April 9, 2020

Past Continuous tense va uning qo'llanish holatlari

▪️ Past Continuous Tense – oʻtgan zamon davom fe'li oʻtgan zamonda aniq vaqtda davom etib turgan ish-harakatni bildiradi. Oʻtgan zamondagi aniq vaqt gapda beriladi.
▪️ Egadan keyin was/were yordamchi fe'llari va -ing qoʻshilgan asosiy fe'l (participle I) bilan qoʻllaniladi.

▪️ Positive form:
🔸I was working.
🔸He/she/it was working.
🔸We/you/they were working.

▪️ Negative form:
🔸I was not working.
🔸He/she/it was not working.
🔸We/you/they were not working.

▪️ Question form:
🔸Was I working?
🔸Was he/she/it working?
🔸Were we/you/they working?

▪️ Misollar:
🔸 I was doing my homework at this time yesterday. (Kecha mana shu paytda men uy vazifamni qilayotgan edim)
🔸Sardor broke his leg while he was playing football. (Sardor futbol o'ynayotganda oyo'gini sindirib qo'ydi)

Past continuous tense qo'llanish holatlari

1️⃣ Oʻtgan zamon davom fe'li oʻtgan zamonda aniq paytni koʻrsatadigan payt ravishlari bilan qoʻllaniladi.
🔸I was watching a football match at 5 oʻclock yesterday. (Kecha soat 5da men futbol oʻyinini koʻrayotgandim)
🔸What were you doing at this time last week?
🔸He was working in a bank this time last year.

2️⃣ Oʻtgan zamon davom fe'li ba'zan esa payt ravishlarisiz, oʻtgan zamondagi biror tugallangan ish-harakat bilan qoʻllaniladi.
🔸I was watching TV when the postman came. (Xat tashuvchi kelganida, men televizor koʻrayotgan edim)
🔸We broke the window while we were playing football.
🔸She was carrying a heavy bag, so I hurried to help her.

⚠️ Holat fe'llari, masalan to want/like/know va boshqa fe'llar oʻtgan zamon davom fe'lida emas, oddiy oʻtgan zamonda qoʻllaniladi.
🔸I didn't know what to do when he asked me for some money. (wasn't knowing emas…)

3️⃣ Oʻtgan davomiy zamon payt ravishlari quyidagilardan iborat:
▫️ at this time yesterday/last year/last month ▫️ the whole evening/morning/day ▫️ at that time

t.me/masofatalim

Muallif: Khamdambek Atajanov

O’zbekiston Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Masofaviy ta’lim" Telegram kanali.

Kanalga ulanish:
https://t.me/masofatalim