Ingliz tilida keng tarqalgan holat fe'llari
✳️ Bugungi darsimizda holat fe'llarini kengroq ko'rib chiqamiz va ba'zi holat fe'llarining qay hollarda harakat fe'li sifatida ham ishlatila olishini bilib olamiz.
💡Quyidagi fe'llarni holat fe'li ekanligini yodlab olish lozim bo'ladi, chunki mazkur fe'llarning ishlatilishini bilish barcha zamonlarni to'g'ri qo'llashda asqotadi.
▫️ be - bo'lmoq ▫️ want - xohlamoq ▫️ need - muhtoj bo'lmoq ▫️ prefer - afzal ko'rmoq ▫️ like - yoqtirmoq ▫️ love - sevmoq ▫️ hate - nafratlanmoq ▫️ belong - tegishli bo'lmoq ▫️❗️appear - ko'rinmoq ▫️ imagine - tasavvur qilmoq ▫️ exist - mavjud bo'lmoq ▫️❗️look - ko'rinmoq ▫️❗️see - ko'rmoq ▫️ hear - eshitmoq ▫️ resemble - o'xshamoq ▫️❗️fit - to'g'ri kelmoq ▫️ own - egalik qilmoq ▫️ possess - egalik qilmoq ▫️ owe - qarz bo'lmoq ▫️ depend - bog'liq bo'lmoq ▫️ adore - qattiq sevmoq ▫️ dislike - yomon ko'rmoq ▫️ suit - mos kelmoq ▫️ involve - o'z ichiga olmoq ▫️ know - bilmoq ▫️ believe - ishonmoq ▫️ suppose - taxmin qilmoq ▫️ mean - ma'no anglatmoq ▫️ understand - tushunmoq ▫️ remember - eslamoq ▫️ notice - sezmoq, payqamoq ▫️❗️smell - hid taratmoq ▫️ sound - eshitilmoq, tuyulmoq ▫️❗️taste - ta'mga ega bo'lmoq ▫️ consist - tashkil topmoq ▫️❗️feel - his qilmoq ▫️ admire - havas qilmoq ▫️ lack - yetishmaslik ▫️ wish - tilamoq ▫️ forget - esdan chiqarmoq ▫️ seem - ko'rinmoq, tuyulmoq ▫️❗️have - ega bo'lmoq ▫️❗️think - o'ylamoq ▫️ realise - tushunib yetmoq ▫️ doubt - shubhalanmoq ▫️ suspect - gumonlanmoq ▫️ comprise - tashkil topmoq ▫️ contain - ichiga olmoq ▫️ include - ichiga olmoq ▫️ come from - kelib chiqmoq ▫️ concern - tegishli bo'lmoq ▫️ appreciate - tushunmoq, yuqori baholamoq
💡Yuqoridagi fe'llarni davomiy zamonlarda qo'llash grammatik xato hisoblanadi.
🔸I am knowing the rule. (noto'g'ri)
🔸I know the rule. (to'g'ri)
💡Yuqorida ba'zi fe'llarga ❗️belgisi qo'yilgan bo'lib, mazkur fe'llarning ma'nosi o'zgarganda davomiy zamonlarda ham qo'llanishi mumkinligini bildiradi. Demak, holat fe'llarining ba'zilari boshqa ma'nolarda davomiy zamonlarda ishlatilishi mumkin.
feel - 1. his qilmoq, sez(il)moq (holat fe’li)
2. paypaslamoq, ushlab koʻrmoq (harakat fe’li)
🔸The cloth feels rough. (Mato dag’al…holat fe’li)
🔸The doctor is feeling Nick’s leg. (Doktor Nikning oyog’ini ushlab koʻrmoqda…harakat fe’li)
smell – 1. hid taratmoq, hidga ega boʻlmoq (holat fe’li) 2. hidlab koʻrmoq (harakat fe’li)
🔸The food smells awful. (Ovqatning hidi yomon…holat fe’li)
🔸The girl is smelling the flowers. (Qizcha gullarni hidlamoqda…harakat fe’li)
taste – 1. ta’mga ega boʻlmoq (holat fe’li) 2. ta’mini totib koʻrmoq (harakat fe’li)
🔸The food tastes salty. (Ovqatning ta'mi shoʻr…holat fe’li)
🔸The cook is tasting the food. (Oshpaz ovqatning ta’mini tatib koʻrmoqda…harakat fe’li)
fit – 1. mos kelmoq, toʻg’ri kelmoq (holat fe’li) 2. oʻrnatmoq, joylashtirmoq (harakat fe’li)
🔸My shoes fit me perfectly. (Tufligim menga juda mos keldi…holat fe’li)
🔸The workman is fitting the new engine. (Ishchi yangi motorni oʻrnatmoqda…harakat fe'li)
look – 1. koʻrinmoq (holat fe’li) 2. qaramoq (harakat fe’li)
🔸You look tired. (Siz charchagan koʻrinasiz…holat fe’li)
🔸I am looking for my keys. (Men kalitlarimni qidiryapman…harakat fe’li)
have fe’li “ega boʻlmoq” ma’nosida faqatgina oddiy zamonlarda, ya’ni Present Simple Tense’da qoʻllaniladi.
🔸We have six houses, five cars and one ship now. (are having… emas)
💡have fe’li boshqa soʻzlar bilan birikib harakatni bildirib kelishi mumkin. Misol uchun to have a bath, to have dinner, to have a chat, to have a rest shunday birikmalar hisoblanadi. Bu holatda ular ham davomiy, ham oddiy zamonlarda qo'llanishi mumkin.
🔸Tom is having a bath at the moment. (Tom ayni paytda vanna qabul qilmoqda)
🔸Tom has a bath every morning. (Tom har kuni ertalab vanna qabul qiladi)
think fe'li fikr bildirmoq' degan ma’nosida faqat oddiy zamonlarda qoʻllaniladi.
🔸I think your idea is the best. (Fikrimcha, sizning g’oyangiz eng zoʻri.)
think fe'li oʻylamoq, fikr yuritmoq degan ma’noda har ikkala zamonda qoʻllana oladi.
🔸I am thinking of your suggestion but I can’t make up my mind. (…oʻylayapman)
🔸I think about the future a lot. (…oʻylayman)
see fe'li koʻrmoq ma’nosida hozirgi zamonda faqat oddiy zamonda qoʻllaniladi.
🔸Do you see that man over there? (Anavi yerdagi odamni koʻryapsanmi?)
🔸I see that girl every morning. (…har kun koʻraman)
see- uchrashmoq, koʻrishmoq degan ma’noda hozirgi davomiy zamonda, kelajakdagi rejalar uchun qoʻllaniladi.
🔸I am seeing the manager tomorrow. (Men ertaga menejer bilan uchrashyapman.)
💡Yuqoridagi izohlarni cheksiz davom ettirish mumkin, lekin yaxshi lug’at yordamida fe’llarning qaysi ma’noda ishlatilishini, holat yoki harakat fe’li ekanligini bilib olish mumkin. 🔆Masalan, 'to weigh fe'li tosh bosmoq, vaznga ega boʻlmoq degan ma’noda holat, oʻlchamoq, taroziga tortmoq degan ma’nolarda harakatni bildiradi.
be - boʻlmoq fe’li holat fe’li boʻlganligi tufayli faqat oddiy zamonlarda qoʻllanishini bilamiz.
🔸Peter is very helpful. He always helps his mother to do the housework. (doimo shunday yordam berishga tayyor…)
💡'to be' fe’li ba’zibir sifatlar bilan (generous, helpful, selfish, kind…) qoʻllanganda shaxsning oʻzini boshqacha tutayotganligni koʻrsatish uchun hozirgi davomiy zamon (Present Continuous Tense) da qoʻllaniladi.
🔸Sam is being very helpful today. He has done all the housework alone! (Sem bugun juda yordam beryapti. U bir o’zi barcha uy ishlarini bajarib tashladi.)
Muallif: Khamdambek Atajanov
O’zbekiston Yoshlar ittifoqi va "Imkon ta’lim" jamoasi hamkorligida tashkil etilgan "Masofaviy ta’lim" Telegram kanali.
Kanalga ulanish:
https://t.me/masofatalim