ The teacher asked us to sit down.

2. Agar buyruq gap boʻlishsiz boʻlsa, oʻzlashtirma gapda not to+verb infinitiv shaklida qoʻllaniladi:
🔸Tom told me 'Don't move' (koʻchirma gap) ➡️ Tom told me not to move.

▪️ Modal fe'llar bilan hosil qilingan iltimos, taklif ma'nosidagi soʻroq gaplar ham mazmunan buyruq gap hisoblanadi.
🔸Jane asked me 'Can you close the door?'
🔸He asked me 'Would you like to drink some tea?'
▪️ Yuqoridagi gaplarni ham oʻzlashtirma gapga aylantirganda buyruq gap qoidasi qoʻllaniladi.
🔸Jane asked me to close the door.
🔸He offered to drink some tea.

t.me/masofatalim

Muallif: Khamdambek Atajanov

O’zbekiston Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Masofaviy ta’lim" Telegram kanali.

https://t.me/masofatalim