April 5, 2020

Present Perfect Simple va Present Perfect continuous zamonlarining farqlanishi

t.me/masofatalim

1️⃣ Present Perfect Simple odatda hozir natijasi ayon boʻlgan tugallangan ish-harakatni bildiradi. Asosiy e'tibor ish-harakatning tugallanganligi va natijasiga beriladi.
🔸The windows look different now. I have painted them. I have painted three of them.
🔸Somebody has smoked all my cigarettes. The packet is empty. (Kimdir mening hamma sigaretalarimni chekibdi. Quti bo’sh)

▪️ Present Perfect Simple natijani ifodalagani uchun bu zamonda “qancha” (how many, how much) savoli qoʻllanadi.
🔸How many pages of the book have you read?
🔸How much money have you saved for your retirement?

2️⃣ Present Perfect continuous odatda oʻtgan zamonda boshlanib, hozirgacha davom etib turgan ish-harakatni bildiradi. Asosiy e'tibor ish-harakatning davomiyligi va qancha davom etganiga beriladi.
🔸I have been painting the windows. I have been painting them for three hours.
🔸You have been smoking too much these days.

▪️ Present Perfect continuous davomiylikni ifodalagani uchun bu zamonda “qachondan beri”, “qanchalik vaqt davomida” (how long) savoli qoʻllanadi.
🔸How long have you been reading the book? - For six hours

▪️ Ingliz tilida ba'zi fe'llar (to live, to work) ikkala zamonda ham ma’noda ozgina farq bilan qoʻllanilishi mumkin. Ammo gapda 'all my/his/their life yoki always' payt ravishlari qoʻllanilganida faqat Present perfect simple qoʻllaniladi .
🔸I have been collecting /I have collected stamps since I was 13.
🔸I have been working/I have worked here since 2015.
🔸Jack has always lived in London.

▪️ lately/recently payt ravishlari bilan yuqoridagi har ikkala zamon ham qoʻllanilishi mumkin .
🔸I have done a lot of work lately. (tugallangan ish-harakatni bildirib kelayapdi)
🔸I have been working really hard lately. (davomiy ish-harakatni bildiradi)

⚠️ Holatni bildiruvchi fe'llar 'to know/have/like/want' va hakozolar faqat Present perfect simple zamonida qoʻllaniladi.
🔸I have known Jack for ten years.
🔸How long have you had a car?
🔸I have always wanted to be an astronaut.

Muallif: Khamdambek Atajanov

O’zbekiston Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Masofaviy ta’lim" Telegram kanali.

Kanalga ulanish:
https://t.me/masofatalim