Can/could/may/might/would modal fe'llarining iltimos, ruxsat, taklif ma'nolarida qo'llanishi
1️⃣ Ingliz tilida iltimos qilishda can/could modal fe'llari qoʻllanadi. Bunday vaziyatlar har doim hozirgi zamonda boʻlgani uchun bu yerda mazkur modal fe'llar teng ma'noda qoʻllanadi. Umum qabul qilgan qoidaga ko'ra could modal fe'li can modal fe'liga qaraganda yumshoqroq ma'no beradi.
🔸Can you lend me some money? (Menga biroz pul qarzga berib turolmaysizmi?)
🔸Could you do me a favour? (Menga yordamlashib yuborolmaysizmi?)
🔸Could you open the door, please?
2️⃣ Narsa yoki buyumni soʻrab olishda Can I have ... ? /Could I have … ? /May I have … ? qurilmalari qoʻllaniladi. Bu yerda can eng norasmiy, may rasmiy ohangga ega.
🔸Can I have the salt, please?
🔸May I have some sugar? (rasmiy)
2️⃣ Ruxsat soʻrash uchun can/could/may/might modal fe'llari qoʻllaniladi. Bunday vaziyatlarda ham can eng norasmiy ohangga, may/might ancha rasmiy ohangga ega hisoblanadi.
🔸Can I come in? (Tom Annadan xonaga kirishga ruxsat soʻramoqda)
🔸May I come in? (maktabda oʻquvchi sinfga kirishga ruxsat soʻramoqda)
Yes, please do.
🔸May I use your bike this evening?
⚠️Ammo ruxsat berish uchun faqat can/may modal fe'llari qoʻllaniladi.
🔸You can go home if you want.
🔸You may smoke here. (e'lon)
3️⃣ may modal fe'li inkor shaklda taqiqni bildiradi.
🔸You may not smoke here. (Bu yerda chekish mumkin emas.)
4️⃣ Avvaldan (umuman) ruxsat qilingan yoki ruxsat qilinmagan ish-harakatlar uchun can/can't modal fe'llari qoʻllaniladi.
🔸You can drive for a year in Britian with an international licence. (haydashingizga ruxsat bor)
🔸You can't drive a car in Britian if you are under 17. (haydashingizga ruxsat yoʻq)
5️⃣ Taklif qilishda can/would modal soʻzlari qoʻllaniladi.
🔸Can I get you some water? (Sizga suv olib kelaymi?)
🔸Can I help you ?
🔸Would you like some coffee? (Kofe ichasizmi?)
🔸Would you like to sit down?
Muallif: Khamdambek Atajanov
O’zbekiston Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Masofaviy ta’lim" Telegram kanali.