Biologiya fanidan maxsus test. 1-son

1. Qaldirg‘ochning orqa tomoni ko‘kimtir rangda bo‘lishi (A) qizg‘ish bo‘lishi (a) ustidan dominantlik qiladi. Lekin bu belgilar genotipda B geni bo‘lmasa yuzaga chiqa olmaydi, natijada qoramtir rang paydo bo‘ladi. Digeterozigota qaldirg‘ochlar o‘zaro chatishtirilganda, olingan avlodlarning fenotipik nisbati to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang.

A) 13:3

B) 9:3:3:1

C) 9:3:4

D) 9:7

2. Parpi (a), chirituvchi bakteriya (b), sariq ilon (c) uchun mos tushunchalar to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang.

A) a - redutsent organizm; b – geterotrof organizm; c - konsument

B) a - produtsent organizm; b – redutsent organizm; c - konsument organizm

C) a - avtotrof organizm; b – produtsent organizm; c - konsument

D) a - geterotrof organizm; b – konsument organizm c - avtotrof organizm

3. Sog‘lom odamda epiteliy to‘qimasi uchun berilgan to‘g‘ri fikrni aniqlang.

A) teri epiteliy hujayrasi mitoz sikli metafazasida 44 ta autosoma xromosomasiga ega

B) trapetsiyasimon muskulning tashqi yuzasini qoplab turadi

C) ichak epiteliysi murtak varaqasining ektoderma qavatidan hosil bo‘ladi

D) son suyagining yuzasini qoplab turadi

4. Berilgan organizmlardan birinchi tartibli konsumentlar (birinchi darajali konsumentlar) to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.

1) sakkizoyoq; 2) so‘na; 3) suluv ninachi; 4) sariq ilon; 5) karam kapalagi qurti; 6) kaptar; 7) jayron; 8) jirafa; 9) qirg‘iy; 10) zubr; 11) boyo‘g‘li; 12) bo‘ka; 13) bug‘u; 14) qutb meduzasi; 15) qum bo‘g‘ma iloni; 16) qora kalxat; 17) mita.

A) 1, 4, 9, 12, 15

B) 5, 6, 7, 8, 10

C) 3, 9, 11, 13, 16

D) 2, 6, 7, 14, 17

5. Evolutsiya natijasida organik olamda muhit sharoitiga ogohlantiruvchi rang (a), himoya rangi (b) orqali moslashgan organizmlar to‘g‘ri juftlangan javobni aniqlang.

1) gornostay yozda bir qishda boshqa rangda bo‘ladi; 2) kallima kapalagi qanotlari shakli, naqsh va tomirlari bargga o‘xshash bo‘ladi; 3) qovog‘ari tana rangi ko‘zga yaqqol tashlanadi; 4) xonqizi qo‘ng‘izi tana rangi bilan ko‘zga yaqqol tashlanadi; 5) kvaksha baqasining tanasi yashil rangda bo‘ladi.

A) a - 4; b - 1

B) a - 2; b - 4

C) a - 1; b – 4

D) a - 5; b - 2

6. Evolutsiya dalillariga mos keladigan misollar qaysi javobda to‘g‘ri keltirilgan?

1) kitning dumg‘aza suyagi-rudiment organ; 2) sut emizuvchilar embrionida jabra yoriqlari bo‘ladi; 3) ko‘p hujayralilarda ontogenez zigotadan boshlanadi; 4) qush va kapalakning qanotlari-analogik organlar; 5) umurtqalilar ontogenezida blastula davri bo‘ladi.

A) embriologiya - 3, 4; paleontologiya - 1, 2

B) solishtirma anatomiya - 2, 4; embriologiya - 3, 5

C) embriologiya - 2, 3; solishtirma anatomiya - 1, 4

D) molekular biologiya - 3, 5; solishtirma anatomiya - 1, 2

7. To‘rt kamerali yurakka ega issiqqonli organizmlarni aniqlang.

A) latcha, latimeriya, alligator

B) jayron, jirafa, gavial

C) qashqaldoq, qunduz, qulon

D) yelik, yaguar, timsoh

8. Fenotipik o‘zgaruvchanlik berilgan javobni aniqlang.

1) kalta oyoqli qo‘ylarning paydo bo‘lishi; 2) bedaning suv yetarli joyda baland, suv kam joyda past bo‘yli bo‘lib o‘sishi; 3) poyaning uchi chilpingandan so‘ng yon novdalarning ko‘plab o‘sib chiqishi; 4) bug‘doyning 42 xromosomali turining paydo bo‘lishi.

A) 1, 2

B) 1, 4

C) 3, 4

D) 2, 3

9. Qoqshol qo‘zg‘atuvchisi uchun xos tuzilmalarni aniqlang.

1) ribosoma; 2) mitoxondriya; 3) donador endoplazmatik to‘r; 4) plazmatik membrana; 5) silliq endoplazmatik to‘r 6) DNKning halqa molekulasi

A) 1, 4, 5

B) 1, 4, 6

C) 3, 5, 6

D) 2, 3, 5

10. Issiqqonli organizmlar berilgan javobni aniqlang.

A) musicha, zog‘cha, ko‘rshapalak

B) silovsin, gavial, kenguru

C) chittak, qilquyruq, to‘ti

D) ukki, koala, aureliya

11. O‘simlik organlarida tayanch funksiyasini ta‘minlaydigan to‘qima hujayralarini aniqlang.

1) periderma hujayralari; 2) yo‘ldosh hujayralar; 3) lub tolalari; 4) traxeid hujayralari; 5) yog‘ochlik tolalari; 6) xlorenxima hujayralari; 7) sklereid hujayralari; 8) kollenxima hujayralari.

A) 2, 3, 6

B) 5, 6, 8

C) 1, 4, 5

D) 3, 7, 8

12. Nazariy jihatdan DNK molekulasining birinchi zanjirida nukleotidlar TAG ACG GAC TGG TCA GGT GAT TCG ketma-ketlikda joylashgan bo‘lib, shu qo‘sh zanjirdagi har bir nukleotid yig‘indisini aniqlang.

A) A - 12, T - 10, C - 18, G - 8

B) A - 5, T - 6, C - 4, G - 9

C) A- 11, C - 13, T - 11, G - 13

D) T - 5, A - 6, C - 9, G - 4

13. Quyidagi organizmlarga xos bo‘lgan tushunchalar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang.

a) funariya; b) dala qirqbo‘g‘imi; c) sharq sauri; d) sachratqi; e) zuhrasoch;

1) sporofill; 2) poya; 3) barg; 4) ildiz tizimi; 5) urug‘kurtak; 6) arxegoniy; 7) murtak xalta; 8) chang donasi; 9) o‘tkazuvchi nay; 10) sorus.

A) a - 2; b - 5; c - 3; d - 6; e - 10

B) a - 2; b - 7; c - 4; d - 5; e - 1

C) a - 2; b - 6; c - 8; d - 9; e - 4

D) a - 8; b - 3; c - 9; d - 7; e - 2

14. Buyrak kalavasimon kanalchalarida sodir bo‘ladigan jarayonlar to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang.

A) birlamchi siydik hosil bo‘ladi; reabsorbsiya sodir bo‘ladi; suyuqlik kapillarlarga o‘tadi

B) reabsorbsiya sodir bo‘ladi; ikkilamchi siydik hosil bo‘ladi

C) reabsorbsiya sodir bo‘ladi; birlamchi siydik hosil bo‘ladi

D) qonning suyuq qismi filtrlanadi; birlamchi siydik hosil bo‘ladi

15. Qirqquloqlar barglarining ostki tomonida yoki chetida joylashgan qo‘ng‘ir rangli bo‘rtma nima

deb ataladi?

A) arxegoniy

B) gametofit

C) sporofill

D) sorus

16. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang. Ohu . . . hayvon.

A) toq tuyoqli

B) kavsh qaytaruvchi juft tuyoqli

C) oshqozoni ikki bo‘lmali

D) kavsh qaytarmaydigan juft tuyoqli

17. Odamlarda sepkillarning bo‘lishi (P) sepkilsizlik (p) ustidan to‘liq dominantlik qiladi. Qon guruhlarini yuzaga chiqaruvchi genlar autosomada joylashgan bo‘lib, mustaqil irsiylanadi (I0I0 - birinchi, IAIA va IAI0 - ikkinchi, IBIB va IBI0 - uchinchi, IAIB - to‘rtinchi qon guruhiga ega bo‘ladi). IV qon guruhili erkak va II qon guruhili ayol (erkak va ayol digeterozigotali) oilasida nazariy jihatdan tug‘ilishi mumkun bo‘lgan farzandlardan necha foizining qon plazmasida agglutinin β bo‘lib, sepkilsiz bo‘ladi? (Izoh: Ushbu testda keltirilgan qon guruhlarida A, B va 0 belgilari darajada, deb qaralsin).

A) 18,75

B) 25

C) 6,25

D) 12,5

18. Sovuq qonli (a) va issiq qonli (b) hayvonlarni aniqlang.

A) a - tasqara; b - ko‘rshapalak

B) a - baqachanoq; b - krevetka

C) a - gavial; b - tilyapiya

D) a - qizil chuvalchang; b - zog‘cha

19. Kuydirgi kasalligining qo‘zg‘atuvchisiga xos bo‘lgan xususiyatlarni aniqlang.

1) eukariot organizm; 2) prokariot organizm; 3) lizosomaga ega; 4) mitoz usulida ko‘payadi; 5) mitoxondriyaga ega; 6) geterotrof.

A) 1, 4

B) 2, 5

C) 2, 6

D) 3, 5

20. Jinsiy X-xromosomaga birikkan retsessiv gen kasalligini aniqlang.

A) Klaynfelter sindromi

B) Daun sindromi

C) Shershevskiy-Terner sindromi

D) gemofiliya

21. DNK fragmentining bir zanjiri 1050 ta nukleotiddan iborat bo‘lib, DNK qo‘sh zanjiridagi timin nukleotidlari 10%ni tashkil etadi. Fragmentdagi guanin va sitozin nukleotidlari orasidagi vodorod bog‘lar sonini aniqlang.

A) 2520

B) 2250

C) 1260

D) 1680

22. Energiya almashinuvi bosqichlari va ularda sodir bo‘ladigan jarayonlar to‘g‘ri juftlangan
javobni aniqlang.

1) murakkab uglevodlarning parchalanishi; 2) glukozaning parchalanishi; 3) sut kislotaning CO2 va H2O gacha parchalanishi; 4) ATF sintezi; 5) spirt va CO2 ning hosil bo‘lishi

a) tayyorgarlik bosqichi; b) ikkinchi bosqich; c) uchinchi bosqich.

A) a - 1, 4; b - 2; c - 4, 5
B) a - 2; b - 1, 4; c - 3, 4
C) a - 1; b - 2, 4; c - 3, 4
D) a - 1, 2; b - 4; c - 3, 5

23. Chuchuk suvda uchraydigan suvo‘t (a), prokariot organizm (b), virus (c) berilgan javobni aniqlang.

A) a - xara; b - qoqshol qo‘zg‘atuvchisi; c - vertitsill

B) a - batsidiya; b - o‘lat qo‘zg‘atuvchisi; c - penitsill

C) a - xlorella; b - kuydirgi qo‘zg‘atuvchisi; c - gerpes

D) a - yapon laminariyasi; b - sil qo‘zg‘atuvchisi; c - batsidiya

24. Qaldirg‘ochning qaysi xususiyatlari turning ekologik (a), morfologik (b) va fiziologik (c) mezonlarini ifodalaydi?

1) tanasining orqasi ko‘kimtir-qora; 2) ayvon peshtog‘ida qurilgan uyada yashaydi; 3) urg‘ochilari uyaga 4-6 ta tuxum qo‘yadi; 4) qanotlari ingichka va uzun; 5) bolalarini hasharotlar bilan oziqlantiradi; 6) uchayotganda o‘pka va havo pufaklari orqali nafas oladi.

A) a - 4; b - 3; c - 1

B) a - 5; b - 1; c - 6

C) a - 1; b - 4; c - 2

D) a - 3; b - 2; c - 5

25. Mevalarning nomlari to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang.

1) Pskom piyozining qo‘zoqchasi; 2) qo‘ng‘irboshning pistasi; 3) xrizantemaning ko‘sakchasi; 4) oqquray dukkagi; 5) makkajo‘xorining doni; 6) madaniy tokning rezavor mavasi; 7) qayrag‘ochning qanotchali mevasi.

A) 1, 3, 4

B) 2, 5, 6

C) 4, 5, 7

D) 3, 5, 6

26. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang. Dala qirqbo‘g‘imida tuxum hujayra . . . (a), lososda spermatozoid . . . (b) hosil bo‘ladi.

A) a - anteridiyda; b - tuxumdonda

B) a - sorusda; b - tashqi muhitda

C) a - sporofillda; b - 1 ta urug‘donda

D) a - arxegoniyda; b - 2 ta urug‘donda

27. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang. Sayg‘oqning muskul hujayrasida energiya almashinuvining tayyorgarlik bosqichida . . . kuzatilmaydi.

1) glukozadan sut kislotasining hosil bo‘lishi; 2) uglevodlar, oqsillarning fermentlar ishtirokida parchalanishi; 3) glikogendan glukozaning hosil bo‘lishi; 4) bir molekula glukozaning parchalanishi va unda to‘plangan 2800 kJ energiyaning ajralishi.

A) 2, 3

B) 3, 4

C) 1, 4

D) 1, 2

28. Odam organizmida neyrogumoral boshqarilishida boshqaruv tizimlari va ularning funksiyalari o‘rtasidagi muvofiqlik to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang.

a) qalqonsimon bez; b) gipofiz; c) simpatik nerv sistemasi; d) parasimpatik nerv sistemasi;

1) hazm bezlari faoliyatini kuchaytiradi; 2) hazm fermentlar ajralishini kuchaytiradi; 3) hazm bezlari faoliyatini susaytiradi; 4) me’da harakatini susaytiradi; 5) hazm fermentlar ajralishini susaytiradi; 6) ichak peristaltikasini kuchaytiradi; 7) ichak peristaltikasini susaytiradi; 8) me’da harakatini kuchaytiradi.

A) a - 5; b - 2; c - 6; d - 7

B) a - 2; b - 5; c - 8; d - 4

C) a - 1; b - 3; c - 4; d - 6

D) a - 3; b - 1; c - 7; d - 8

29. Odamda murtak varaqasining ektodermasidan rivojlanuvchi tuzulmalarni aniqlang.

1) uzunchoq miya; 2) ichak epiteliysi; 3) terining epidermis qavati; 4) o‘mrov osti muskuli; 5) kolbachasimon va tayoqchasimon retseptorlar; 6) o‘pka arteriyasi; 7) o‘ng va chap o‘pka; 8) jabra.

A) 6, 7

B) 5, 8

C) 2, 4

D) 1, 3

30. Baqlajon (a), o‘sma (b), g‘umay (c) o‘simliklari haqidagi to‘g‘ri ma’lumotlarni aniqlang.

1) gulkosachabarglari to‘rtta; 2) popuk ildiz tizimiga ega; 3) gullari shingil to‘pgulda joylashgan; 4) mevasi ko‘sakcha; 5) barglari ildiz bo‘g‘zida va poyada joylashgan; 6) xarduma bilan bir sinfga mansub; 7) ituzum turkumiga mansub.

A) a - 7; b - 3, 1; c - 2, 6

B) a - 4; b - 6; c - 3, 5

C) a - 1, 6; b - 4; c - 6

D) a - 1, 7; b - 5; c - 2, 4

Biologiya fanidan ushbu testlarning barchasi Davlat test markaziga tegishlidir!

O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi va "Imkon ta’lim" jamoasi hamkorligida tashkil etilgan "Masofaviy ta’lim" Telegram kanali.

Kanalga ulanish:
https://t.me/masofatalim